7-mavzu. Tafakkur shakllari: tushuncha, hukm va xulosa
Download 197.23 Kb.
|
7.мавзу мантиқ
II.Almashtirish (lot. – conversio) shunday mantiqiy xulosa chiqarish usuliki, unda xulosa berilgan mulohazadagi subyekt va predikatning o‘rnini almashtirish orqali keltirib chiqariladi:
Almashtirishda berilgan mulohazadagi terminlar hajmi e’tiborga olinishi shart. Juz’iy inkor mulohazadan (O) almashtirish usuli bilan xulosa chiqarib bo‘lmaydi.
Almashtirishga misol: A. Hamma shifokorlar oliy ma’lumotlidir. I. Ba’zi oliy ma’lumotlilar shifokorlardir. Demak, almashtirish usuli qo‘llanganda mulohazadagi subyekt va predikat hajmi aniqlanadi va shu asosda mulohazadagi terminlar o‘rni almashtirilib, xulosa chiqariladi. Bu usul, ayniqsa, tushunchaga berilgan ta’riflarning to‘g‘riligini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. III. Predikatga qarama-qarshi qo‘yish (lot. – contrapositio) bevosita xulosa chiqarishning mantiqiy usullaridan biri bo‘lib, bu usul qo‘llanganda berilgan mulohaza avval aylantiriladi, so‘ngra almashtiriladi. Natijada, hosil bo‘lgan mulohazaning (xulosaning) subyekti asos mulohaza predikatiga zid, predikati esa uning subyektiga mos bo‘ladi: S – P xulosa asosi S - Pdir ù (ù P-S) xulosa P emas – S bo‘lmaydi Bunda, xulosadagi S ning inkor shaklida bo‘lishi xulosa bog‘lovchisining inkor etilishi natijasidir. Predikatga qarama-qarshi qo‘yishda A-E ga, E-I ga, O-I ga o‘zgaradi. Turli mulohazalardan bunday usul vositasida xulosa chiqarish quyidagi shaklda ko‘rsatilgan:
Masalan: 1. A. Hamma musulmonlar Islom diniga e’tiqod qiladilar. Islom diniga e’tiqod qilmaydiganlar musulmon emas. Juz’iy tasdiq (I) mulohazadan predikatga qarama-qarshi qo‘yish usuli bilan xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Chunki, “Ba’zi S-P mulohazani aylantirsak “Ba’zi S - P mas emas”, ya’ni juz’iy inkor mulohaza kelib chiqadi. Undan almashtirish orqali xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Download 197.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling