7-mavzu. Tafakkur shakllari: tushuncha, hukm va xulosa


Shartli, ayiruvchi va shartli-ayiruvchi xulosa chiqarish


Download 197.23 Kb.
bet33/49
Sana05.11.2023
Hajmi197.23 Kb.
#1750031
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   49
Bog'liq
7.мавзу мантиқ

Shartli, ayiruvchi va shartli-ayiruvchi xulosa chiqarish.
Murakkab mulohazalarga asoslangan deduktiv xulosa chiqarishda xulosa asoslariga mantiqiy bog‘lovchilar orqali bog‘langan oddiy mulohaza lar deb qaraladi. Xulosa asoslari yo shartli, yoki ayiruvchi, yoki ham shartli, ham ayiruvchi mulohaza ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Asoslardagi mulohazalarning turiga ko‘ra, bunday xulosa chiqarishning quyidagi shakllari mavjud:
I. Shartli xulosa chiqarish.

  1. Ayiruvchi xulosa chiqarish.

  2. Shartli-ayiruvchi xulosa chiqarish.

I.Shartli xulosa chiqarish deb har ikki asosi yoki asoslaridan biri shartli mulohaza bo‘lgan sillogizmga aytiladi. Ular sof shartli va shartli-qat’iy turlarga bo‘linadi.
Sof shartli xulosa chiqarish deb, har ikki asosi va xulosasi shartli mulohaza bo‘lgan sillogizmga aytiladi. Uning formulasi quyidagicha:



  1. p→q

q→r
p→r
ёки
[(p → q) (q → r)] →(p → r)

  1. p→q

р→q
q
ёки
[(p → q) ( р → q)] → q

Masalan:
Agar fikr isbotlangan bo‘lsa, unda u chin bo‘ladi.
Agar fikr chin bo‘lsa, unda uni rad etib bo‘lmaydi.
Agar fikr isbotlangan bo‘lsa, unda uni rad etib bo‘lmaydi.
Agar havo yaxshi bo‘lsa, konsertga boramiz.
Agar havo yaxshi bo‘lmasa ham konsertga boramiz. Konsertga boramiz.
Shartli-qat’iy xulosa chiqarish deb, katta asosi shartli mulohaza, kichik asosi oddiy qat’iy mulohaza bo‘lgan sillogizmga aytiladi. Bunday xulosa chiqarishning ikkita to‘g‘ri (aniq xulosa beradigan) modusi mavjud:



Тасдиқловчи модус – modus ponens

Инкор этувчи модус – modus tollens

р → q
р
q



р → q
q
p

Masalan:



  1. Agar fuqarolar jamiyat qonunlariga amal qilsalar, unda ular erkin bo‘ladi.

Fuqarolar jamiyat qonunlariga amal qiladilar.
Demak, ular erkin bo‘ladilar.

  1. Agar me’yor buzilsa, unda miqdor o‘zgarishlari sifat o‘zgarishlariga olib keladi.

Miqdor o‘zgarishlari sifat o‘zgarishlariga olib kelmadi. Demak, me’yor buzilmagan.
Shartli – qat’iy sillogizmning xulosasi aniq, chin bo‘lishi uchun quyidagi holatlarga e’tibor berish zarur:
1. Shartli mulohazadagi asosning chinligidan natijaning chinligi, natijaning xatoligidan asosning xatoligi mantiqan kelib chiqadi. 2. Shartli mulohazadagi natijaning chinligi asosning chinligini, asosning xatoligi esa natijaning ham xatoligini isbotlamaydi.
Bu qoidalar buzilganda shartli-qat’iy sillogizmning formulasi quyidagicha bo‘ladi:

р → q
q
эҳтимол, р

р → q
p
эҳтимол  q

[(p → q)  q] → р

[(p → q)  p) → q

Shartli-qat’iy sillogizm xulosalarining noaniq (ehtimol) bo‘lishiga sabab shuki, shartli mulohaza (p→q) p – chin, q – xato bo‘lgan holatdan boshqa hamma holatlarda chin hisoblanadi.
Masalan:
Agar bemorning qon bosimi ko‘tarilsa, uning boshi og‘riydi.
Bemorning boshi og‘riyapti.
Ehtimol, uning qon bosimi ko‘tarilgandir.
Bunda natijaning chinligidan asosning chinligini mantiqan keltirib chiqarish mumkin emas. Chunki boshqa asos ham shunday natijani keltirib chiqarishi mumkin. Yuqoridagi misolda shartli mulohazaning asosi xato, noaniq, natijasi chin bo‘lganligi uchun sillogizmning xulosasi noaniq bo‘lgan.
Endi yuqoridagi misolni biroz o‘zgartirib, ko‘rib chiqamiz:
Agar bemorning qon bosimi ko‘tarilsa, unda uning boshi og‘riydi.
Bemorning qon bosimi ko‘tarilmagan.
Ehtimol, uning boshi og‘rimayotgandir.
Bilamizki, bosh og‘rig‘iga faqat qon bosimining ko‘tarilishi sabab bo‘lmaydi, undan boshqa sabablar ham bo‘lishi mumkin. Bu esa, xulosaning noaniq bo‘lishiga olib keladi.

Download 197.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling