7-mavzu: Xalqaro turizmda inson xulki va odob-axloki. Xalqaro turizmda madaniy xilma-xillikning tarkalishi


Mehmonlarga o’zaro murojaat qilish qoidalari


Download 384.5 Kb.
bet15/18
Sana15.11.2023
Hajmi384.5 Kb.
#1774295
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
7-mavzu boyicha maruzalar matni

7.4. Mehmonlarga o’zaro murojaat qilish qoidalari
Nutq – til imkoniyatini namoyon etish, ovozli yoki yozuvli shaklga ega insonlar o’rtasidagi muloqot vositasidir. Nutqda til imkoniyatlaridan foydalanish insonga ma’lum mavzudagi aniq bilimlar majmuini yorqin ifodalash imkonini beradi. Nutqning tushunarliligi, aniqligi va ifodaliligi so’zlarni to’g’ri tanlash, iboralar tuzilishi kabi ko’pgina omillarga bog’liq bo’ladi.
Nutq har tomonlama yaxshi bo’lishi uchun o’z oldiga ma’lum talablarni qo’yadi. Bu talablar nutqning to’g’riligi, aniqligi, mantiqiyligi, ta’sirchanligi, tozaligi va maqsadga muvofiqligidir.



7.1-rasm. Nutqqa qo’yiladigan talablar.


Nutqning to’g’riligi. «To’g’rilik deganda, – deb yozadi V.G. Kostomarov – nutq madaniyatining zarur va birinchi sharti sifatida adabiy tilning ma’lum paytda qabul qilingan me’yoriga qat’iy va aniq muvofiq kelishini, uning talaffuz, imloviy lug’at va grammatik me’yorlarini egallashni tushunish lozim bo’ladi». Nutqning to’g’riligi uning eng muhim aloqaviy fazilatidir. Nutq to’g’ri bo’lmasa, boshqa kommunikativ sifatlari ham buziladi. Nutqning tuzilishi to’g’ri bo’lmasa, uning mantiqiyligi, aniqligi, maqsadga muvofiqligiga ham putur etadi. Nutq to’g’ri bo’lishi uchun, asosan ikki me’yorga – urg’u va grammatik me’yorga qattiq amal qilishni talab qiladi. So’zlardagi urg’uning ko’chishi bilan ma’no ham ba’zan o’zgarib ketishi mumkinligini esdan chiqarmaslik lozim. Bu ham nutqning buzilishiga olib keladi.
Nutqning aniqligi – bu so’zning o’zi ifodalanayotgan voqelikka mos va muvofiq kelishidir. Aniqlik nutqning muhim fazilatlaridan biri sifatida qadimdan ma’lum. Aristotel: «Agar nutq noaniq bo’lsa, u maqsadga erishmaydi», - degan. Agar xodim o’zi fikr yuritmoqchi bo’lgan nutq predmetini yaxshi bilsa, unga mos so’zlar tanlasa va o’zi tanlagan so’zlar ma’nolariga mos vazifalar yuklatilsa, nutq aniq bo’ladi.
Nutqning mantiqiyligi to’g’rilik va aniqlik bilan chambarchas bog’langanligidadir. Chunki grammatik jihatdan to’g’ri tuzilmagan nutq ham fikrni ifodalash uchun noto’g’ri tanlangan lug’aviy birlik ham mantiqning buzilishiga olib kelishi tabiiydir. Mantiqiy izchillikning buzilishi suhbatdoshga ifodalanayotgan fikrning to’liq borib etmasligiga, ba’zan umuman anglashilmasligiga olib keladi. Nutqni tuzishdagi e’tiborsizlik natijasida ba’zan, hatto mantiqsizlik yuz beradi.

Download 384.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling