7-mavzu: Xalqaro turizmda inson xulki va odob-axloki. Xalqaro turizmda madaniy xilma-xillikning tarkalishi


Download 384.5 Kb.
bet16/18
Sana15.11.2023
Hajmi384.5 Kb.
#1774295
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
7-mavzu boyicha maruzalar matni

Nutqning maqsadga muvofiqligi deganda yaxlit bir fikrlar rivoji izchil bo’lgan, har bir so’z, ibora aniq maqsadga muvofiq ravishda ishlatiladigan nutqni tushunish mumkin.
Nutqning tozaligi. - deganda, eng avvalo uning adabiy tilning lisoniy me’yoriga muvofiq kelishi yo kelmasligi tushuniladi. Darhaqiqat, yaxshi ideal nutq hozirgi o’zbek adabiy tili talablariga mos holda tuzilgan bo’lishi, turli til, g’ayri adabiy til unsurlaridan xoli bo’lishi kerak. Bu masalaning lisoniy tomoni bo’lib, nutqiy tozalikning nolingvistik jihatlari ham undan kam bo’lmagan ahamiyatga ega. Parazit so’zlar deb ataluvchi lug’aviy birliklar ham til madaniyati uchun yotdir. Ular, asosan so’zlashuv nutqida ko’p ishlatilib, xodimning o’z nutqini kuzatib bormasligi, e’tiborsizligi natijasida paydo bo’ladi va bora-bora odatga aylanib qoladi. Masalan, ayrim insonlar o’zlari sezmagan holda «demak», «xo’sh» kabi so’zlarni qaytarishga o’rganib qolganlar.
Nutqning ta’sirchanligi - deganda, asosan og’zaki nutq jarayoni nazarda tutilgan va shuning uchun uning suhbatdosh tomonidan qabul qilinishidagi ruhiy vaziyatni e’tiborga olish ham muhimdir. Ya’ni xodim mijozlarni hisobga olishi –ularning bilim darajasidan tortib, millati, hatto yoshigacha o’z nutqining mijozlar tomonidan qanday qabul qilinayotganini nazorat qilishi lozim bo’ladi. Professional bilimga ega bo’lgan insonlar oldida sodda tilda gapirish maqsadga muvofiq bo’lmagani kabi oddiy, etarli darajada ma’lumotga ega bo’lmagan suhbatdoshlar oldida ham ilmiy va rasmiy tilda gapirishga harakat qilish kerak emas. Xullas, xodimdan vaziyatga qarab ish tutish talab qilinadi va ifodalamoqchi bo’lgan fikrni to’laligicha mijozlarga etkazishga harakat qilish vazifa qilib qo’yiladi. Ta’sirchan nutq deganda qanday nutqni tushunmoq kerak? Unga B.N.Golovin shunday ta’rif beradi: «Ta’sirchan nutq deb nutq qurilishining suhbatdosh va o’quvchi e’tibori va qiziqishini qozonadigan xususiyatlariga aytiladi. O’z navbatida shu xususiyatlarga ega bo’lgan nutq ta’sirchan sanaladi». Omma tushunadigan tilda gapirish, ularni ishontira olish xodim oldiga qo’yiladigan asosiy shartlardan hisoblanadi. Nutqdagi fikrlarni birinchi va ikkinchi darajali tarzda tuzib, ularni o’zaro bog’lash lozim.
Rahbar va xodimlarning o’z nutqiga munosabati ham muhimdir, chunki shundagina quruq rasmiyatchilikdan qochish bo’ladi. Xodim va mijozlar o’rtasidagi aloqa yaxshi bo’ladi. Xodim fikrlarining o’zi yoki mijozlar hayotidan olingan misollar asosida isbotlashga harakat qilsa, mavzuga doir sub’ektiv fikr-mulohazalarini bildirsa, nutq ham ishonarli, ham ta’sirli bo’ladi.
Telefon hamkor, hamkasblar va boshqalar bilan gaplashish vositalari turlarining eng asosiysi hisoblanadi. Oxirgi yillarda respublikada chaqqon (mobil) telefon tarmoqlarining keskin rivojlanishi va vaqt bo’yicha to’lov miqdorlarining yildan–yilga arzonlashib borishi biznes masalalarini qisqa muddatda hal qilishda ayniqsa chaqqon telefonlarining aloqa vositasi sifatida ahamiyati yanada oshib boradi.



Download 384.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling