70. Elektromagnit maydondagi zaryad


Maksvell-Lorens tenglamalarining ikkinchi jufti


Download 1.58 Mb.
bet8/10
Sana09.04.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1342918
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
javoblar

88 . Maksvell-Lorens tenglamalarining ikkinchi jufti.

Elektr va magnit maydon kuchlanganligi uchun yana ikkita tengla-mani odatdagidek variatsion prinsip asosida olamiz. Bunda variat-siyalanuvchi umumlashgan koordinata sifatida ta’sir integrali (4.31)



da maydon potensiallarini olamiz. Ularni zaryadlar zichligi ρ(r, t) va tok zichligi j(r, t) bilan to‘liq aniqlangan deb hisoblaymiz. Ta’sir integrali (4.31) ning birinchi hadida maydon kattaliklari ishtirok etmaydi, shu-ning uchun uning variatsiyasi nolga teng. Ikkinchi hadda j i(r, t) vari-atsiyalanmaydi. Bularni hisobga olib, ta’sir integralining variatsiyasini yozamiz:

Bu yerda FikδFik FikδFik ekanligi hisobga olindi. Elektromagnit maydon tenzori potensiallar orqali (3.31) ifoda bilan aniqlanishini hi-sobga olib quyidagini yozamiz:

Ikkinchi hadda {i, k} → {k, i} almashtiramiz va Fki = Fik hisobga olib (4.33) ni qayta yozamiz:

Ikkinchi integralni xk koordinata bo‘yicha bo‘laklab integrallaymiz:

Bu yerda

to‘rt o‘lchovli fazoda Sk giper sirt bo‘yicha integral bo‘lib, uning qiy-matlari xk bo‘yicha chegarada olinadi. Agar xk x, y, z bo‘lsa, chegara cheksizda yotadi. Maydon cheksizda nolga intiladi. Agar xk = ct bo‘lsa, chegara boshlang‘ich va oxirgi vaqt momentlari bo‘lib, unda variatsiya δAi nolga teng. Demak, (4.35) dagi oxirgi had nolga teng ekan. Natijada quyidagini olamiz:

Bu yerda δAi variatsion prinsipga ko‘ra aynan nolga teng emas, integral nolga teng bo‘lishi uchun faqat qavs ichidagi ifoda nolga teng bo‘lishi mumkin, ya’ni

Bu tenglamani komponentalarda yozamiz. i = 1:

Yoki uch o‘lchovli belgilashlarda

Qolgan ikkita (i = 2, 3) tenglama bilan bu tenglamani birlashtirib bitta vektor tenglama ko‘rinishda yozamiz:


i = 0 hol uchun quyidagi tenglamani olamiz:

Tenglamalar (4.40)–(4.41) Maksvell–Lorentz tenglamalarining ik-kinchi juftini tashkil qiladi, (4.37) esa bu tenglamalarning to‘rt o‘lchovli ko‘rinishini beradi.


Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling