70. Elektromagnit maydondagi zaryad


Download 1.58 Mb.
bet1/10
Sana09.04.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1342918
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
javoblar


70 .Elektromagnit maydondagi zaryad
Zarrachalarningmuhimxarakteristikalaridanbiriularorasidagio‘z-aro ta’sirdir. Ular masofada turib bir birlari bilan ta’sirlashadi. Hozirgi vaqtda zarrachalar orasidagi o‘zaro ta’sirning bir necha ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, ular zarrachalarning ma’lum bir xarakteristikasi bilan bog‘langan. Ushbu kitobda biz faqat elektromagnit ta’sir bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni o‘rganamiz. Bu ta’sir zarrachalarning zaryad deb ataluvchi xarakteristikasi bilan bog‘liq.
Zaryadning ikkita muhim xususiyati bor. Birinchisi, zaryadlan-gan barcha elementar zarrachalarning zaryadi absolyut qiymati birday bo‘lib, ishorasi bilan farq qiladi. CGSE birliklar sistemasida e = 4.77 × 1010g1/2sm3/2s1. Ikkinchisi, fundamental ahamiyatga ega bo‘lgan zaryadning barcha hollarda saqlanish qonunidir. Bu qonun saqlanish qonunlari ichida eng fundamentali hisoblanadi. Mikroskopik elektro-dinamikada zaryadlangan zarrachalar soni uncha katta bo‘lmagan sis-temalarning xossalari o‘rganiladi.
Klassik mexanikadan ma’lumki, zarrachalarning ta’sirlashishi oniy vaqtdagi ular orasidagi masofaga bog‘liq bo‘lgan o‘zaro ta’sir potensiali U(|r2 − r1|) bilan aniqlanadi. Maydon fizik hodisa - o‘zaro ta’sirni o‘rganishningbirvositasihisoblangan. O‘zarota’sirninguzatilishtezligi chekli bo‘lganligi sababli nisbiylik nazariyasida holat tubdan o‘zga-radi. Zarrachaga ta’sir etayotgan kuch uning shu vaqtdagi fazodagi o‘rni bilan aniqlanmaydi, chunki bir zarrachaning fazodagi holatining o‘zgarishi ikkinchi zarrachada qandaydir chekli vaqtdan so‘ng ma’lum bo‘ladi. Bunga ko‘ra bir-biridan ma’lum masofada turgan zarrachalar bevosita ta’sirlashmasdan fizik real maydon orqali ta’sirlashadi deb hisoblashimiz kerak. Maydon fizik reallikka aylanadi. Shunday qilib, zarrachalarning ta’sirlashishi quyidagicha amalga oshadi: Bir zaryad-langan zarracha o‘z atrofida maydon hosil qiladi va maydon o‘z nav-batida ikkinchi zaryadlangan zarracha bilan ta’sirlashadi.

71 . Elektromagnit maydondagi zaryad uchun ta’sir integrali


Tajribalardan ma’lumki, elektromagnit maydonga kiritilgan zarra-cha elektr zaryad deb ataladigan bitta kattalik e bilan tafsiflanadi. Bu kattalik musbat, manfiy va hatto nolga teng bo‘lishi mumkin. May-don vektor xususiyatga ega bo‘lganligi uchun koordinata va vaqtning funksiyasi bo‘lgan 4-vektor bilan tafsiflanishi kerak. Bu vektor Ai bilan belgilanadi va 4-potensial deb ataladi. Ta’sir integrali skalyar, demak, integral ostida skalyar kattalik turishi kerak. 4-potensial Ai va bizga shu vaqtga qadar ma’lum bo‘lgan yagona – 4-radius-vektor yordamida Aidxi ko‘rinishdagi yagona skalyar kattalikni hosil qilish mumkin.1 Yuqoridagi fikrlarni e’tiborga olib ta’sir integralini quyidagi-cha yozamiz:





Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling