8-Mavzu: 2004-2022-yillarda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi qarorlar Reja
Download 458.65 Kb. Pdf ko'rish
|
8-Amaliy
2017 yil 30 oktyabr, 878-son O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan o‘zbekiston sportchilari va ularning trenerlarini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan O‘zbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb etish hamda sportchilarni va ularning trenerlarini rag‘batlantirish to‘g‘risida» 2017 yil 10 avgustdagi PQ-3196-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek sportchi va trenerlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda ularning salomatligini yanada mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlariga to‘lanadigan umrbod oylik to‘lovlar to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; YUqori mahoratli sportchilarni tayyorlagan trenerlarga to‘lanadigan bir martalik pul mukofotlarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq; 4 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlarining salomatligini sanatoriy-sog‘lomlashtirish muassasalarida mustahkamlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, bir martalik pul mukofotlari nufuzli xalqaro sport musobaqalarida 2018 yil 1 yanvardan boshlab yuksak natijalarga erishgan sportchilarning trenerlariga beriladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi R.D. Kurbanov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin. Download 458.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling