8-Mavzu: 2004-2022-yillarda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi qarorlar Reja
Download 458.65 Kb. Pdf ko'rish
|
8-Amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
1 8-Mavzu: 2004-2022-yillarda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi qarorlar Reja: 1. 2004-2008-yilda O‘zbekistonda jismoniy tarbiyaga e’tibor 2. 2008-2018-yillarda jismoniy tarbiya sohasidagi qarorlar 3. Qabul qilingan qarorlar va ularning ahamiyatini o‘rganish Tayanch iboralar:Mustaqillik, jismoniy tarbiyaga e’tibor, sportning rivojlanishi, jismoniy tarbiyaning huquqiy asoslari. 2012 yil 13 iyul 214-son O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori O‘zbekiston Respublikasida trenerlik faoliyatini yanada tartibga solish chora- tadbirlari to‘g‘risida «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan, trenerlik faoliyatini yanada tartibga solish, aholiga jismoniy tarbiya-sport hamda sog‘lomlashtirish xizmatlari ko‘rsatishning sifatini oshirish va xavfsizligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish yuzasidan attestatsiya o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq; Trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish yuzasidan attestatsiya o‘tkazish bo‘yicha Respublika komissiyasi tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin; * 2-ilova berilmaydi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, jismoniy tarbiya - sport tashkilotlari hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda: trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish yuzasidan attestatsiya o‘tkazish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan tashkiliy chora-tadbirlar kompleksini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin; 2013 yil 1 iyuldan boshlab trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish yuzasidan attestatsiyadan o‘tmagan shaxslar bilan mehnat shartnomalarini belgilangan tartibda bekor qilish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rsin. (2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 yanvardagi 24-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013 y., 5-son, 57-modda) 3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin. Download 458.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling