8-Mavzu: 2004-2022-yillarda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi qarorlar Reja


Download 458.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/18
Sana14.05.2023
Hajmi458.65 Kb.
#1461700
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
8-Amaliy




8-Mavzu: 2004-2022-yillarda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi 
qarorlar 
Reja: 
1. 2004-2008-yilda O‘zbekistonda jismoniy tarbiyaga e’tibor 
2. 2008-2018-yillarda jismoniy tarbiya sohasidagi qarorlar 
3. Qabul qilingan qarorlar va ularning ahamiyatini o‘rganish 
Tayanch iboralar:Mustaqillik, jismoniy tarbiyaga e’tibor, sportning 
rivojlanishi, jismoniy tarbiyaning huquqiy asoslari. 
2012 yil 13 iyul 214-son 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori 
O‘zbekiston Respublikasida trenerlik faoliyatini yanada tartibga solish chora-
tadbirlari to‘g‘risida 
«Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi 
Qonunini bajarish yuzasidan, trenerlik faoliyatini yanada tartibga solish, aholiga 
jismoniy tarbiya-sport hamda sog‘lomlashtirish xizmatlari ko‘rsatishning sifatini 
oshirish va xavfsizligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 
1. Quyidagilar: 
Trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish yuzasidan attestatsiya o‘tkazish 
tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq; 
Trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish yuzasidan attestatsiya o‘tkazish 
bo‘yicha Respublika komissiyasi tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin; 
* 2-ilova berilmaydi. 
2. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Oliy va 
o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, jismoniy tarbiya - 
sport tashkilotlari hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda: 
trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish yuzasidan attestatsiya o‘tkazish 
uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan tashkiliy chora-tadbirlar 
kompleksini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin; 
2013 yil 1 iyuldan boshlab trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish yuzasidan 
attestatsiyadan o‘tmagan shaxslar bilan mehnat shartnomalarini belgilangan 
tartibda bekor qilish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rsin. 
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2013 yil 31 yanvardagi 24-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 
2013 y., 5-son, 57-modda) 
3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy 
hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi 
Bosh vazirining o‘rinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin. 

Download 458.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling