8-Mavzu: 2004-2022-yillarda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi qarorlar Reja
Download 458.65 Kb. Pdf ko'rish
|
8-Amaliy
2018 yil 2 iyun, 410-son
O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining qarori “Sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 16 martdagi PQ-3610-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, futbolni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, yosh iqtidorli sportchilarni tanlab olish, ularda professional mahorat va ko‘nikmalarni rivojlantirish, sport turlari bo‘yicha mamlakat terma jamoalariga sport zaxirasini tayyorlash, davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining: a) O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida Respublika bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasini (keyingi o‘rinlarda respublika akademiyasi deb ataladi) tashkil etish; b) O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) tizimidagi 1-ilovaga muvofiq futbol bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari negizida ularning amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida bolalar-o‘smirlar futbol akademiyalarini (keyingi o‘rinlarda hududiy akademiyalar deb ataladi) tashkil etish; v) Vazirlik tizimidagi 2-ilovaga muvofiq futbol bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarini olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari (keyingi o‘rinlarda maktab-internatlar deb ataladi) etib qayta ixtisoslashtirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. 2. Quyidagilar respublika akademiyasi va hududiy akademiyalarning asosiy vazifalari etib belgilansin: 18 futbol bo‘yicha yuqori iqtidorga ega bo‘lgan yosh futbolchilarni saralab olish (seleksiya) tizimini yo‘lga qo‘yish, ularni o‘qitish, tarbiyalash va individual xususiyatlarini rivojlantirish, futbol sohasidagi sport qobiliyatini shakllantirish; bolalar-o‘smirlar futbolini rivojlantirish uchun ishonchli zaxirani shakllantirish, iste’dodli va iqtidorli bolalarni futbolga jalb etish va futbol bo‘yicha salohiyatini doimiy ravishda o‘stirib borish, ularda sog‘lom turmush tarziga intilishni uyg‘otish; professional futbolchilarni tayyorlash tizimini tashkil etish, mamlakat futbolini futboli rivojlangan mamlakatlar bilan xalqaro darajada raqobat qiladigan darajaga etkazish, turli yosh toifasidagi respublika terma jamoalarga va professional futbol jamoalariga etuk futbolchilarni tayyorlash; futbol rivojlangan xalqaro mamlakatlarda o‘tkaziladigan musobaqalar va o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etish orqali respublika va hududiy akademiyalar o‘quvchilarining professional saviyasini oshirib borish. 3. Quyidagilar maktab-internatlarning asosiy vazifalari etib belgilansin: olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha yangi ilmiy-metodik tavsiyalar va yutuqlar asosida sport zaxiralarini, terma jamoalarga yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlash; davlat ta’lim standartlari, o‘quv reja va dasturlari talablari asosida o‘quvchilarning ta’lim tayyorgarligini ta’minlash; zarur hollarda olimpiya sport turlari bo‘yicha xorijiy trenerlar va mutaxassislarni taklif qilgan holda ilg‘or ilmiy-metodik tavsiyalar asosida yosh sportchilarni tayyorlash borasida o‘quv-mashq jarayonlarini yuqori darajada tashkil etish; o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligi va texnik-taktik ko‘nikmalarini takomillashtirish, professional fazilatlarini rivojlantirish, shuningdek sportni rivojlantirish xalqaro talablariga muvofiq holda O‘zbekiston milliy terma jamoalari zaxirasini tayyorlash darajasini oshirish; o‘quvchi-sportchilar va trenerlar tarkibining professional mahoratini oshirish uchun xorijiy sport maktablari va klublari bilan tajriba almashish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish. 4. Belgilab qo‘yilsinki: a) respublika akademiyasi va hududiy akademiyalar qobiliyatli yosh futbolchilarni tanlab oluvchi va tayyorlovchi, maktabdan tashqari sport-ta’lim muassasasi hisoblanadi; respublika akademiyasi o‘quvchilarining umumiy kontingenti 132 nafar, har bir hududiy akademiyaning umumiy kontingenti 154 nafarni tashkil etadi; respublika akademiyasiga hududiy akademiyalarning o‘quvchilari orasidan eng iqtidorli va belgilangan sinov imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab har yili 7-sinfga qabul qilinadi; hududiy akademiyalarga belgilangan sinov imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan iqtidorli o‘quvchilar 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab har yili 5-sinfga qabul qilinadi; 19 respublika akademiyasi va hududiy akademiyalar o‘quvchilarining ta’lim olishi tegishlicha mazkur akademiyalarga yaqin joydagi umumta’lim maktablarida umumta’lim dasturi bo‘yicha amalga oshiriladi; o‘quv dasturini o‘zlashtirgan va yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tgan respublika akademiyasi va hududiy akademiyalarning 11-sinflari bitiruvchilariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat namunasidagi diplom beriladi; respublika akademiyasi va hududiy akademiyalarni bitirganlik to‘g‘risidagi diplom berilgan mutaxassislik bo‘yicha mehnat faoliyatini amalga oshirish yoki o‘qishning kelgusi bosqichida ta’lim olishni davom ettirish huquqini beradi; respublika akademiyasi va hududiy akademiyalarning rahbar va pedagog xodimlariga ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari qo‘llaniladi; b) maktab-internat o‘quvchilarining umumiy kontingenti 350 nafardan ko‘p bo‘lmagan o‘quvchidan iborat etib shakllantiriladi; maktab-internatlarga olimpiya va milliy sport turlari, shu jumladan sportning o‘yin turlari bo‘yicha (futboldan tashqari) belgilangan sinov imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab har yili 5-sinfga qabul qilinadi; maktab-internatlar o‘quvchilarining ovqatlanishi uchun ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari o‘quvchilarining sutkalik oziq-ovqat normasi tatbiq etiladi; maktab-internat direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, o‘quvchilarni chaqiriqqa tayyorlash rahbari, umumta’lim fanlari o‘qituvchilari, tarbiyachilar mehnatiga haq to‘lash va rag‘batlantirish Vazirlar Mahkamasining «Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida» 2005 yil 21 dekabrdagi 275-son qaroriga , maktab-internat direktori, direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, trener-o‘qituvchilar, tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lash va rag‘batlantirish Vazirlar Mahkamasining «Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenerlari va mutaxassislari mehnatini moddiy rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida» 2010 yil 23 sentyabrdagi 211-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi: a) Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda respublika akademiyasi va hududiy akademiyalar hamda maktab-internatlarning namunaviy shtat jadvallarini, respublika akademiyasi va hududiy akademiyalar xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish shartlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin; b) O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda: respublika akademiyasi va hududiy akademiyalar hamda maktab- internatlarning ustavlari tasdiqlanishini, shuningdek, ularning belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini; 20 respublika akademiyasi va hududiy akademiyalar hamda maktab- internatlarni zamonaviy pedagogik texnologiyalarni egallagan malakali pedagog kadrlar, shu jumladan, futbol bo‘yicha xalqaro sertifikat (diplom) ga ega bo‘lgan trenerlar bilan to‘ldirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilasin; v) Moliya vazirligi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda: respublika akademiyasi va hududiy akademiyaga hamda maktab-internatga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni; respublika va hududiy akademiyalarning o‘quv-mashg‘ulot rejalari va futbolchilarni bosqichma-bosqich tayyorlash dasturini; maktab-internatlarning o‘quv rejalari va dasturlarini; respublika akademiyasi, hududiy akademiyalar hamda maktab-internatlar o‘quvchilari uchun jihozlar, sport anjomlari va inventarlar, shuningdek, sport kiyim-boshi bilan ta’minlash me’yorlarini; maktab-internatlarda ovqatlantirish xarajatlarini qisman qoplash uchun ota- onalar to‘lovini to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda respublika akademiyasi va hududiy akademiyalar o‘quvchilarining ovqatlanishi uchun sutkalik oziq-ovqat me’yorini ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlanishini ta’minlasin. 7. Quyidagilar Respublika akademiyasi, hududiy akademiyalar va maktab- internatlarni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari; jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi: bir oy muddatda ushbu qarorning 1-ilovasiga muvofiq maktab- internatlarning bino va inshootlarini tegishli hududi bilan birgalikda tekin foydalanish huquqi asosida hamda boshqa mol-mulklari mulk huquqi asosida hududiy akademiyalarga bepul berilishini ta’minlasinlar; Kasb-hunar ta’limi tizimini yanada takomillashtirishni muvofiqlashtirish respublika komissiyasi bilan birgalikda uch oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo, Namangan va Samarqand viloyatlarida kelgusida faoliyati tugatilishi rejalashtirilayotgan kasb-hunar kollejlari bino va inshootlari tegishli er maydoni bilan birgalikda ushbu kollejlar o‘z faoliyatini tugatganidan so‘ng tekin foydalanish huquqi asosida hududiy akademiyalarga berilishini ta’minlasinlar; maktab-internatlarning bo‘shaydigan bino va inshootlarini belgilangan tartibda hududdagi ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari va bolalar- o‘smirlar sport maktablariga o‘tkazish choralarini ko‘rsinlar. 21 9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qarordan kelib chiqib 2018 yilgi O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin, 2019 yildan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida zarur byudjet mablag‘lari ajratilishini nazarda tutsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Qurilish vazirligi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan birgalikda uch oy muddatda hududiy akademiyalar va maktab-internatlarning bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlashni bosqichma-bosqich amalga oshirish yuzasidan dastur tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarining ishdan bo‘shaydigan xodimlarini ishga joylashtirish choralarini ko‘rsin. 12. Respublika akademiyasi Toshkent shahar, Bunyodkor shoh ko‘chasi, 47-uy manziliga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin. 14. Vazirlar Mahkamasining «Andijon shahridagi futbol bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchi-futbolchilari ta’minoti normativlarini hamda uni jihozlash uchun mol-mulk ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida» 2010 yil 16 avgustdagi 179-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2010 y., 33-son, 277- modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri SH.X. Isroilov zimmasiga yuklansin. Download 458.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling