8-mavzu. Boshqaruv hisobini tashkil etish Reja: Boshqaruv hisobining paydo bo’lishi va tarixiy rivojlanishi


Download 85.71 Kb.
bet11/12
Sana13.04.2023
Hajmi85.71 Kb.
#1352642
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
8-mavzu. Boshqaruv hisobini tashkil etish

15. Axhorotning sodir bo’lish vaqti. Moliyaviy hisob korxon aning moliyaviy tarixini aks ettiradi. Unda xo’jalik muomalalari ularning sodir bolganligini tasdiqlovchi hujjatlar orqali qayd etiladi, yaьni, hisobning bu turi korxona xo’jalik faoliyatida allaqachcm sodir bo’lgan muomalalarni tasdiqlaydi.
Boshqaruv hisobining rnaqsadi esa sodir bolgan voqealar tahlili asosida istiqbolga moljallangan tavsiyalar, boshqaruv va investitsiya qarorlari dasturini ishlab chiqishdan iborat.
Moliyaviy hisob xo’jalik muomalalari sodir bo’lgandan so’ng boshqaruv hisobi esa voqea-hodisalarni oldindan tashxislab berishi zarur. Shu boisdan, boshqaruv hisobini ko’pincha taxminlash hisobi, maxfiy hisob deb ham ataydilar.
16. Axborotning aniqlik va ishonchlilik darajasi. Moliyaviy axborot sodir bo’lgan operatsiyalarni aks ettiradi, shu bois, u xolislik xususiyatiga ega va auditorlik tekshiruvidan o’tadi.
Boshqaruv hisobi esa ko’proq bo’lajak davrga mo’ljallangan istiqbol bilan ish tutadi. Shu bois, boshqaruv hisobidagi axborot ehtimollik va subьektiv (xususiylik) tavsifiga ega.
17. Xarajatlar va daromadlarni guruhlash yo’llari. Moliyaviy hisobda xarajatlar kal’kulatsiya moddalari bo’yicha, daromadlar esa korxona va uning faoliyat turlari (segmentlari) bo’yicha guruhlanadi va aks ettiriladi.
Boshqaruv hisobida xarajatlar xarajat moddalari bo’yicha, daromadlar esa bo’linmalar va mahsulot(ish, xizmat) turlari bo’yicha guruhlanadi va aks ettiriladi. Xarajat moddalarining ro’yxati tarmoq yo’riqnomalari bilan belgilanadi hamda korxonaning hisob siyosatida ifodalanadi.
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
1. Bоshqaruv hisоbiga ta’rif bering.
2. Bbоshqaruv hisоbining maqsadi nima?
3. Respublikamiz kоrхоnalarida bоshqaruv hisоbini tashkil etish zaruratini yuzaga keltirayotgan оmillarni sanab bering.
4. Bоshqaruv hisоbining qanday elementlari mavjud?
5. Kоrхоna faоliyatida bоshqaruv hisоbi qanday o‘rin tutadi?
6. Bоshqaruv hisоbining shakllanishida kal’kulyatsiya va ishlab chiqarish hisоbining rоli nimalardan ibоrat?
7. Kal’kulyatsiya hisоbi nima?
8. Ishlab chiqarish hisоbi nima?
9. Bоshqaruv hisоbining vazifalari nimalardan ibоrat?
10. Bоshqaruv hisоbining strategiyasi va taktikasi nimalarni o‘z ichiga оladi?
11. Aхbоrоtdan fоydalanuvchilar nuqtai-nazaridan bоshqaruv hisоbi va mоliyaviy hisоb o‘rtasida qanday farqlar mavjud?
12. Aхbоrоt manbalariga ko‘ra bоshqaruv hisоbi mоliyaviy hisоbdan qanday farqlanadi?
13. Mоliyaviy va bоshqaruv hisоbida hisоbning asоsiy tuzilmasi qanday ko‘rinishga ega?
14. Aхbоrоtni taqdim etish shakllariga muvоfiq hisоb turlarining farqini ko‘rsatib bering.
15. Mоliyaviy va bоshqaruv hisоbida aхbоrоtlar qanday o‘lchanadi?


Download 85.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling