8-mavzu. Byudjetlararo munosabatlar hamda qarzlar hisobi. Savollar
Budjetlar o‘rtasida o‘zaro hisoblashuvlar hisobini xujjatlashtirish tartibini aytib bering?
Download 29.74 Kb.
|
8-mavzu. Byudjetlararo munosabatlar hamda qarzlar hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 061 Respublika byudjeti bilan o‘zaro hisob-kitoblar 062 Mahalliy byudjetlar bilan o‘zaro hisob-kitoblar 071 Respublika byudjetidan berilgan va olingan mablag‘lar
- "Respublika byudjeti bilan o‘zaro hisob-kitoblar"nomli 061-sonli hisobvaraq
2. Budjetlar o‘rtasida o‘zaro hisoblashuvlar hisobini xujjatlashtirish tartibini aytib bering?
Byudjet tashkilotlari, korxonalari yoki xo‘jalik birlashmalarini respublika bo‘ysunishdan mahalliy bo‘ysunishga o‘tkazishda respublika Moliya vazirligi tegishli quyi moliya organiga 11-sonli shakldagi ma’lumotnoma-bildirishnomani yuboradi. Korxonani, tashkilotni respublika, viloyat, shahar miqyosida bir mahalliy bo‘ysunishdan ikkinchi mahalliy bo‘ysunishga o‘tkazishda, yuqori moliya organi o‘zaro hisob-kitoblarga oldingi bo‘ysunish bo‘yicha moliyalashtirish tartibida korxonani, tashkilotni o‘tkazish kunidagi summalarni o‘tkazadi. Byudjetlar bilan o‘zaro hisoblashuvlar hisobi 11-sonli shakldagi ma’lumotnoma-bildirishnomaga asosan buxgalteriya yozuvlari berilib memorial orderga yozuvlar o‘tkaziladi va boshqa byudjetlar bilan hisob-kitoblar kitobiga tushiriladi. Moliya organlarida o‘zaro hisoblashuvlar hisobi 06 "Xisob kitoblar", 07 “Berilgan va olingan mablag‘lar” nomli hisobvaraqlarda yuritiladi. Ya’ni: 061 Respublika byudjeti bilan o‘zaro hisob-kitoblar 062 Mahalliy byudjetlar bilan o‘zaro hisob-kitoblar 071 Respublika byudjetidan berilgan va olingan mablag‘lar 072 Mahalliy byudjetlardan berilgan va olingan mablag‘lar 7.Budjetlar o‘rtasida o‘zaro hisoblashuvlar hisobini aks ettiruvchi buxgalteriya schyotlarini hususiyatlarini sharhlab bering? "Respublika byudjeti bilan o‘zaro hisob-kitoblar"nomli 061-sonli hisobvaraq respublika byudjeti bilan o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha operatsiyalarni mahalliy moliya organlarida hisobga olib borish uchun mo‘ljallangan. "Respublika byudjeti bilan o‘zaro hisob-kitoblar"nomli 061-sonli hisobvaraq respublika byudjeti bilan o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha operatsiyalarni mahalliy moliya organlarida hisobga olib borish uchun mo‘ljallangan. "Respublika byudjeti bilan o‘zaro hisob-kitoblar"nomli 061-sonli hisobvaraq Debetida: A) respublikabyudjetidano‘zarohisob-kitoblarbo‘yichaolinishilozimbo‘lgansummalar; B) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlarni to‘lash uchun respublika byudjetiga o‘tkazilgan summalar; V) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlarni to‘lashda hisobga olingan, yuqori byudjetdan olinishi lozim bo‘lgan dotatsiyalar, subvensiyalarning summalari. Kreditida: A) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha respublika byudjetiga berilishi lozim bo‘lgan summalar; B) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlarni to‘lash uchun respublika byudjetidan kelib tushgan summalar; V) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha xarajatlarni to‘lashda hisobga olingan va yuqori byudjetga o‘tkazish lozim bo‘lgan ortiqcha daromadlar summalari; G) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha mahalliy byudjetlar hisobiga to‘g‘ri keladigan summalarda hisobga olingan, respublika byudjetidan olingan byudjet ssudalarining summalari; D) respublika bo‘ysunishidan mahalliy bo‘ysunishga o‘tkazilgunga qadar korxona va tashkilotlarning respublika byudjeti bo‘yicha ochilgan byudjet mablag‘ ajratmalari summalari. 062 - "Mahalliy byudjetlar bilan hisob-kitoblar" nomli hisobvaraqda yuqori va quyi mahalliy byudjetlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha operatsiyalar hisobga olinadi. Mahalliy byudjetlardan berilgan va olingan mablag‘lar" nomli 072-sonli hisobvaraqda mahalliy byudjetlarga beriladigan va mahalliy byudjetlardan olinadigan mablag‘lar hisobga olinadi. 072-sonli hisobvaraqning debetida o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha mahalliy byudjetlarga beriladigan summalar aks ettiriladi; 072-sonli hisobvaraqning kreditida o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha mahalliy byudjetlardan olinishi lozim bo‘lgan summalar aks ettiriladi. Download 29.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling