8-mavzu: jon meynard keyns ta`limoti va keynschilik
Download 1.94 Mb. Pdf ko'rish
|
такой
d) sinflar va daromadlar
A.Smit qarashlarida jamiyat uch sinfga ajratib ko’rsatiladi: er egalari, tadbirkorlar, yollanma ishchilar: – yer egalari qo’lida asosiy ishlab chiqarish vositasi er bo’ladi. Ular ijaraga bergan eri uchun ijara to’lovlari sifatida ushbu erdan olingan daromadning bir qismini renta ko’rinishida oladi; – tadbirkorlar ishlab chiqarish vositalarining ikkinchi bir turiga (imorat- inshootlar, asbob-uskunalar, fermalar, xom ashyo zaxiralariga) egalik qiladi, ishchilarni yollaydi va daromad ko’rinishida foyda oladi; – yollanma ishchilar – eng ko’p, kambag’al sinf hisoblanadi, ular mulk egasi emas va ular mehnatini sotib, daromad ko’rinishida ish haqi oladi, A.Smit bo’yicha jamiyat uch sinfdan tashqari har xil guruh va qatlamlarni ham o’z ichiga oladi. Asosiy sinflar daromadlari birlamchi hisoblanishi bilan ajralib turadi. Boshqa guruhlar-ning daromadlari esa – ikkilamchi, ya’ni qayta taqsimlash nati-jasida shakllanadi. A.Smit daromadning har uchala asosiy shaklini alohida ko’rib chiqdi. Ish haqi nazariyasi. Ishchining daromad sifatidagi ish haqi, A.Smit bo’yicha, mamlakatning milliy boyligi darajasiga bevo-sita bog’liq. A.Smitning ish haqi nazariyasining e’tiborga molik joyi shundan iboratki, u U.Petti, fiziokratlar va keyingi D.Rikardodan farqli ravishda mehnatga haq to’lash miqdori yashash minimumi darajasigacha pasayadi deb atalmish qonuniyatni inkor etgan. Buning ustiga, A.Smit mehnatga bo’lgan qiziqishni kuchay-tirish maqsadida ish haqini oshirish tarafdori bo’lgan. Uningcha, past ish haqidan ko’ra, yuqori ish haqi amal qilib turgan paytda faol faoliyat yurituvchi ishchilarni doimo topish, ishga jalb etish mumkin bo’ladi. Foyda nazariyasi. A.Smit bo’yicha, tovar qiymatining bir qismi ish haqi sifatida ishchiga tegadi, qo’shimcha mehnat bilan yaratilgan qiymatning qolgan qismi tadbirkorning daromadi ko’rinishida uning foydasini tashkil etadi. A.Smit foydani tadbirkorlik tavakkalchiligi uchun, ishchiga yashash vositalarini avanslagani uchun tadbirkorga to’lanadigan haq deb hisobladi, undan keyinchalik tadbirkorlik daromadining adolatli ekanli-gini isbotlashda keng foydalanildi. Foyda miqdori, A.Smit bo’yicha, “kapital qiymati bilan aniqlanadi va foydaning ko’p yoki kam bo’lishi ushbu kapital miqdoriga bog’liq bo’ladi”. Foyda me’yorining pasayish moyilligi qayd qilib o’tiladi, bunday moyillik iqtisodiy rivojlanish bilan bog’lab tushuntiriladi, negaki ancha rivojlangan mamlakatlarda foyda me’yori hamisha past bo’ladi. Renta nazariyasi. A.Smit nazariyasiga ko’ra, renta ishchining haq to’lanmagan mehnati bilan yaratiladi, uning mehnati mahsulot-ning bir qismi hisoblanadi. U rentada erga bo’lgan xususiy mulk-chilik monopoliyasi unsurlarini ko’rgan, lekin absolyut va dif-ferentsial renta tushunchalari ajratib ko’rsatib bermagan. Er uchastkalari ham unumdorligi, ham joylashishi bo’yicha farq qilishi, bu farqlarning ikkalasi ham turli tavsif va miqdordagi rentaning shakllanishiga sabab bo’lishi mumkinligi qayd qilib o’tilgan. Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling