8-mavzu: Madaniyat, sivilizatsiya va qadriyatlar falsafasi. (2 soat). Ma’ruza rejasi


Download 82.66 Kb.
bet7/9
Sana21.04.2023
Hajmi82.66 Kb.
#1371833
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8 мавзу Маданият, цивилизация ва қадриятлар фалсафаси

3-savol bayoni: Qadriyatlar nazariyasi falsafiy bilimlarning ilmiy tizimi sifatida XIX asrning ikkinchi yarmida Vilgelm Vindelband, Rudolf Lotse, German Kogen, Genrix Rikkert kabi nemis faylasuflarining asarlarida shakllana boshladi. XX asrning boshida fransuz faylasufi P.Lapi qadriyatlar nazariyasini ifodalash uchun «aksiologiya» (yunon. axios - qadriyat, logos – fan, ta’limot) atamasini muomalaga kiritdi. Keyinchalik aksiologiya muammolari fenomenologiya, germenevtika, ekzistensializm va boshqa falsafiy yo‘nalishlarning vakillari tomonidan tadqiq etildi.
Aksiologiya – falsafaning qadriyatlarni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi alohida bo‘limi (yunon. axios - qadriyatlar, logos – bilim: qadriyatlar haqidagi fan). Qadriyatlar ulkan falsafiy ahamiyatga ega. Qadriyatlar tushunchasi insonning dunyoga bo‘lgan munosabatining alohida jihatini namoyon etadi. Ular inson faoliyati, jamiyat va madaniyatning o‘ziga xos xususiyatlarini yanada teranroq anglab yetish imkonini beradi. Qadriyatlar inson va jamiyat hayotida muhim o‘rin egallaydi, chunki insonning hayot tarzini, uning hayvonot dunyosidan ajralish darajasini aynan qadriyatlar tavsiflaydi.
Hozirgi zamon falsafiy va sotsiologik adabiyotlarida ham qadriyatlarning tabiati va mohiyatini tushunishga nisbatan yagona yondashuv mavjud emas. Ayrim tadqiqotchilar qadriyatga insonning ma’lum bir ehtiyojini qondirishga yoki unga muayyan foyda keltirishga qodir bo‘lgan predmet sifatida; ayrimlar – ideal, me’yor sifatida; yana bir guruh olimlar – biron-bir narsaning inson yoki ijtimoiy guruh uchun ahamiyati sifatida yondashadilar. Zikr etilgan yondashuvlarning har biri mavjud bo‘lish huquqiga ega, chunki ularning barchasi qadriyatlarning muayyan jihatini aks ettiradi; ularga bir-birini istisno etuvchi yondashuvlar sifatida emas, balki bir-birini to‘ldiruvchi yondashuvlar sifatida qarash kerak. Mazkur yondashuvlar sintezi hozirgi zamon qadriyatlar umumiy nazariyasini tashkil etadi.
Qadriyat – bu borliq rang-barang elementlarining ob’ektiv ahamiyati bo‘lib, ularning mazmuni jamiyat sub’ektlarining ehtiyojlari va manfaatlari bilan belgilanadi. Falsafiy ma’noda «... qadriyat narsa va buyumlarning qimmatiga nisbatan qo‘llanilmasdan, balki inson uchun biror ahamiyatga ega bo‘lgan voqelikning shakllari, holatlari, narsalar, voqealar, hodisalar, jarayonlar,holatlar, sifatlar, talab, tartiblar va boshqalarning qadrini, ijtimoiy ahamiyatini ifodadash uchun ishlatiladigan falsafiy kategoriyadir»2. Shu bilan birga ko‘p qadriyatlar jamiyatdan tashqari o‘z ahamiyatini tez yo‘qotadi. Masalan, pul va tillo bezaklar odamsiz orolda kerak emas. Undan hech qanday amaliy foyda yo‘q. Shunga ko‘ra ko‘p qadriyatlar faqat insoniyat jamiyatida tug‘iladi va yashaydi.
Qadriyatlarning asosiy ijtimoiy funksiyasi nimada? U shundaki, odam va jamiyatga hayoti va faoliyatida aniq yo‘nalishlar beradi Nimaga intilish kerakligi, uni qanday qilish lozimligini ko‘rsatadi. Boshqacha aytganda, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan maqsadlarga erishish vositalarini aniqlaydi. Ma’lumki bunday holatda qadriyatlar odamlar ijtimoiy hayotining tartibga soluvchisi sifatida yuzaga chiqadi. Jamiyat qanday bo‘lsa, uning qadriyatlari ham shunday bo‘ladi. Qadriyatlar qanday bo‘lsa, uning tartibga soluvchisi ham shunday bo‘ladi. Masalan, qonunga itoat qiluvchi, huquqiy jamiyatda oliy ijtimoiy qadriyatlardan biri konun bo‘lib, u orqali barcha ijtimoiy hayot tartibga solinadi. O‘zboshimcha va qonunsiz jamiyatda ob’ektiv qadriyat va tartibga soluvchi, muqarrar ravishda kuch ishlatish hisoblanadi. Bunda qonun, huquq, axloqiy qadriyat hokimiyat tomonidan siqib chikariladi. Kim kuchli bo‘lsa u to‘g‘ri, barcha qolganlar, garchand haqiqat ular tomonda bo‘lsa ham, zo‘rovonlar oldida juda himoyasiz bo‘lib qoladilar.
Qandaydir hodisaning jamiyat uchun qadrliligi nimada? Bu odamlarning extiyojlari va manfaatlarining rivojlanish darajasida. Radiaktiv uran va kompyuterning yovvoyi uchun qadrliligi katta emas. U undan qanday amaliy foyda olishni bilmaydi. Bu yerda ma’lumki, u yoki bu narsaning ahamiyati va qadrliligi tug‘risidagi qarashlarga odamning yetuklik darajasi ta’sir qiladi.
Odamlarning ehtiyojlari va manfaatlari murakkabroq, chunki ular nafaqat ob’ektiv, sub’ektiv sabablar bilan ham bog‘liq bo‘ladi. Uy-joy va oziq-ovqatga, kiyim-kechakka bo‘lgan ehtiyoj xar bir jamiyatda ob’ektiv ravishda mavjud. Shu bilan birga moddiy boylik qadriyati har xil jamiyatda bir hil emas. Qaerdadir pul va oltin moddiy boylikning ekvivalenti sifatida ijtimoiy qadriyatlar darajasida birinchi o‘rinni egallaydi. Qaerdadir ularga kamtarona o‘rin beriladi.

Download 82.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling