8-mavzu: Madaniyat, sivilizatsiya va qadriyatlar falsafasi. (2 soat). Ma’ruza rejasi
Download 82.66 Kb.
|
8 мавзу Маданият, цивилизация ва қадриятлар фалсафаси
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aql-idrok, oqilonalik, bilimlar
Qadriyatlarning turlari. Shaxs va jamiyat ehtiyojlari va manfaatlarining rang-barangligi qadriyatlarning murakkab tizimida o‘z aksini topadi. Bu qadriyatlar turli asoslarga ko‘ra tasniflanadi. Mavjudlik shakliga ko‘ra moddiy va ideal (ma’naviy) qadriyatlar farqlanadi. Ijtimoiy hayotning asosiy sohalariga muvofiq odatda qadriyatlarning uch guruhi farqlanadi: moddiy-iqtisodiy qadriyatlar, ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar va ma’naviy qadriyatlar.
Moddiy qadriyatlar – bu qadriyat ahamiyatiga molik bo‘lgan tabiiy ob’ektlar va predmetlar, ya’ni mehnat vositalari va bevosita iste’mol buyumlaridir. Tabiiy qadriyatlar qatoriga tabiiy boyliklarda mujassamlashgan tabiiy ne’matlar kiradi. Moddiy qadriyatlar jumlasiga inson mehnati natijasida yaratilgan moddiy dunyo predmetlari, shuningdek o‘tmish madaniy merosi predmetlari kiradi. Ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar – bu ijtimoiy va siyosiy hodisalar, voqealar, siyosiy aktlar va harakatlarning qadriyat sifatidagi ahamiyatidir. Ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar qatoriga, odatda, siyosiy va ijtimoiy harakatlarda mujassamlashgan ijtimoiy imtiyozlar, shuningdek jamiyatning ravnaq topishi, xalqlar o‘rtasida tinchlik va hamkorlikning mustahkamlanishiga ko‘maklashuvchi tarixiy voqealarning progressiv ahamiyati kiradi. Ma’naviy qadriyatlar – bu ijtimoiy ong hodisalarining tegishli shakllarda namoyon bo‘lgan me’yoriy-nisbiy tomoni. Fan, axloq, san’at, falsafa, huquq qadriyatlarini ma’naviy qadriyatlar deb hisoblash odat tusini olgan. Ma’naviy qadriyatlar qatoriga baxt-saodat, yaxshilik va yomonlik, go‘zallik va xunuklik, adolat va adolatsizlik, huquqiylik va nohuquqiylik, tarixning mazmuni va insonning vazifasi va hokazolar haqidagi me’yoriy tasavvurlar ko‘rinishida ifodalangan ijtimoiy ideallar, mo‘ljallar va baholar, me’yorlar va taqiqlar, harakat prinsiplari kiradi. Moddiy qadriyatlar inson ehtiyojlari va manfaatlari ob’ektlari sifatida amal qilsa, ma’naviy qadriyatlar ikki xil funksiyani bajaradi: ular qadriyatlarning mustaqil sohasi va moddiy qadriyatlarni baholash asosi, mezonidir. Qadriyatlarni tasniflashning ikkinchi asosi – sub’ektlarga ko‘ra individual shaxsiy (sub’ektiv-shaxsiy), gruppaviy (milliy,sinfiy), umuminsoniy qadriyatlar farqlanadi. Individual yoki shaxsga doir qadriyat – bu narsa, hodisa, g‘oyaning muayyan inson uchun qadriyat sifatidagi ahamiyati. Har qanday qadriyat o‘z mohiyatiga ko‘ra individualdir, zero narsa, hodisa, g‘oyani faqat insongina baholashga qodir. Shaxsiy qadriyatlar ta’lim va tarbiya, individ hayot tajribasini to‘plashi jarayonida shakllanadi Shaxsiy qadriyatlar individning ehtiyojlari va manfaatlari ta’sirida vujudga keladi. Ular kishilarning mayllari, didlari, odatlari, bilim darajasi va boshqa individual xususiyatlari bilan belgilanadi. Gruppaviy qadriyatlar to‘g‘risida so‘z yuritar ekanmiz, biz bu bilan mazkur narsa, hodisani bir individ emas, balki ularning muayyan majmui ijobiy baholashiga urg‘u beramiz. Gruppaviy qadriyatlar – bu narsalar, hodisalar, g‘oyalarning odamlar muayyan birligi (sinf, millat, mehnat jamoasi va sh.k.) uchun qadriyat sifatidagi ahamiyatidir. Gruppaviy qadriyatlar muayyan jamoaga kiruvchi individlarni yagona manfaatlar, qadriyatlar va mo‘ljallar bilan birlashtirib, mazkur jamoaning hayot faoliyatida ulkan ahamiyat kasb etadi. Umuminsoniy qadriyatlar – bu narsalar, hodisalar, g‘oyalarning jahon hamjamiyati uchun qadriyat sifatidagi ahamiyatidir. Umuminsoniy qadriyatlar qatoriga, birinchidan, jahon hamjamiyati aholisining aksariyati amal qiladigan ijtimoiy-siyosiy va axloqiy tamoyillar kiradi. Ikkinchidan, umuminsoniy qadriyatlar jumlasiga umuminsoniy ideallar, umumxalq maqsadlari va ularga erishishning asosiy vositalari (ijtimoiy adolat, insonning ha’ni va qadr-qimmati, fuqarolik burchi va sh.k.) kiradi. Shuningdek, umuminsoniy qadriyatlar qatoriga tabiiy boyliklar hamda o‘z mohiyati va ahamiyatiga ko‘ra olamshumul xususiyat kasb etuvchi qadriyatlar: tinchlikni saqlash, qurolsizlanish, xalqaro iqtisodiy tartib muammolari ham kiradi. Umuminsoniy qadriyatlar – jamiyat va madaniyatning rivojlanishi mahsuli. Shaxsiy, gruppaviy va umuminsoniy qadriyatlar bir-biri bilan ijtimoiy nuqtai nazardan uzviy bog‘liq. Falsafa uchun quyidagi savollar ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi: shaxsiy va ijtimoiy qadriyatlarning o‘zaro nisbati qanday, qaysi qadriyatlar ustunroq - ijtimoiy qadriyatlarmi yoki shaxsiy qadriyatlarmi, shaxsiy qadriyatlar ijtimoiy qadriyatlar ta’sirida shakllanadimi yoki, aksincha, ijtimoiy qadriyatlar individlarning ehtiyojlari va manfaatlari muvofiqlashtirilishi natijasida vujudga keladimi? Jamiyat va inson hayotidagi qadriyatlarning uchta darajasini ajratish mumkin: Inson va jamiyat uchun ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlar. Bu shunday qadriyatlarki, ularsiz jamiyat va insonning normal faoliyati izdan chiqmaydi. Masalan, avtomobil moddiy qadriyat, lekin u bo‘lmasa ham inson o‘z hayotini to‘g‘ri tashkil etishi mumkin, ikki qavatli hovli egasi bo‘lish yoki bo‘lmaslik. Kundalik hayot va ehtiyojlar bilan bog‘liq bo‘lgan qadriyatlar. Bular insonning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, jamiyatning normal faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan qadriyatlardir. Oliy qadriyatlar - o‘z ahamiyatiga ko‘ra eng yuksak darajada turuvchi, odamlarning fundamental munosabatlari va ehtiyojlarini aks ettiruvchi qadriyatlardir. Oliy qadriyatlarsiz nafaqat inson shaxs sifatida kamol topa olmaydi, balki jamiyat ham normal hayot kechira olmaydi. Oliy qadriyatlarning mavjudligi doimo individning shaxsiy hayoti chegarasidan chetga chiqish bilan bog‘liq. Ular individni uning o‘zidan yuksak bo‘lgan, uning hayotini belgilaydigan, uning taqdiri uzviy bog‘liq bo‘lgan narsalar bilan oshno etadi. Ayni shu sababli oliy qadriyatlar odatda umuminsoniy xususiyat kasb etadi. Oliy qadriyatlar guruhida hayot (hayot qadriyatlari), sog‘liq va erkinlik alohida farqlanadi. Insoni umri eng oliy qadriyatlar qatoriga kiradi, zero, hayotsiz inson bo‘lmaydi va qadriyatlar ham bo‘lishi mumkin emas. Individ uchun hayot boshqa biron-bir narsaga bog‘liq bo‘lmagan holda eng yuksak qadriyat, ne’mat sifatida amal qiladi. O‘z navbatida, hayotning qimmati boshqa barcha qadriyatlar uchun o‘ziga xos zamin va cho‘qqi hisoblanadi. Hayotning qimmati qanday tushunilishiga qarab odamlar o‘rtasidagi munosabatlar va jamiyatning insonga bo‘lgan munosabati ham shakllanadi. Moddiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy qadriyatlarning bir qismi oliy qadriyatlar qatoriga kiradi. Bular avvalo: tinchlik, insoniyat hayoti; adolat, erkinlik, odamlarning huquqlari va burchlari, do‘stlik va mehribonlik haqidagi tasavvurlar; qarindoshlik aloqalari; faoliyat qadriyatlari (mehnat, ijod, bunyodkorlik, haqiqatni anglab yetish); o‘z-o‘zini asrash qadriyatlari (hayot, sog‘liq); o‘z shaxsiyatini namoyon etish, o‘z qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish qadriyatlari; shaxsiy fazilatlarni tanlashni tavsiflovchi qadriyatlar (halollik, dovyuraklik, sadoqat, adolat, yaxshilik) va h.k. Inson sog‘lig‘i - tabiiy, mutlaq va boqiy oliy qadriyatdir. Insonning barcha ehtiyojlarini qondirish darajasi uning sog‘lig‘i qay darajada ekanligi bilan belgilanadi. Sog‘liqqa bo‘lgan ehtiyoj yalpi xususiyat kasb etadi, u ayrim individlarga ham, butun jamiyatga ham xos. Shu sababli individual (shaxsiy) sog‘liq va jamiyat sog‘lig‘i yoki aholi salomatligi farqlanadi. Erkinlik inson uchun oliy qadriyatdir. Bu kategoriyaning falsafiy talqini quyidagicha: erkinlik - bu insonning ob’ektiv zaruriyatni bilishga tayangan holda o‘z manfaatlari va maqsadlariga muvofiq ish ko‘rish qobiliyatidir. Erkinlik doim va hamma joyda eng buyuk qadriyat hisoblanadi. Boshqa hollarda bo‘lganidek, erkinlik uni inson anglagan taqdirdagina qadriyatga aylanadi. Shunday qilib, qadriyatlar tushunchasi shaxsning ma’naviy dunyosi bilan uzviy bog‘liq. Aql-idrok, oqilonalik, bilimlar insonning maqsadga muvofiq faoliyatini belgilovchi ongning eng muhim elementlari hisoblansa, ular negizida shakllanuvchi ma’naviyat o‘z hayot yo‘lini, o‘z faoliyatining maqsadlari va mazmuni hamda ularga erishish vositalarini tanlash to‘g‘risidagi masalani u yoki bu tarzda yechayotgan inson hayotining mazmuni bilan bog‘liq bo‘lgan qadriyatlar qatoriga kiradi. Download 82.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling