8-mavzu makedoniyalik aleksandrning baqtriya va sug‘diyonaga yurishlari


Strabon, «Geografiya». XI kitob, XI bob, 3


Download 142.17 Kb.
bet5/7
Sana03.06.2024
Hajmi142.17 Kb.
#1840431
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Sagdullayev A.S. O`zbekiston tarixi I kitob.

Strabon, «Geografiya». XI kitob, XI bob, 3: «Oldingi za- monlarda baqtriylar, sug'diylaming turmush tarzi va urf-odatlari ko'chmanchilaming tumnushi tarzidan ko‘p farq qilmagan, ammo baqtriylaming an’analari ancha yuqori madaniyatga ega bo'lgan; lekin ular haqidagi Onesikritning fikri maqtovga sazovor bo‘lmaydi. Uning so'zlariga ko‘ra, qarilik va kasallikdan qattiq toliqqan odamlami ular maxsus boqilgan va o‘zlarining mahalliy tillarida «go'rkovlar» degan itlarga tashlaganlar, Baqtriylar poytaxti devorlaridan tashqari, joylar toza bo‘lgan, lekin davlat ichk-risid-yi hududning katta bir qismi odamlar suyaklari bilan to‘ldirilgan. Aleksandr bu urf-odatni yo'q qildi. Shun- ga o‘xshagan hikoyalami kaspiylar haqida ham aytib beradilar: ular 70 yoshdan oshgan o‘z ota-onalarini qamab qo‘yadilar va och qoldiradilar».

  1. 4. «Aytishlaricha, Aleksandr Baqtiiya va Sug‘diyonada 8 ta shaharga asos solgan va ko‘plarini vayron qilgan. Vayron qilinganlari jumlasidan Baqtriyadagi Kariata (bu yerda Kallisfen qo'lga tushib qamoqqa olingan), Sug'diyonadagi Maroqanda va Kira - Yaksart daryosidagi Kir tomonidan qurilgan oxirgi shahar; bu fors, davlati- ning chekkasi bo‘lgan. Aleksandr Kimi hurmat-izzat qilgan bo‘lsa ham, bu shahar aholisining ko'pdan ko‘p qo‘zg‘olonlari sabablariga

ko‘ra, uni vayron qilishga buyruq bergan...».
XI. 5. «Sug‘ayotgjoidaryoni, Aristoisthiing avti-
shicha, mhkedoalhr Politimet deb atashyha (xuddi shunday ular bosho- ko'p aomlhmi -^-зЫ^Ну-а va qisman o'zgartirishgan). Ariytar yeri- dha oqayotgha Ariy daryosiya o‘xshab, bu dhiyo d-vlat yerltriai suy‘orib, dasht va shhro viloyatiga intiladi va qumlar ichidt yo^ol^ ketadi».
8.2. Siyosiy voqealar. Aleksandr va Spitaman.
Yunon-makedonlarga qarshi kurash

Mil. -w. 329-yilda Aleksandr 15 kun davomida muz - qorli Hindu- kush tyy‘idha o‘tib, Bhotriaaainy markazi B-qtr- hamda Draps-k va
Aom
shaharlarini jangsiz istilo qiladi. Baqtriya va Sug‘diyonaning satrapi Bess oxirgi ahamoniy podsho Doro III ni fitnacliilar tomonidan o‘ldirishda qatnashib, o‘zini Artakserks nomida «ulug‘ podsho» deb e’lon qiladi va Sug‘diyonaning Nautaka viloyatiga qochishga majbur bo‘lad i.
Baqtradan Maroqanda shahrigacha yetib borish vaqti to‘g‘ri yo‘nalishda 12 kunga teng bo‘lgan. Ahamoniylar davridan boshlab bir kunlik yo‘l oMchovi, Gerodotning aytishicha, 50 stadiy yoki 5 farsax (28 km) tashkil etgan. Sug'diyonaga yurish Baqtra shahridan boshlangan. Aleksandr oziq-ovqat mahsulotlarini yetarli g‘amlab olib, Oks -Amudaryoga yo‘l oladi.
Rim tarixchisi Kursiy Rufning ma’lumotlariga ko‘ra, Baqtradan Oks daryosigacha bo'lgan masofa 400 stadiy (75 km)ni tashkil et­gan. Bu masofani Aleksandr askarlari ikki yarim kun davomida • bosib o‘tib, Amudaryoni Termiz va Kalif o‘rtasida kechib o‘tishadi. Amu- daryodan kechib o‘tishning eng qadimgi joyi Termizdan g‘arbdagi Sho‘rob va Cho‘chqa Guzar bo'lgan. Sho'rob o‘mida mil. avv. VI- IV asrlarga oid manzilgoh xarobalari topilgan.
Bu vaqtda Bess - Artakserks Sug‘diyona ichkarisiga qarab ke- tadi, ammo yangi podshoni sug‘diylar Spitaman, Arimaz, Avstan (Gavstan) va Datafemlar asirga olib Aleksandrga topshirishga tayyor bo‘ladilar. Aleksandr bundan xabardor bo‘lib, shoshilinch ravishda lashkarboshi Ptolemey Lagni Nautakaga yuboradi. Arrianning ayti­shicha, Oksdan Nautakagacha o‘n kunlik yo‘l bo‘lgan, ammo bu ma­sofani Ptolemey qo‘shinlari to‘rt kun ichida bosib o‘tishgan. Soqchi- lar o‘zlari qo‘riqlab turgan Bessni maxsus joyda qoldirib, Spitaman tarafdorlari bilan birga makedoniyaliklar uchun noma'lum bo‘lgan tomonga qarab ketadilar.
Yo‘lboshchilar va jangchilarsiz qoldirilgan Nautaka hamda Ma­roqanda shaharlarini Aleksandr osonlik bilan qo'lga kiritadi. Faqat Maroqanda atrofida joylashgan bosqinchilarga qarshilik ko‘rsatgan sug‘diylar uy-qo‘rg‘onlari podsho buyrug‘iga binoan vayron qilinadi.
Aleksandr Maroqanda shahrida o‘z harbiylaming bir qismi- ni qoldirib, Sirdaryo - Yaksart tomonga yo‘l oladi. Maroqanda va
hozirgi Xo ‘jand о ‘rtasidagi Ustrushona tog‘larida makedoniyalik qo shinlarga mahalliy aholi mamakenlar hujum qiladilar. Aleksandr yaralanadi. Shiddatli kechgan jang Aleksandrning galabasi bilan yakunlanib, unda 22 ming ustrushonaliklar halok boladi.
Sirdaryo etagidan uzoq bo'lmagan Kiropolis shahri qamal qilina- dl. Shu v^ayalda Yaksataninn shirrmliy qirg‘og‘ida scalar to‘plaaib makedonlarga hujum uyushtirishga hozirlanadilar. Aleksandr hozirgi Bekobod va Xo ‘jand oralig‘ida Sirdaryodan kechib o‘tadi va qattiq jangdan so‘ng 'saklar chekinadilar.
Aleksandr ortga qaytib Yaksart boyida Aleksandriya Esxata (uzoq, chckka Aleksandriya) shahriga asos soladi. Shu davrda kutil- magandu Sug ‘diyonadan xavotirli xabar keladi Spitaman boshchili- gi da yuinon-makedonlarga qarshi qo‘zgolon boshlanadi va Marcqan- dalagi Aleksandming harbiy qismlari qamal qilinadi.
Qo ‘zg‘olonchilarni tor-mor qilish uchun Aleksandr Famux va Karan boshchiligidagi piyoda hamda otliq sskstlami Matoqsnds- ga shoshilinch jo‘natadi. Politimet - Zarafshon bo‘yidagi jangda Spitaman yunonlar ustidan g‘alaba qozonadi, ikki mingdan ortiq yunon-maaedonlat halok bo‘ladilar. Biron martajangda mag‘lubiyatga uchramagan Aleksandr uchun bu nihoyatda katta mag‘lubiyat bo'lib, Spitamanga qarshi jiddiy harbiy tayyorgarlik qodqishni talab qiladi.
Aleksandr asosiy kuchlari bilan Matoqsndsga yetib keladi, biroq Spitaman Maroqandadan shimolga, «basileya» — «podsho shahri»ga (taxminan Samarqanddan 30 km shimolda joylashgan hozirgi Ko‘ktepa shahar xarobalari) va keyinchalik, Buxoro vohasiga chekinadi. G ‘azablangan Aleksandr (u hali biror marta yengilmagan edi) Mstoqsn- da va Quyi Zarafshon dashtlari otslig‘idagi tinch aholini qirib tashlaydi.
Mil. aw 328-yilda Spitaman Baqlnyada va Quyi Zarafshonda yunon-makedonlarga qarshi hujum uyushtiradi. Ammo bu janglar qo ‘zg ‘olonchilaF ;uchun muvaffaqiyatsiz yakunlanadi va Spitaman saklar bilan cho‘lga qochishga majbur bo'ladi. Saklar Aleksandming ко ‘chmanchilar yerlariga hujumga tayyotgatliк kodayotganidan xa- bardor bo'lib, Spitamanni oddiradilar.
Sug‘diyona xarobaga aylanib qoladi, juda ko‘p sug‘diylar tog‘larga qochib yashirinadil;*. Mil. aw 327-yilda Aleksandr Hisor tizmasida joylashgan, sug‘d zodagoni Oksiart egallab turgan «Sug‘d qal’asi»ni qo‘lga kiritib, uning go‘zal qizi Ravshana - Ruxshanak (Roksana)ga uylanadi.
Yana bir qudratli qal’a (Xoriyen yoki Sizimitr qal’asi) Sug‘diyona va Baqtriya chegaralaridagi tog‘larda joylashgan. Bu yerda Xoriyenning oila a’zolari hamda yaqin qarindoshlari, tarafdorlari va xizmatkorlari yashiringan edi. Xoriyen o‘z ixtiyori bilan Aleksandrga bo‘ysunishga rozi bo‘lgan. Albatta, Oksiart va Xoriyenga o‘xshagan shaxslar o‘z ha- yotini, tinchligini va mol-mulklarini himoya qilishgan. Jasur Spitaman ham o‘zini asrab saqlashi mumkin edi, ammo u chet el bosqinchilariga qarshi ona zamin - vatanning mustaqilligi uchun kurashdi. Spitaman uchun Vatanni himoya qilish muqaddas burch bo‘lgan. '*
Rus olimi V.V. Grigoryev vatanparvar sug'diylarga va ularning boshlig‘i Spitamanga hurmat-izzat bilan j'uda yuksak baho bergan: «Agar Doro Aleksandrdan o'z. podsholigini himoya qilolmagan bo‘lsa, Bess razil nomard chiqqan bo‘lsa ham, ammo bu yerda, Tu- ronda, shunday yuraklar topildiki, ular chet elliklarga bo‘ysunish sez- gisiga itoat etmadilar, shunday qo‘llar topildiki, ular chaqirilmagan begonalarga qarshi xalq qasosini namoyon yetdilar». Shuni ta’kidlash joizki, Spitaman Zardusht singari qadimiy Spitama urug‘idan kelib chiqqan. Shu boisdan uning ismini «Spitaman» deb atash tarixiy haqiqatga javob beradi. Adabiyotlarda bu ism an’naviy «Spitamen» (yunon tilida) shaklida noto‘g‘ri yoritiladi.
Aleksandr Baqtriya, Sug‘diyona va Ustrushonaning bir qismini istilo qilib, mil. aw. 327-yilda Hindistonga hujum boshlaydi. O‘rta Osiyoda Xorazm, Choch, Farg‘ona va saklar yurti mustaqil bo‘lib qoladi. Sug‘diyona, Baqtriya, Marg‘iyona va Parfiya yangi davlatga qo‘shilib, keyinchalik ular Salavkiylar davlati tarkibiga kiradi.
Aleksandming yurishlari tarixi jahon adabiyotlarida juda ham mashhurdir. Uning hayoti faoliyati va yurishlari haqida yunonlar, ru- miylar, forslar va arablar qadimgi zamonlarda hamda o‘rta asrlarda
ko‘p asarlar yozishgan. Bu asarlaming mualliflari Aleksandmi tarixiy shaxs sifatida turlicha baholaganlar (jahon xalqlarini va davlatlami birlashtiruvchi podsho, adolatli dunyo davlatiga asos solishni maqsad qilgan shaxs yoki aksincha bosqinchi, xalqlarni zabt etuvchi, o‘lim va zulm keltiruvchi podsho kabi fikr-xulosalardir). Plutarxning ayti- shicha, «Aleksandr Osiyoga qaroqchi bo‘lib o‘tmadi, uning orzusi kutilmagan omad bergan o‘lja-boyliklami qo‘lga kiritish maqsadidan tashqari, bu dunyoda hammani bir qonunga tobe qilish va bir davlat- ga to'plab, insonlami bir xalqqa birlashtirish edi».
Sharqdagi o‘rta asrlarga oid adabiyotlarda Makedoniyalik Alek­sandr jasur podsho va bahodir jangchi sifatida ham yoritilib, uning bosqinchilik urushlari, mahalliy aholini qirib tashlashi va shaharlar- ning vayron qilishiga e’tibor berilmagan. Aleksandr Sharq xalqlarini ahamoniylar zulmidan ozod qilib, ulaming ustiga yunon-makedonlar zulmini o‘matdi. Hokimiyat almashib, siyosat o‘zgardi, ammo xalq- lar mustaqil bo‘lmadi. Bu zulmdan qutulish uchun O‘rta Osiyo xalq- lariga ko‘p vaqt kerak bo‘ldi.
Makedoniyalik Aleksandr o‘z davrining farzandi edi. Shu zamon- ning siyosiy jarayonlari shunday sarkarda, podsho shaxsni talab etdi va keyingi davrlarda ham bosqinchilik urushlarining o‘choqlari ikki tomonlama — G‘arbda va Sharqda paydo bo‘lib, ko‘pdan ko‘p mam- lakatlarga, shaharlarga. xalqlarga azob va o‘lim keltirdi. Bu voqealar- ga vaqt o‘zi to‘g‘ri baho bergan.
' Aleksandming harbiy yurishlari Sharq va G‘arb o‘rtasidagi keng savdo-sotiq hamda madaniy aloqalaming rivojlanishiga olib keldi. Aleksandr va uning yaqin lashkarboshilarining vafotidan so‘ng ma­halliy hamda yunon madaniyatining qo‘shilish jarayoni boshlana- di. Bu jarayonning ta’sirini moddiy madaniyatning rivojlanishida, qurilish va me’morchilikda, kulolchilik va tasviriy san’atda, yangi alifbo va yozuvlaming tarqalishida, tangashunoslikda hamda diniy e’tiqodlarda ko‘rish mumkin. Yunonlar Qadimgi Sharqning juda ko‘p madaniy yutuqlarini qabul qili.shadi va o‘zlarining madaniy ta’sirlarini ham mahalliy aholining madaniyatiga joriy etishadi.
Makedoniyalik Aleksandming yurishlari yozma manbalarda Qadimgi Sharq va 0‘rta Osiyo tarixiy geografiyasiga oid ma’lu- motlarning ko‘payishiga asos soldi. 04 harbiy yurishlaridan oldin Aleksandr Qadimgi Sharq aholisining joylashuvi va mamlakatlaming hududiy chegaralari bilan tanishib olishda Skilak, Gekatey, Gerodot va Ktesiylaming xabarlariga asoslanishi mumkin edi. 0‘rta Osiyo va Hindistonga yetib kelgandan so‘ng yunon-makedonlaming geografik bilimlari ancha kengayib, ularga dunyo chegaralari («oykumena») Yaksart va Hind daryolaridan o‘tmaganligi ma’lum bo‘ladi. Yaksart- ning ortidagi bepoyon cho‘llar, Hind daryosining narigi yog‘ida yana bir sersuv daryo Gang, shuningdek, dahshatli o‘rmonzorlar va baland cho‘qqili tog‘lar Aleksandmi ajablantirib, dunyo chegaralarining bu yerda boshlanmaganligi podshoni achchiq afsuslantiradi. Butun dunyo xalqlarini umumiy davlatga birlashtirish, Aleksandr uchun hech qac- hon yechilmaydigan muammo va xayoliy orzu bo‘lib qoladi.
Aleksandming Hindistonga yurishlari paytida Sug‘diyona, Eron, Old Osiyodan to Afina shahrigacha bo‘gan hududlarda podshoning halok bo‘lganligi haqidagi qayg‘uli xabar tarqaladi. Davlat taxtini qo‘lga olib, podsho bo‘lish maqsadni o‘z oldiga qo‘ygan shuhrat- parast hokimlar uchun bu xushxabar edi. Ular Aleksandrga nisbatan qo‘rquvni yo'qotib juda xursand bo'lishadi, aksincha ko‘pdan ko‘p oddiy yunonlar va makedonlar esa qayg‘ulanishadi. Afina shahrida motamga tayyorgarlik boshlangan paytda bir so4zlovchi paydo bo‘lib, bunday deydi: «Afmaliklar, Aleksandr halok bo‘lmadi, bo‘lmasa uning jasadini butun dunyo birdaniga his qilar edi». Aleksandming ulug‘vorligi va shon-sharafligi e’tirof qilindi.
Shu davrda uzoq Hindistonda yunon-makedoniyalik askarlar har­biy yurishlami davom ettirishga rozi bo‘lishmaydi. To‘xtovsiz janglar va shaharlarni qamal qilish, notanish xavfli yurtlar va jiddiy sinovlar, yangi va yangi tog‘lar bilan bepoyon ketma-ket cho‘llar hamda keng chuqur daryolar ulaming joniga tegib, endi boshqa qiziqtirmasdi. Begona o‘lkalarning yo‘llarida makedoniyaliklami har bir qadamda bexosdan o‘lim yoki yaradorlik kutib olardi. Nayza va xanjarlami
Makedoniyalik Aleksandr davlatining qulashi va O‘rta Osiyoda yangi davlatlarning tashkil topishi


zang bosib. ulami yaroqsiz holga keltirib qo‘ydi. Bosqinchilarning chidamligida ham aniq bir chegara bor. Yunon-makedonlar Sharqda- gi urushlardan va qon to‘kilishidan charchashgan edi.
Hindistonda Aleksandr oykumena chegaralarida joylashgan aho- lini zabt etish maqsadiga erishmaydi va o‘z orzulari bilan yakka bo‘lib qoladi. Uzoq Hind daryosi chegaralarida Aleksandr harbiyla- riga ulug‘ podsho, vatan tuyg‘usi va urushlar xudosi bo‘lgan bo‘lsa ham uning jangovar askarlari oldinga bir qadam ham yurishni orzu

Download 142.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling