8-mavzu: Mashina va apparatlarning xavfsiz ishlashini ta’minlash Reja


Masofadan turib boshqarish vositalari


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/45
Sana19.06.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1620799
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45
Bog'liq
Texnosfera omillari fanidan 8-15-ma\'ruzalar

Masofadan turib boshqarish vositalari. Hozirgi zamon texnika taraqqiyoti 
davrida ma‟lum dastur asosida ishlaydigan texnologik jarayonlar, sexlar, hattoki 
avtomatlashtirilgan zavodlar qurilmoqda. Bu ishlarni amalga oshirish sanoat 
korxonalaridagi jarayonlarni uzoqdan turib boshqarish imkoniyatini yaratadi. 
Masofadan turib boshqarish tizimining eng ijobiy tomoni shundaki, bunday 
sanoat korxonalari sharoitida xavfli va zararli moddalar ko„plab ajraladigan 
zonalarda ish olib borish avtomatlar zimmasiga yuklanadi va bunda albatta ishchi 
xavfli va zararli zonaga kirmaganligi sababli uning baxtsiz hodisaga uchrashi yoki 
kasb kasalligiga chalinishi keskin kamayadi.
Hozirgi vaqtda ba‟zi bir og„ir, xavfli va zararli ishlarning ko„pchiligini 
avtomatlar zimmasiga yuklash mumkin. Bunday ishlarni bajarish ma‟lum 
masofadan turib boshqarishga asoslangan. Ish bajariladigan zonaga har xil 
ma‟lumot beruvchi datchiklar o„rnatilib, ular boshqarish pultiga kerakli 
ma‟lumotlarni yuborib turadi. Boshqarish pulti ma‟lum uzoqlikda joylashtirilgan. 
Ish jarayoni teletizim orqali kuzatib boriladi. Olingan ma‟lumotlar boshqarish 
tizimlari yordamida tartibga keltiriladi. Bunda bir odam bir necha ish jarayonini 
kuzatib borishi mumkin. 
Telemexanika vositalari odam borishi mumkin bo„lmagan, shuningdek 
xavflilik darajasi yuqori va odamlarning u yerda uzoq vaqt turishi zararli 
oqibatlarga olib keladigan joylarda ayniqsa qo„l keladi. Masofadan turib 
boshqarish yengil alangalanuvchi va portlovchi materiallardan foydalanganda
radioaktiv va zaharli moddalar bilan ish olib boriladigan sexlarda ayniqsa yaxщi 
ish beradi. 
Maxsus muxofaza vositalari. Har xil mashina va dastgohlarni loyihalash 
vaqtida maxsus muxofaza vositalaridan keng foydalaniladi. Bularga: mashinalarni 
bir necha tugmalari yordamida boshqarish (masalan, press qurilmalarini 
ishlatganda oyoq bilan bosiladigan pedal va qo„l bilan ulaydigan tugmalar bor) 
tizimiga ega bo„lgan shamollatish vositalari, yoritish manbalari va yoritish 
qurilmalari, shovqinni so„ndirish, izotoplarni saqlash va tashish vositalari, 


dastgohlarni yerga ulab muxofazalash va boshqa elektr toki urishi ta‟sirini 
yo„qotishga qaratilgan muxofazalash chora-tadbirlari va boshqalarni kiritish 
mumkin. 
Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish sharoitlarida har qanday xavfli va 
zararli sanoat omillari bo„lgan joylarning deyarli hammasida maxsus muxofaza 
vositalaridan foydalaniladi. 
GOST 12.4.011-75 “Ishchilarni muxofaza qilish vositalari. Turlari”ga asosan 
shaxsiy muxofaza aslahalari sanoat korxonalarida o„rnatilgan mashina va 
dastgohlarning ishchilar uchun xavfsizligini, uni yaratish, o„rnatish va sanoat 
korxonalari ishini tashkil qilish yo‟li bilan bartaraf qilish imkoniyati bo„lmagan 
hamma hollarda qo„llash tavsiya qilinadi. 
Ba‟zi bir yangi texnologik jarayonlarni bajarganda, shuningdek, avariya 
sodir bo„lganda yoki ta‟mirlaganda bu ishlarni amalga oshirayotgan ishchilar 
ko„pincha noqulay ish sharoitlariga, hatto ba‟zi bir xavfli jarayonlarga ham duch 
kelishlari mumkin. Shuning uchun sanoat korxonalarining ba‟zi bir sexlari, ish 
turlari va mutaxassisliklar ro„yxati tuzilib, mazkur ro„yxat bo„yicha ishlayotgan 
ishchilarning sog„ligini saqlash maqsadida ularga bepul oziq-ovqatlar beriladi. 
Sanoat korxonalarida shuningdek, bepul berilishi kerak bo„lgan oziq-ovqatlar, 
maxsus ish kiyimlari, oyoq kiyimlari va shaxsiy muxofaza aslahalari ham belgilab 
qo„yiladi. 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling