8-mavzu: Mashina va apparatlarning xavfsiz ishlashini ta’minlash Reja
Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida qo‘llaniladigan texnik
Download 0,94 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnosfera omillari fanidan 8-15-ma\'ruzalar
Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida qo‘llaniladigan texnik
qurilmalar ruyxati (ko„chirma) № Texnik qurilmaning nomi 1. Asosiy shamollatish ventilyatorlari 2. Yuklash-transport va etkazib berish mashinalari 3. Yuklagich mashinalari 4. Changushlagich va changni chiqarib tashlash qurilmalari 7. Xavfli moddalarni saqlash va tayyorlash uchun sig„imlar 8. Tashlamaga qarshi jihozlar 9. Havo orqali sovutuvchi apparatlar 10. Xlor uchun ballonlar va konteynerlar 11. Portlashdan muxofaza qilingan ventilyatorlar 12. Bug„latish apparatlari 13. Statsionar gazoanalizatorlar 14. Sig„imli apparatlar 15. Kompressorlar va kompressor agregatlari 16. Nasoslar va nasos agregatlari o xizmat muddati tugaganligi bo„yicha; o haqiqiy xizmat muddati yigirma yildan oshadigan bo„lsa, texnik hujjatlarida bunday qurilmaning xizmat muddati haqida ma‟lumotlar bo„lmaganda; o konstruksiyani o„zgartirish, bunday texnik qurilmaning ko„tarib turuvchi elementlari materiallarini almashtirish bilan bog„liq ishlar amalga oshirilgach yoki xavfli ishlab chiqarish ob‟ektida avariya yoki noxush hodisa tufayli texnik qurilma shikastlanganda qayta tiklash bo„yicha ta‟mirlash ishlaridan so„ng; o ekspertiza xulosalarida belgilangan ekspluatatsiya muddati tugaganligi bo„yicha; o qonun hujjatlariga muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida alohida vakolatlarga ega vakolatli organ yoki davlatning boshqa organlarining mansabdor shaxsi tomonidan texnik qurilmaning xavfli ishlab chiqarish ob‟ektida avariya yuzaga kelishi xavfini keltirib chiqaradigan shikastlanishi yoki xususiyatlarining yo„l qo„yiladigan normalardan chetga chiqishi aniqlangan va bu boradagi ko„rsatmalar belgilangan tartibda rasmiylashtirishgan holatda; o buyurtmachining tashabbusi bilan; v) xavfli ishlab chiqarish ob‟ektida texnologik jarayonlarni amalga oshirish, «Xavfli ishlab chiqarish ob‟ektlarining sanoat xavfsizligi to„g„risida»gi O„zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi 1-bandida nazarda tutilgan xavfli moddalarni ya‟ni: o portlash-yong„in xavfi bo„lgan muhitni yuzaga keltirishi mumkin bo„lgan moddalar; o tasdiqlangan standartlarga muvofiq tirik organizmga ta‟sir qilish darajasiga ko„ra I, II va III xavflilik darajalariga (o„ta xavfli, yuqori darajada xavfli va o„rtacha darajada xavfli) mansub zararli moddalar; o muayyan turdagi tashqi ta‟sir chog„ida issiqlik ajratgan va gazlar hosil qilgan holda o„z-o„zidan juda tez tarqaladigan kimyoviy o„zgaruvchan portlovchi moddalar; o portlash-yong„in xavfi bo„lgan muhitni yuzaga keltirishi mumkin bo„lgan moddalar; o tasdiqlangan standartlarga muvofiq tirik organizmga ta‟sir qilish darajasiga ko„ra I, II va III xavflilik darajalariga (o„ta xavfli, yuqori darajada xavfli va o„rtacha darajada xavfli) mansub zararli moddalar; o muayyan turdagi tashqi ta‟sir chog„ida issiqlik ajratgan va gazlar hosil qilgan holda o„z-o„zidan juda tez tarqaladigan kimyoviy o„zgaruvchan portlovchi moddalarni saqlash uchun mo„ljallangan binolar va inshootlar. o loyiha hujjati mavjud bo„lmaganda yoki loyiha hujjatida binolar va inshootlardan foydalanish muddati haqida ma‟lumotlar bo„lmasa; o xavfli ishlab chiqarish ob‟ektidagi binolar va inshootlarning ko„tarib turuvchi konstruksiyalariga zarar yetkazishi mumkin bo„lgan avariya yoki tabiiy hodisalardan so„ng; o qonun hujjatlariga muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida alohida vakolatlarga ega vakolatli organ yoki davlatning boshqa organlarining mansabdor shaxsi tomonidan texnik qurilmaning xavfli ishlab chiqarish ob‟ektida avariya yuzaga kelishi xavfini keltirib chiqaradigan shikastlanishi yoki xususiyatlarining yo„l qo„yiladigan normalardan chetga chiqishi aniqlangan va bu boradagi ko„rsatmalar belgilangan tartibda rasmiylashtirishgan holatda; o buyurtmachining tashabbusi bilan; g) xavfli ishlab chiqarish ob‟ektlarining sanoat xavfsizligi deklaratsiyalari. • XIOni qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlari; • XIOning sanoat xavfsizligi deklaratsiyalari. Shuningdek XIOda texnik qurilmalar, bino va inshootlar qanday hollarda ekspertizadan o„tkazilishi belgilangan. Buyurtmachi ekspertizani amalga oshirish uchun ekspert tashkilotiga belgilangan shakldagi buyurtmanomani bevosita, uning olingani to„g„risidagi bildirishnoma bilan birga pochta orqali yoxud elektron shaklda taqdim etadi. Buyurtmanomaga zarur hujjatlar paketi ilova qilinadi. Ekspertizani buyurtmachi bilan shartnoma asosida akkreditatsiyalangan ekspert tashkilotlari amalga oshiradilar. Ekspertiza natijalariga ko„ra ob‟ekt sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi to„g„risida xulosa beriladi. Ekspertizani o„tkazish muddati ekspertiza ob‟ektining murakkabligiga qarab belgilanadi, biroq zarur bo„lgan materiallar va hujjatlar to„plami olingan kundan boshlab 3 oydan oshmasligi kerak. Sanoat xavfsizligi ekspertizasidan o„tkazish quyidagi bosqichlardan iborat: • ekspertizani o„tkazish uchun arizani qabul qilish; • hujjatlarni dastlabki baholash hamda ekspertizani amalga oshirish uchun shartnoma tuzish; • ekspertiza ob‟ektining unga qo„yiladigan sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholash; • ekspertiza xulosasini rasmiylashtirish va berish. Keyingi har bir bosqich avvalgisida ijobiy natijalarga erishilganda o„tkaziladi. Ekspertizani o„tkazishda nomuvofiqliklar va kamchiliklar aniqlangan hollarda ekspert bir kun davomida bayonnomani rasmiylashtiradi. Buyurtmachi bayonnomani olgandan so„ng unda ko„rsatilgan muddatlarda aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etishi va belgilangan shakldagi natijalarni ekspert tashkilotiga yuborishi kerak. Salbiy ekspertiza xulosasi quyidagi hollarda rasmiylashtiriladi: • buyurtmachi tomonidan nomuvofiqliklarni bartaraf etish tadbirlari yetarlicha o„tkazilmaganda yoki ularning natijalari kelishilgan muddatlarda taqdim etilmaganda; • taqdim etilgan hujjatlarda buzib ko„rsatilgan yoki yolg„on ma‟lumotlar borligi aniqlansa; • o„tkazilgan tekshirish va texnik diagnostikaning asoslangan salbiy natijalari olinganda; • ekspertiza ob‟ekti sanoat xavfsizligi talablariga mos kelmasa. Xulosada ko„rsatilgan barcha nomuvofiqliklar va kamchiliklarni bartaraf etgandan keyin buyurtmachi ekspertizani o„tkazish uchun takroran ariza berishi mumkin. Ekspertiza xulosalari Nizomga ilovada ko„rsatilgan muddatlarga beriladi. Qurilishi tugallangan ob‟ekt foydalanishga qabul qilingandan keyin ekspertiza doirasida XIO identifikatsiyalanadi. XIO sanoat xavfsizligini ekspertizadan o„tkazish talabini buzganlik uchun MJTKning 97-moddasi bo„yicha ma‟muriy javobgarlik belgilangan. Download 0,94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling