8-mavzu: Mashina va apparatlarning xavfsiz ishlashini ta’minlash Reja
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnosfera omillari fanidan 8-15-ma\'ruzalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jamoat ekologik ekspertizasi.
- Ekologik audit
Tarmoq ekologik ekspertizasi.
Davlat sanitar-ekologik ekspertizasi atrof tabiiy muhit ifloslanishining inson salomatligiga zararli ta‟siri darajasini aniqlash maqsadida o„tkaziladi. Davlat sanitar-ekologik ekspertizasi sog„liqni saqlash organlari, O„zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muxofaza qilish va iqlim o„zgarishi vazirligi va huquqni muhofaza qilish organlari tashabbusi bilan O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi. Davlat sanitar-ekologik ekspertizasini o„tkazish tartibi va uning uslubiyati O„zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muxofaza qilish va iqlim o„zgarishi vazirligi bilan kelishilgan holda O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Jamoat ekologik ekspertizasi. Jamoat ekologik ekspertizasi mutaxassislarning mustaqil guruhlari tomonidan jamoatchilik uyushmalari tashabbusi bilan ularning o„z mablag„lari hisobidan yoki jamoatchilik asosida amalga oshiriladi. Jamoat ekologik ekspertizasining xulosasi tavsiya xususiyatiga ega bo„ladi. Ekologik audit. Ekologik audit - ekologik auditorlar (firmalar) tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda o„tkaziladigan, atrof tabiiy muhit holatiga salbiy ta‟sir ko„rsatayotgan, ishlab turgan korxonalar va boshqa ob‟ektlarni mustaqil ekologik ekspertiza qilishdir. Ekologik audit xo„jalik va boshqa xil faoliyat ob‟ekti mulkdorining qaroriga binoan o„tkaziladi. Ekologiya, atrof muhitni muxofaza qilish va iqlim o‟zgarishi vazirligining davlat ekologik ekspertizasi bo„yicha organlari quyidagilardir: a) O„zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muxofaza qilish va iqlim o„zgarishi vazirligining davlat ekologik ekspertizasi bo„yicha Bosh boshqarmasi (Boshdavekoekspertiza); b) Qoraqalpog„iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muxofaza qilish davlat qo„mitasining davlat ekologik ekspertizasi; c) viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining davlat ekologik ekspertizasi. Ekologiya va atrof muhitni muxofaza qilish vazirligining davlat ekologik ekspertizasi bo„yicha organlari yagona davlat ekologik ekspertizasi tizimini tashkil qiladilar, uning uslubiy boshqaruvini Boshdavekoekspertiza amalga oshiradi. Davlat ekologik ekspertizasi (DEE) ob‟ektlari (faoliyat turlari), ularning atrof-muhitga ta‟siri darajalariga ko„ra, to„rt toifaga bo„lingan. O„zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, faoliyat turlarining toifalaridan kelib chiqib, DEE ob‟ektlari ekspertizasi Boshdavekoekspertiza tomonidan (I va II toifa faoliyat turlari) va Qoraqalpog„iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo„mitasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari tomonidan (III va IV toifa faoliyat turlari) o„tkaziladi. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling