8-mavzu: Mashina va apparatlarning xavfsiz ishlashini ta’minlash Reja
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnosfera omillari fanidan 8-15-ma\'ruzalar
Nazorat savollari:
1. Nima uchun mashina va dastgohlar xavfsizligini ta‟minlashni ularni loyihalash jarayonida hisobga olinishi kerak? 2. Mashina va dastgohlarning puxta ishlashini ta‟minlashdagi asosiy omillar nimalardan iborat? 3. Mashina va dastgohlarning xavfli zonalari nima? 4. Paxta, to„qimachilik va yengil sanoatda qanday muxofaza vositalari qo„llaniladi? 5. Muxofazalovchi to„siq vositalarini ishlash prinsipini tushintirib bering. 6. Paxta, to„qimachilik va yengil sanoat korxonalarida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning ahamiyati nimadan iborat? 9-mavzu: Uskuna va texnologik jarayonning xavfsizlik ekspertizasi Reja: 1. Xavfsizlik va ekologik talablarga javob bermaydigan korxona, sex, texnologik jarayon yoki uskunani ishga tushirishga yo„l qo„yilmasligi. 2. Korxona, sex, texnologik jarayon va uskunalarni loyihalash jarayonida ishlab chiqarish va joriy qilishdan avval xavfsizlik ekspertizasidan o„tkazilish tartibi. 3. Loyihachi tashkilot va xolis jamoat tashkilotlari tomonidan ekspertizaning birinchi bosqichini o„tkazilishi. O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 2 oktyabrdagi 784-sonli “Sanoat xavfsizligini ekspertizadan o„tkazish va ekspertiza xulosasini berish tartibi to„g„risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan buyurtmachining ariza berish va xulosa olish tartibi, ekspertizani amalga oshirish bosqichlari, muddatlari va holatlari belgilangan. Sanoat xavfsizligi sohasida davlat tomonidan tartibga solish Vazirlar Mahkamasi, «Sanoatgeokontexnazorat» DI, shuningdek ayrim vakolatlarga ega bo„lgan boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Sanoat xavfsizligini ekspertizadan o„tkazish - shunday tartibga solish turlaridan biri bo„lib, xavfli ishlab chiqarish ob‟ektini (XIO) qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishni amalga oshirish uchun ekspertizaning ijobiy xulosasi bo„lishi zarur bo„ladi. Xavfli toifaga kiruvchi ob‟ektlar ro„yxati O„zbekiston Respublikasining «Xavfli ishlab chiqarish ob‟ektlarining sanoat xavfsizligi to„g„risida»gi Qonunining 4-moddasida belgilangan. Unga ko„ra, x avfli ishlab chiqarish ob‟ektlari jumlasiga: 1) quyidagi xavfli moddalar: a) portlash-yong„in xavfi bo„lgan muhitni yuzaga keltirishi mumkin bo„lgan moddalar; b) tasdiqlangan standartlarga muvofiq tirik organizmga ta‟sir qilish darajasiga ko„ra I, II va III xavflilik darajalariga (o„ta xavfli, yuqori darajada xavfli va o„rtacha darajada xavfli) mansub zararli moddalar; c) muayyan turdagi tashqi ta‟sir chog„ida issiqlik ajratgan va gazlar hosil qilgan holda o„z-o„zidan juda tez tarqaladigan kimyoviy o„zgaruvchan portlovchi moddalar; d) inson sog„lig„i va atrof muhit uchun xavfli konsentratsiyali moddalar mavjud bo„lgan ishlab chiqarish chiqindilari foydalaniladigan, ishlab chiqariladigan, qayta ishlanadigan, hosil qilinadigan, saqlanadigan, tashiladigan, yo„q qilinadigan; 2) 0,07 megapaskaldan ortiq bosim ostida yoki ishlatiladigan suyuqlikning normal atmosfera bosimidagi qaynash haroratidan ortiq haroratda ishlaydigan uskunalardan foydalaniladigan; 3) ko„chmas asosga o„rnatilgan yuk ko„tarish mexanizmlari, eskalatorlar, osma yo„llar, funikulyorlardan (tog„ temir yo„llaridan) foydalaniladigan; 4) qora va rangli metallar eritmalari hamda ushbu eritmalar asosida qotishmalar olinadigan; 5) konchilik ishlari, foydali qazilmalarni qazib olish va boyitish ishlari, shuningdek yer osti sharoitida ish olib boriladigan korxonalar yoki ularning sexlari, uchastkalari, maydonchalari, shuningdek boshqa ishlab chiqarish ob‟ektlari kiradi. Quyidagilar sanoat xavfsizligi ekspertizasidan o„tkaziladi: a) xavfli ishlab chiqarish ob‟ektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlari; b) xavfli ishlab chiqarish ob‟ektida Nizomning 1-ilovasiga muvofiq ro„yxat bo„yicha qo„llaniladigan texnik qurilmalar, ya‟ni: Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling