8-mavzu: Mashina va apparatlarning xavfsiz ishlashini ta’minlash Reja


Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish uchun buyurtmachi tomonidan


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/45
Sana19.06.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1620799
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   45
Bog'liq
Texnosfera omillari fanidan 8-15-ma\'ruzalar

Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish uchun buyurtmachi tomonidan 
taqdim etiladigan materiallar.
1.Loyihalashtirilayotgan ob‟ektlar bo„yicha - atrof-muhitga o„tkaziladigan 
ta‟sir bayonoti loyihasi (AMO„TBL);
2. Amaldagi ob‟ektlar bo„yicha - ekologik normativlar loyihalari (PDV, 
PDS, PDO);
3.Ob‟ektning atrof-tabiiy muhitga va fuqarolar salomatligiga ta‟sir 
ko„rsatishi fakti tasdiqlanganida ishlab chiqilgan atrof-muhitga o„tkaziladigan 
ta‟sir banoti (AMO„TB);
4. Barcha ishlab chiqilgan hujjatlar: 
a) davlat dasturlari, konsepsiyalar, ishlab chiqarish quvvatlarini joylashtirish va 
rivojlantirish sxemalari, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha loyihalari
har qanday turdagi qurilish uchun yer maydonlarini tanlash materiallari;
b) tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog„liq xo„jalik va boshqa turdagi 
faoliyatni tartibga soluvchi normativ-texnik va instruktiv-uslubiy hujjatlar 
(texnik shartlar, standartlar, ekologik normativlar, qoidalar, yo„riqnomalar) 
loyihalari;
c) texnika, texnologiya, materiallar, moddalar, mahsulotlarning yangi turlarini 
yaratish bo„yicha hujjatlar; hududlarni, ularga kelgusida qo„riqlanadigan 


tabiat hududlari, favqulodda ekologik vaziyatlar va ekologik falokat zonalari 
maqomini berish maqsadida, kompleks tekshirish materiallari.
Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazishda qo‘yiladigan talablar.
Majburiy talablar quyidagilardan iborat:
a) taqdim etilgan materiallarning tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilikka 
muvofiqligini tekshirish;
b) belgilanayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo„jalik va boshqa turdagi 
faoliyatning ekologik va ijtimoiy oqibatlari haqidagi ma‟lumotlarning 
to„g„riligi va to„liqligining tahlili;
c) biologik, kimyoviy moddalar va texnologiyalarning atrof tabiiy muhitga 
ta‟siriga berilgan bahoning asoslanganligi;
d) belgilanayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo„jalik va boshqa turdagi 
faoliyatni ro„yobga chiqarilishi oqibatlarining ekologik xavfliligi darajasini 
baholashning to„g„riligini tekshirish;
e) ekologik xavfsizlik talablarini ta‟minlash bo„yicha chora-tadbirlarning 
yetarliligi va asoslanganligini aniqlash;
f) ekologik normativlar loyihalarining asoslanganligini tekshirish;
g) taqdim etilgan hujjatlarning tarkibi yoki mazmuni tabiatni muhofaza qilishga 
oid qonunchilik va normativ hujjatlar talablariga muvofiq kelmasligi DEE 
tomonidan aniqlanganda, ko„rib chiqishni davom ettirishni rad etish 
sabablari haqida ma‟lumot bergan holda buyurtmachiga xulosa taqdim etish. 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling