8-mavzu: Mashina va apparatlarning xavfsiz ishlashini ta’minlash Reja


Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish muddatlari


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/45
Sana19.06.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1620799
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45
Bog'liq
Texnosfera omillari fanidan 8-15-ma\'ruzalar

Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish muddatlari.
DEE o„tkazish muddati o„ttiz kundan oshmasligi lozim. Uni o„tkazish 
muddati davlat ekologik ekspertizasi ob‟ektining murakkabligiga qarab 
O„zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muxofaza qilish va iqlim 
o„zgarishi vazirligi tomonidan ko„pi bilan ikki oyga uzaytirilishi mumkin. Faoliyat 
turlari toifalari bo„yicha DEE o„tkazish muddatlari qonunchilik tomonidan 
belgilanadi. 
Davlat ekologiya ekspertizasi xulosasi (DEEX).
AMTB materialarini ko„rib chiqish natijalari bo„yicha Ekologiya, atrof 
muhitni muxofaza qilish va iqlim o„zgarishi vazirligining davlat ekologik 
ekspertizasi bo„yicha organi tomonidan DEEX tuziladi. U ekspertiza ob‟ekti, 
texnologik jarayonlar, ishlarning tashkil qilinishi va atrof-muhitni muhofaza qilish 
yuzasidan ko„zda tutilgan chora-tadbirlar, ob‟ekt faoliyati (ro„yobga chiqarilishi) 
bilan bog„liq ehtimoliy salbiy ekologik oqibatlar haqidagi zarur ma‟lumotlarni 
hamda ekspertiza ob‟ektini amalga oshirilishining mumkinligi (ijobiy xulosa) yoki 
mumkin emasligi (salbiy xulosa) haqida xulosalarni o„z ichiga oladi. Xulosa 
rasmiy blankaga yoziladi, Ekologiya, atrof muhitni muxofaza qilish va iqlim 
o„zgarishi vaziri o„rinbosari yoki Qoraqalpog„iston Respublikasi, viloyatlar, 


Toshkent shahrining DEEni o„tkazgan tegishli Ekologiya va atrof-muhitni 
muhofaza qilish boshqarmasining boshlig„i tomonidan imzolanadi. 
Boshdavekoekspertiza xulosasi bitta nusxadan buyurtmachiga va ekspertiza 
ob‟ekti joylashgan hududni nazorat qiluvchi tegishli ekologiya va atrof-muhitni 
muhofaza qilish boshqarmasiga yuboriladi. 
Qoraqalpog„iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va 
atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari tomonidan tayyorlangan DEEX esa, 
bitta nusxadan buyurtmachiga va nazorat uchun boshqarmalarning tegishli 
inspeksiyalariga yuboriladi. Ekologiya, atrof muhitni muxofaza qilish va iqlim 
o„zgarishi vazirligi organlarining DEE bo„yicha ijobiy xulosasi bank va boshqa 
kredit tashkilotlari tomonidan moliyalashtirishni yo„lga qo„yishning zaruriy sharti 
sanaladi va DEE ob‟ektini ro„yobga chiqarishda yuridik hamda jismoniy shaxslar 
unga amal qilmoqliklari majburiydir. 
Ekologiya va atrof muhitni muxofaza qilish va iqlim o‟zgarisi vazirligi 
organlarining DEE bo„yicha ijobiy xulosalari, agar DEEX berilgan ob‟ekt ushbu 
xulosa berilganidan keyingi uch yil davomida amalga oshirilmagan bo„lsa, yuridik 
kuchga ega emas. Bunday holatda DEEX Ekologiya, atrof muhitni muxofaza qilish 
va iqlim o„zgarishi vazirligining avvalda xulosani bergan organi tomonidan qayta 
ko„rib chiqilishi lozim.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling