8-mavzu: mehnat va ish haqi hisobi
Download 120.36 Kb.
|
11 mavzu Mehnat va ish haqqiBHA
Qo‘shimcha ish haqi, bu mehnat qonunchiligida ko‘zda tutilgan ishchining ishlamagan ish vaqti uchun hisoblangan ish haqidir.
Bunga ishchining mehnat ta’tili uchun hisoblangan ish haqi, yosh bolali onalarni bolalarini boqish uchun berilgan vaqt uchun hisoblangan ish haqi, voyaga yetmaganlar uchun imtiyozli ish vaqti uchun hisoblangan ish haqi, ishdan bo‘shashi munosabati bilan hisoblangan nafaqa va boshqalar. Shaxsiy tarkibni hisobga olish uchun quyidagi hujjatlardan foydalaniladi: T-1 shakli. Ishga qabul qilish haqida buyruq T-2 shakli. Shaxsiy varaqa. T-3 shakli. Shtat jadvali. T-5 shakli. Boshqa ishga o‘tkazish haqida buyruq. T-6 shakli. Ta’til berish haqida qayd. T-8 shakli. Mehnat shartnomasini bekor qilish haqida buyruq. T-13 shakli. Tabel. T-49 shakli. To‘lov vedomosti. T-51 shakli. Hisob-kitob vedomosti. T-53 shakli. To‘lov vedomosti. Yakka, takrorlanmaydigan mahsulot ishlab chiqarishlarida ishbay ish bo‘yicha asosiy hujjat bo‘lib bir yo‘la tuziluvchi, yig‘ib boruvchi, shuningdek yakka va brigada bo‘yicha tuziladigan naryad hisoblanadi. Bir yo‘la naryad smena yoki oy davomida bir buyurtma yoki ishlab chiqarish xarajatlari turiga tegishli ish turlari bo‘yicha tuziladi. Agar ish bir ishchi tomonidan bajarilsa, yakka naryad deyiladi, agar brigada tomonidan bajarilsa – brigada (umumiy) naryadi deyiladi. 242 Naryadning orqa tomonida brigada tarkibi, ishlangan vaqt, bajarilgan ish, brigada a’zolarining malakasi to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlar keltiriladi. Naryadlar bo‘yicha bajarilgan ish hajmi va ishlar harakatini texnologik zanjiri tartibida nazorat qilish mumkin emas, chunki ular bir ishchi (yoki brigada, smenaga), biri ikkinchisi bilan bog‘lanmagan bir yoki bir necha operatsiyalarga yoziladi. Shuning uchun bir texnologik jarayonda bir vaqtning o‘zida seriya (guruh) bir xildagi mahsulot tayyorlaydigan seriyali ishlab chiqarishlarda tayyorlangan mahsulot va ish haqini hisoblash uchun marshrut varaqalari qo‘llaniladi. Marshrut varaqasi bo‘yicha har bir ishchi ish bajarishi mumkin. Marshrut varaqasi barcha texnologik jarayon operatsiyalariga va ma’lum partiya detal va mahsulotlarga oldindan yoziladi. Bunda ishning bir operatsiyadan ikkinchisiga o‘tkazilishi ketma-ketlikda ko‘rsatilgan bo‘lib, ishlab chiqarishdagi yo‘qotishlar va yaroqsiz mahsulotlar nazorat qilinadi. Marshrut varaqasi bo‘yicha ish turlari bir qancha ishchilar tomonidan bajarilganligi uchun, har birining ish haqisi maxsus hujjatda – 15 kunda yoki bir oyda bir marta tuziladigan ishlab chiqarish raportida yig‘ib boriladi. Ko‘plab ishlab chiqarish xarakteridagi korxonalarda ishchilar odatda o‘zlariga biriktirilgan bir xil texnologik operatsiyalarni bajaradi. Bunda ishlab chiqilgan mahsulot va ish haqining hisobi smena yoki oy bo‘yicha tuziladigan yig‘ma qaydnomalarda yuritiladi. Download 120.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling