8-mavzu: mehnat va ish haqi hisobi


Nafaqaning bu turi bo‘yicha soliqlar va ijtimoiy to‘lovlar ushlanmaydi


Download 120.36 Kb.
bet12/21
Sana10.02.2023
Hajmi120.36 Kb.
#1185310
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
11 mavzu Mehnat va ish haqqiBHA

Nafaqaning bu turi bo‘yicha soliqlar va ijtimoiy to‘lovlar ushlanmaydi.






Xo‘jalik operatsiyalarining mazmuni

Summa, so‘m

debet

kredit

1

Nafaqa hisoblandi

1552874

4890

6710

2

Nafaqa to‘lashga mablag‘lar olindi

1552874

5110

4890

3

Bankdan nafaqa olindi

1552874

5010

5110

4

Nafaqa to‘landi

1552874

6710

5010

248


T/r

Xo‘jalik muomalalarining mazmuni

Debet

Kredit

1

Kapital qo‘yilmalar sohasida band bo‘lgan xodimlarga mehnat
haqi hisoblandi

0810-0890

6710

2

TMZ larni tayyorlash va sotib olish muomalalari bo‘yicha
mehnat haqi hisoblandi

1010-1120,
2910-2990

6710

3

TMZ larni tayyorlash va sotib olish muomalalari bo‘yicha
mehnat haqi hisoblandi (1510 schyoti qo‘llanganda)

1510

6710

4


Asosiy ishlab chiqarish, yordamchi ishlab chiqarish,
Umumishlab chiqarish tsexlari, yaroqsiz mahsulotni to‘g‘irlash va xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar ishchilariga mehnat haqi summalari hisoblandi

2010, 2310,
2510, 2610,
2710

6710


5

Mahsulot sotishda, boshqaruv va boshqa muomalalarda band
bo‘lgan xodimlarga mehnat haqi hisoblandi

9410-9430

6710

6

Kelgusi davr xarajatlariga kiritiladigan ishlar uchun mehnat
haqi hisoblandi (mavsumiy tarmoqlarda va boshqalar)

3190

6710

7

Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish jarayonlari bo‘yicha
hisoblangan mehnat haqi

9210

6710

8

Ortiqcha to‘langan summalar (mehnat haqi va hokazolar)
kassaga qaytarildi

5010

6710

9

Tabiiy ofatlar, yong‘inlarni bartaraf qilish bilan bog‘liq bo‘lgan
ishchilarga mehnat haqi hisoblandi

9720

6710

10

Xodimlarga bir martalik mukofot hisoblandi

9430

6710

11

Mahsulot, ish, xizmatlar qiymati korxona ishchilaridan ushlab
qolindi

6710

4790

12

Xodimlarga hisoblangan summalar kassadan to‘landi (mehnat
haqi, mukofotlar va hokazo)

6710

5010

13

Hisobdor shaxslarning qaytarmagan bo‘nak summalari ushlab
qolindi

6710

4220-
4290

14

Aktsiyalarga obuna bo‘yicha majburiyatlar qoplandi

6710

4610

15

Kreditga sotib olingan tovarlar uchun hisob-kitoblar bo‘yicha
navbatdagi to‘lovlar ishchilardan ushlab qolindi

6710

4710

16

Aybdor ishchilarning mehnat haqi summasidan yetkazilgan
moddiy zararlar summasi ushlab qolindi

6710

4730


    1. Jismoniy shaxslarning ish haqidan ushlanmalari hisobi


O‘zR Soliq Kodeksining 30-bobida «Jismoniy shaxslarning jami daromadi» tarkibi bayon qilingan.
Jismoniy shaxslarning jami daromadiga quyidagilar kiradi:

  1. mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar;

  2. mulkiy daromadlar;

  3. moddiy naf tarzidagi daromadlar;

249
4) boshqa daromadlar.
Yuridik shaxslar amalga oshiradigan quyidagi xarajatlar jismoniy shaxslarning daromadi sifatida qaralmaydi:

  1. mehnat sharoitlari noqulay bo‘lgan ishlarda band bo‘lgan xodimlarni mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sut, davolash- profilaktika oziq-ovqati, gazlangan sho‘r suv, shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan ta’minlash xarajatlari;

  2. kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladigan to‘lovlar, shu jumladan a’zolik badallari hisobidan kasaba uyushmasi a’zolariga beriladigan moddiy yordam, bundan kasaba uyushmasi qo‘mitasining xodimlariga mehnat vazifalarini bajarganlik uchun beriladigan pul mukofotlari va boshqa to‘lovlar mustasno;

  3. xodimlarni ish joyiga olib kelish va qaytarib olib ketish xarajatlari;

  4. diniy rasm-rusumlar va marosimlarni, bayram tantanalarini o‘tkazish, vakillik xarajatlari, shahar yo‘lovchilar transportida xodimlarning xizmat qatnovlari uchun foydalaniladigan yo‘l kartochkalarini olish, shuningdek yuridik shaxsning xodimlarning mehnat va dam olish sharoitlarini ta’minlash bilan bog‘liq hamda muayyan jismoniy shaxslarning daromadi hisoblanmaydigan boshqa xarajatlar;

  5. xodimga xizmat vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan maxsus kiyim- bosh, maxsus poyabzal, formali kiyim-bosh berish xarajatlari yoki ularni pasaytirilgan baholarda sotish munosabati bilan qilingan xarajatlar, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ayrim toifadagi xodimlarni o‘z xizmat vazifalarini bajarishi chog‘ida oziq-ovqat bilan ta’minlash xarajatlari;

  6. xodim boshqa joyga ishga o‘tkazilganda yoxud ko‘chib borganda ko‘chish, mol-mulkini ko‘chirib borish, joy ijarasi (yo‘l xarajatlari uchun beriladigan pul) bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash yoki bu xarajatlarning o‘rnini qoplash xarajatlari;

  7. xizmat safarlaridagi quyidagi kompensatsiya to‘lovlari:

  • tasdiqlovchi hujjatlar asosida xizmat safari joyiga borish va u yerdan

250
qaytib kelish uchun, shu jumladan joy band qilish uchun haq to‘lashni qo‘shgan holda haqiqatda amalga oshirilgan to‘lovlar. Yo‘l hujjatlari bo‘lmagan taqdirda, temir yo‘l transportidagi (agar temir yo‘l qatnovi bo‘lmasa, shaharlararo avtobusdagi) yo‘l haqi qiymati miqdorida, biroq aviachipta qiymatining 30 foizidan oshmaydigan miqdorda;

  • uy-joyni ijaraga olish bo‘yicha haqiqatda amalga oshirilgan to‘lovlar. Yashaganligini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lmagan taqdirda — qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida;

  • tasdiqlovchi hujjatlar asosida uy-joyni band qilish uchun to‘lovlar;

  • qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida xizmat safarida bo‘lingan vaqt uchun to‘lanadigan kundalik xarajatlar uchun haq (sutkalik pullar);

  • qonun hujjatlarida belgilangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa to‘lovlar;

  1. qonun hujjatlarida nazarda tutilgan normalar doirasida xodimga to‘lanadigan kompensatsiya to‘lovlari (kompensatsiyalar):

  • doimiy ishi yo‘lda kechadigan, harakatlanish va (yoki) qatnov tusiga ega bo‘lgan, shuningdek vaxta usulida ishlarni bajarishda xodimga kompensatsiya to‘lovlari (kompensatsiyalar);

  • xizmat ishlari uchun shaxsiy avtomobildan foydalanganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari (kompensatsiyalar), bundan xizmat safarlari mustasno;

  • dala ta’minoti;

  • qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va normalar bo‘yicha boshqa kompensatsiya to‘lovlari (kompensatsiyalar), bundan Kodeksning 174 va 178- moddalarida ko‘rsatilganlari mustasno;

  1. mehnatda mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha shikast yetganlik bilan bog‘liq zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha quyidagi miqdordagi to‘lovlar:

o jabrlanuvchi mehnatda mayib bo‘lguniga qadar olgan o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan foiz hisobidagi, uning kasbga oid mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik darajasiga muvofiq belgilanadigan har oylik to‘lovlar (voyaga yetmagan shaxs

251
mehnatda mayib bo‘lib qolgan taqdirda, zararning o‘rni uning ish haqi (daromadi) miqdoridan kelib chiqqan holda, lekin qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining besh baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda qoplanadi);



  • maxsus tibbiy parvarishga muhtoj jabrlanuvchilarga qo‘shimcha xarajatlar uchun oyiga eng kam ish haqining ikki baravari miqdoridagi to‘lovlar;

  • jabrlanuvchining maishiy parvarishi uchun qo‘shimcha xarajatlar tariqasida har oyda eng kam ish haqining ellik foizi miqdoridagi to‘lovlar;

  • xodimning sog‘lig‘iga shikast yetkazilganligi munosabati bilan ish beruvchi tomonidan bir yo‘la to‘lanadigan nafaqa tariqasida jabrlanuvchining yillik o‘rtacha ish haqi miqdoridagi to‘lovlar;

  1. boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan quyidagi miqdordagi to‘lovlar:

  • marhumning o‘rtacha ish haqining vafot etgan boquvchining qaramog‘ida bo‘lgan va uning vafoti munosabati bilan zararni undirishga haqli bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga to‘g‘ri keladigan ulushi miqdoridagi to‘lovlar;

  • boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan zararni undirishga haqli bo‘lgan shaxslarga bir yo‘la to‘lanadigan nafaqa tariqasida marhumning o‘rtacha yillik ish haqining olti baravari miqdoridagi to‘lovlar;

  1. talabalarning ta’lim olishi uchun O‘zbekiston Respublikasining oliy o‘quv yurti bilan to‘g‘ridanto‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha pulli-kontrakt asosida o‘tkaziladigan to‘lovlar;

(SK 171-modda ikkinchi qismining 12-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-241-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan)
13) O‘zbekiston Respublikasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslarga hayotni uzoq muddatli sug‘urtalash bo‘yicha to‘lanadigan sug‘urta mukofotlari. Hayotni uzoq muddatli sug‘urtalash shartnomasi muddatidan ilgari bekor qilinganda va sug‘urtalovchi sug‘urta qilinuvchiga sug‘urta mukofotining bir qismini yoki hammasini qaytarsa, qaytarilgan sug‘urta mukofoti miqdori jismoniy shaxsning soliq solinadigan jami
252
daromadi tarkibiga kiritiladi;

  1. yuridik shaxsdan - ish beruvchidan:

  • yosh oilalar a’zolari tomonidan uy-joy olish uchun olingan mablag‘lar;

  • qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun kreditlar berish qonun hujjatlariga muvofiq zimmasiga yuklatilgan banklar tomonidan ushbu maqsadlar uchun beriladigan ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badal sifatida quruvchi shaxs tomonidan olingan mablag‘lar.

Uy-joy olingan (mulkka bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) sanadan e’tiboran besh yil ichida sotilsa, ushbu bandda ko‘rsatilgan daromadlarga belgilangan tartibda soliq solinadi.

  1. xodimlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash xarajatlari.

Ish beruvchi bilan mehnatga oid munosabatlarda bo‘lgan va tuzilgan mehnat shartnomasiga (kontraktiga) muvofiq ishlarni bajarayotgan jismoniy shaxslarga hisoblanadigan va to‘lanadigan barcha to‘lovlar mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar deb e’tirof etiladi:

  • mehnatga haq to‘lashning qabul qilingan shakllari va tizimlariga muvofiq ishbay narxlar, tarif stavkalari va mansab maoshlaridan kelib chiqqan holda haqiqatda bajarilgan ish uchun hisoblangan ish haqi; ilmiy daraja va faxriy unvon uchun qo‘shimcha to‘lovlar;

  1. Download 120.36 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling