8-mavzu. Moddiy, mehnat haqi va ustama xarajatlari hisobi mavzu rejasi: Xarajatlar to‘g‘risida tushuncha


 Umumishlab chiqarish xarajatlari va ularning taqsimlanishi hisobi


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana30.10.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1733505
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
8-mavzu. Moddiy, mehnat haqi va ustama xarajatlari hisobi mavzu

8. Umumishlab chiqarish xarajatlari va ularning taqsimlanishi hisobi. 
Umumishlab chiqarish xarajatlari – asosiy va yordamchi ishlab chiqarish sexlarini 
boshqarish, ularga xizmat qilish hamda ishlab chiqarishni tashkil qilish bilan boG‘liq 
xarajatlardir. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevral 54-sonli qarori 
(2003 yil 25 dekabrdagi 567-sonli qaror asosidagi o‘zgartirishlar bilan) bilan tasdiqlangan 
«Mahsulot (ish va xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan, mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab 
chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi 
to‘g‘risida»gi Nizomga ko‘ra umumishlab chiqarish xarajatlari quyidagilardan iborat: 
- mashina va uskunalarni asrash va ishlatish xarajatlari; 
- ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning 
amortizatsiya ajratmalari; 
- ishlab chiqarishga tayinlangan asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari; 
- ishlab chiqarishdagi mulklarni sug‘urtalash xarajatlari; 
- isitish, yoritish va ishlab chiqarish binolarini asrash xarajatlari; 


- ishlab chiqarishda foydalaniladigan binolar, mashina va uskunalar, ijaraga olingan 
boshqa mulklarning ijara to‘lovlari; 
- ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatishda band bo‘lgan xodimlarning ish haqi; 
- ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar. 
Hisobvaraqlar rejasiga muvofiq umumishlab chiqarish xarajatlarining buxgalteriya 
hisobi «Umumishlab chiqarish xarajatlari» degan 2510-hisobvaraqda yuritiladi. Mazkur 
hisobvaraq korxonaning asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlariga xizmat ko‘rsatish 
xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Umumishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarish zahiralari, xodimlarga ish haqi 
to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblar bo‘yicha hisob-kitoblar va boshqalar hisobi yuritiladigan 
hisobvaraqlarning kredit qismidan olib «Umumishlab chiqarish xarajatlari» nomli 2510-
hisobvaraqda aks ettiriladi. «Umumishlab chiqarish xarajatlari» nomli 2510-hisobvaraqda 
hisobga olinadigan xarajatlar «Asosiy ishlab chiqarishlar» nomli 2010-hisobvaraq va 
«yordamchi ishlab chiqarishlar» nomli 2310-hisobvaraqning debetiga hisobdan 
chiqariladi.
Yuqorida keltirilgan muomalalar hisobvaraqlar rejasidagi hisobvaraqlar bo‘yicha 
quyidagicha buxgalteriya yozuvlari bilan rasmiylashtiriladi: 
- ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish bilan band bo‘lgan ishlab chiqaruvchi 
xodimlarga ish haqi hisoblanganda: 
D-t 2510-«Umumishlab chiqarish xarajatlari». 
K-t 6710-«Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob kitoblar». 
- umumishlab chiqarish xarajatlari mahsulotlar tannarxiga o‘tkazilganda:
D-t 2010-«Asosiy ishlab chiqarishlar». 
K-t 2510-«Umumishlab chiqarish xarajatlari». 
D-t 2310-«yordamchi ishlab chiqarishlar». 
K-t 2510-«Umumishlab chiqarish xarajatlari». 
Umumishlab chiqarish xarajatlarining hisobi alohida yuritiladigan ob’ektlar o‘rtasida 
taqsimlash tartibi tegishli me’g‘riy hujjatlarda aks ettirilgan. 
2510-«Umumishlab chiqarish xarajatlari» hisobvarag‘ining tahliliy hisobi 
korxonaning alohida bo‘linmalari va xarajatlar moddalari bo‘yicha yuritiladi. 
Korxonalarda umumishlab chiqarish xarajatlarini mahsulot tannarxiga to‘g‘ri 
taqsimlash katta ahamiyatga ega. Agarda, umumishlab chiqarish xarajatlari turli 
mahsulotlarga taqsimlansa, shunday optimal usullardan foydalanish kerakki, u mahsulotlar 
tannarxini oshirib yubormasin.
Xorijiy amaliyotda quyidagi taqsimlash usullaridan foydalaniladi: 
- bevosita taqsimlash usuli; 
- qayta taqsimlash usuli; 
- tenglamalar sistemasi usuli
- ketma-ket taqsimlash usuli. 
Mahsulotning alohida turlari tannarxini aniqlashning ikki asosiy usuli mavjud: 
- ishlab chiqarishning bilvosita xarajatlarini umumzavod bazasi asosida taqsimlash 
(plant-wide over head app lication base);
- ishlab chiqarishning bilvosita xarajatlarini bo‘linmalar darajasida taqsimlanishi 
(departament wide over head application base). 
Umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash usullarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, 
korxonalar uchun eng maqbul usullar bu - tenglamalar sistemasi va qayta taqsimlash 
usullaridir. Agarda, bu usullar bilan umumishlab chiqarish xarajatlari taqsimlansa


korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning hech qaysisining tannarxi oshib yoki 
kamayib ketmaydi. Bu mahsulotni bozordagi mavqeini saqlab qolishga yordam beradi. 
Taqsimot bazasini aniqlash umumishlab chiqarish xarajatlarni taqsimlashdagi yana 
bir muammolardan biridir. Umumishlab chiqarish xarajatlari quyidagi taqsimot bazalariga 
nisbatan taqsimlansa maqsadga muvofiq bo‘ladi: 
-ishlab chiqarish binolari ijara haqi ularning joylashgan maydoniga muvofiq; 
-ishlab chiqarishdagi mashina va uskunalar ijara haqi haqiqatda ishlagan ish 
soatlariga muvofiq; 
-ishlab chiqarish binolarini yoritish, isitish va saqlash xarajatlari ularning joylashgan 
maydoniga muvofiq; 
-ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish bilan band bo‘lgan ishlab chiqaruvchi 
xodimlarga ish haqi xarajatlari hisoblangan ish haqiga mutanosib ravishda; 
-asosiy ishlab chiqarish vositalarini to‘liq tiklash uchun amortizatsiya ajratmalari 
hamda ularni remont qilish xarajatlari ularning boshlang‘ich qiymatlariga muvofiq. 

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling