8-mavzu. Moddiy, mehnat haqi va ustama xarajatlari hisobi mavzu rejasi: Xarajatlar to‘g‘risida tushuncha


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/11
Sana30.10.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1733505
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
8-mavzu. Moddiy, mehnat haqi va ustama xarajatlari hisobi mavzu

10. Davr xarajatlari hisobi. 
Davr xarajatlari tarkibiga korxona ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog‘liq 
bo‘lmagan xarajatlar kiradi. Bular jumlasiga boshqaruv, tijorat bilan bog‘liq xarajatlar
shuningdek umumxo‘jalik xarajatlari, jumladan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik 
ishlari bo‘yicha xarajatlar ham kiradi. Bu xarajatlar korxona asosiy faoliyati va mahsulot 
sotish bilan bog‘liq bo‘lmaganligi, lekin ma’lum bir jarayonlarni amalga oshirish bilan 
bog‘liq bo‘lganligi uchun ular operatsion xarajatlar, umumiy va ma’muriy xarajatlar 
deyiladi. Ular mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmiga bog‘liq bo‘lmagani, va aksincha, 
vaqt bilan, xo‘jalik faoliyatining davomiyligi bilan bog‘liq bo‘lgani sababli ular davr 
xarajatlari deb yuritiladi.
Mahsulot sotish, ma’muriy xarajatlar, xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar xarajatlari, 
boshqa operatsion xarajatlar davr xarajatlari tarkibiga kiritiladi. 
Hisobvaraqlar rejasiga binoan davr xarajatlari quyidagi hisobvaraqlarda aks ettiriladi: 
9410-«Sotish xarajatlari» 
9420-«Ma’muriy xarajatlar» 
9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» 
Nizomga binoan sotish xarajatlari tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
- temir yo‘l, suv, avtomobil, ot-ulovda tashish xarajatlari hamda transport vositalari 
bekor turib qolganligi uchun to‘langan jarimalar; 


 - savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining xarajatlari; 
- mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan boG‘liq mehnatga haq to‘lash xarajatlari 
(ma’muriy-boshqaruv xodimlaridan tashqari); 
- ularning ijtimoiy sug‘urta ajratmalari; 
- savdo ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar, inshootlar va xonalarni ijaraga 
olish, saqlash va tuzatish xarajatlari; 
- asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi; 
- sanitariya kiyim-boshi, oshxona dasturxon va sochiqlari, oshxona idish-tovog‘i va 
anjomlarining eskirishi; 
- savdo reklamasi xarajatlari; 
- bank xizmatlariga to‘lovlar va boshqalar. 
Yuqorida keltirilgan xarajatlar 9410-«Sotish bo‘yicha xarajatlar» hisobvarag‘ida 
hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq tranzit hisovaraq bo‘lib, qaysi davr bo‘lmasin uning oy 
boshida qoldiq summasi bo‘lmaydi. Hisobvaraqning debet tomonida tovarlarni sotish bilan 
boG‘liq bo‘lgan xarajatlar ko‘rsatilsa, kredit tomonida ushbu xarajatlarni hisobdan 
chiqarilishi aks ettiriladi. Bu summa foydaning kamayishiga olib keladi, ya’ni foyda 
hisobidan qoplanadi. 
9410-«Sotish bo‘yicha xarajatlar» hisobvaraG‘ining analitik hisobi 15-sonli 
qaydnomada xarajatlarning debet va kredit oboroti ko‘rsatiladi. Debet oborotining jami 
summasi №1, 2, 7, 10/1-jurnal orderlarda aks ettirilsa, kredit bo‘yicha oborot summalari 
esa №11-jurnal-orderida aks ettiriladi.
Korxonalar ishini olib borish, uyushtirish va boshqarish tegishli xarajatlarni talab 
qiladi. Har bir korxona bunday xarajatlarni qoplash uchun tegishli ajratmalar qiladi va bu 
ajratmalar 9420-«Ma’muriy (boshqaruv) xarajatlar» hisobvarag‘ida hisobga olinadi. 
Unga quyidagi xarajatlar kiradi: 
- boshqaruv xodimlariga tegishli bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari; 
- boshqaruv xodimlariga tegishli ijtimoiy sug‘urta ajratmalari; 
- xizmat yengil avtotransporti va xizmat mikroavtobusini saqlash, g‘llash va ijaraga 
olish xarajatlari; 
- xo‘jalik yurituvchi sub’ekt va uning tarkibiy bo‘linmalarini tashkil etish va ularni 
boshqarish xarajatlari; 
- boshqaruvning texnik vositalari, aloqa uzellari, signalizatsiya vositalari, hisoblash 
markazlarini va ishlab chiqarishga tegishli bo‘lmagan boshqaruvning boshqa texnik 
vositalarini saqlash hamda ularga xizmat ko‘rsatish xarajatlari; 
- ijara, xizmatlar ko‘rsatilgani uchun aloqa uzellariga haq to‘lash (ATS, uyali, 
yo‘ldosh, peyjing aloqa); 
- bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‘lmagan, tabiatni muhofaza qilish 
ahamiyatiga ega bo‘lgan jamg‘armalarni saqlash va ulardan foydalanish bilan bog‘liq joriy 
xarajatlar, shu jumladan yo‘l qo‘yiladigan normalar doirasida va ulardan ortiqcha 
ifloslantiruvchi moddalarning atrof-muhitga chiqarilganligi (tashlanganligi) uchun 
to‘lovlar va boshqalar.  
Boshqa operatsion xarajatlarga quyidagilar kiradi: 
- Yangi tashkil etilayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektda ishlash uchun mutaxassislar 
tayyorlash va ularni qayta tayyorlash xarajatlari, normalar doirasida va ulardan ortiqcha
mutaxassislar tayyorlash hamda qayta tayyorlash bundan mustasno. 
- Loyiha va qurilish-montaj ishlarida chala ishlarni bartaraf etish xarajatlarini 
qoplash, shuningdek ob’ekt qoshidagi omborgacha transportda tashish choG‘idagi 
shikastlanishlar va buzilishlar, korroziyaga qarshi himoya nuqsonlari tufayli kelib chiqqan 


taftish xarajatlari (asbob-uskunalarni qismlarga ajratish) va shunga o‘xshash boshqa 
xarajatlar yetkazib berish va ishlarni bajarish shartlarini buzgan yuridik shaxslar hisobiga 
mazkur xarajatlar chala ishlar, shikastlanish yoki zarar ko‘rish uchun javobgar bo‘lgan 
yetkazib beruvchi yoki boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar hisobiga undirilishi mumkin 
bo‘lmagan darajada amalga oshiriladi. 
- Maslahat va axborot xizmatlariga haq to‘lash. 
- Auditorlik xizmatlariga haq to‘lash, shu jumladan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning
qatnashchilaridan (mulkdorlardan) birining tashabbusi bo‘yicha o‘tkaziladigan auditorlik 
xizmatlariga haq to‘lash. 
- Ikki va undan ko‘p bolalari yoki o‘n olti yoshgacha nogiron bolasi bo‘lgan ayollarga 
qonunchilikka muvofiq qo‘shimcha mehnat ta’tili haqini to‘lash. 
- Xodimlarga tovarlar, mahsulotlar va boshqa narsalarni bepul berish yoki xodimlar 
uchun ishlar, xizmatlarni bajarish. 
- Xodimlarning (ovqatlanishi, yo‘l kirasi, davolanish va dam olishga, ekskursiya va 
sag‘hatlarga yo‘llanmalari, sport seksiyalarida, to‘garaklarda, klublardagi mashyoulotlari, 
madaniy-ko‘ngilochar va jismoniy tarbiya (sport) tadbirlariga qatnashishi, xodimlarning 
shaxsiy obunasi va iste’moli hamda boshqa shunga o‘xshash to‘lovlari) xarajatlarini 
qoplash. 
- boshqa xarajatlar. 
Yuqoridagi keltirib o‘tilgan xarajatlar 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» 
hisobvarag‘ida hisobga olinadi. 
 
Nazorat uchun savollar 
1. Xarajatlarning iqtisodiy mazmunini aytib bering. 
2. Doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarning farqli jihatlari nimalardan iborat? 
3. Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishning zamonaviy usullarini aytib bering. 
4. Asosiy ishlab chiqarish xarajatlarining hisobi qanday tashkil qilinadi hamda 
mahsulot tannarxida qanday aks ettiriladi? 
5. Umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash uslubiyotini aytib bering. 
6. Davr xarajatlariga qaysi turdagi xarajatlar kiradi. 
7. 54-sonli Nizomning mohiyatini yoritib bering. 

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling