1. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar:
a) bevosita va bilvosita material xarajatlar;
b) bevosita va bilvosita mehnat haqi xarajatlari;
v) boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish xususiyatiga
ega bo‘lgan ustama xarajatlar.
Bevosita xarajatlar deb, mahsulotning ayrim turlari tannarxiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri,
ya’ni bevosita o‘tkaziladigan xarajatlarga aytiladi. Bilvosita, ya’ni egri xarajatlar deb,
hisobot oyi davomida yig‘ib-taqsimlovchi hisobvaraqlarda hisobga olinib, tannarxni
kalkulyatsiya qilishda, mahsulotning ayrim turlari tannarxiga biron-bir ko‘rsatkichga
mutanosib ravishda taqsimlash yo‘li bilan qo‘shiladigan xarajatlarga aytiladi.
2. Davr xarajatlari (operatsion xarajatlar):
a) mahsulot sotish xarajatlari;
b) ma’muriy yoki boshqaruv xarajatlari;
v) boshqa operatsion xarajatlar va zararlar;
3. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar:
a) foizlarni to‘lash bo‘yicha xarajatlar;
b) xorijiy valyuta bilan operatsiyalar bo‘yicha kurslardagi salbiy farqlar;
v) qimmatbaho qog‘ozlarga qo‘yilgan mablag‘larni qayta baholash natijasidagi
zararlar;
g) moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar;
4. Favqulodda xarajatlar daromad (foyda)dan olinadigan soliq to‘lagunga qadar
foyda va zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadi.
Mahsulot (ish va xizmat)lar ishlab chiqarish tannarxiga bevosita mahsulot (ish va
xizmat)larni ishlab chiqarish bilan boG‘liq bo‘lgan, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni
tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi. Yuqoridagi xarajatlar iqtisodiy
mazmunga ko‘ra quyidagi elementlar bilan guruhlarga ajratiladi:
- ishlab chiqarish moddiy xarajatlar (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarib
tashlangan holda);
• Молиявий
фаолият
Do'stlaringiz bilan baham: |