9. Xizmat ko‘rsatish xarajatlari va hisobi.
Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarda ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va
ko‘rsatilgan xizmatlar bilan bog‘liq xarajatlar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish
2710 "Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar" schyotida amalga oshiriladi.
Korxonaning xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklari sifatida korxonaning maqsadi bo‘lgan
faoliyati mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq
bo‘lmagan ishlab chiqarish va xo‘jaliklar tushuniladi. Jumladan, ushbu schyotda
korxonaning balansida bo‘lgan sog‘liqni saqlash ob’ektlari, bolalar bog‘chalari, uy-joy
kommunal xo‘jaligi ob’ektlari, sport va madaniyat, tikuvchilik va boshqa maishiy xizmat
ko‘rsatish ustaxonalari, oshxona va bufetlar, ilmiy-tadqiqot va konstruktorlikka oid
ajratilgan bo‘linmalarni saqlash xarajatlari aks ettiriladi.
2710 "Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar" schyotining debetida xizmat ko‘rsatuvchi
xo‘jaliklarda mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq
xarajatlar aks ettiriladi. Xarajatlar 2710 "Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar" schyotning
debetiga tovar-moddiy zaxiralari, mehnat haqi to‘lash bo‘yicha xodimlar bilan hisob-
kitoblar va boshqalarni hisobga oluvchi schyotlarning kreditidan hisobdan chiqariladi.
2710 "Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar" schyotining kreditida xizmat ko‘rsatuvchi
xo‘jaliklar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan
xizmatlarning haqiqiy tannarxi aks ettiriladi. Ushbu summalar 2710 "Xizmat ko‘rsatuvchi
xo‘jaliklar" schyotining krediti bo‘yicha tovar moddiy zaxiralari va boshqalarni hisobga
oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
2710 "Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar" schyoti bo‘yicha oy oxiridagi qoldiq
tugallanmagan ishlab chiqarish qiymatini ko‘rsatadi.
2710 "Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar" schyotlari bo‘yicha analitik hisob har bir
xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik va xarajat elementlari, moddalari bo‘yicha va mahsulot turlari
bo‘yicha yuritiladi.
Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarni hisobga oluvchi schyotlarning bog‘lanishi
Do'stlaringiz bilan baham: |