8-mavzu. Poydevorlar Reja


Endi poydevorlarning shikastlanish turlarini va ularni ta’mirlash usullarini ko’rib


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/13
Sana05.05.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1431066
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
8 тема практика бино иншоот

Endi poydevorlarning shikastlanish turlarini va ularni ta’mirlash usullarini ko’rib 
chiqamiz. 
1. Terilgan poydevorning qatlamlarini ko’chishi. Buning sabablari quyidagilardir: a)
terilgan toshlardagi choklarning bog’lanmaganligi; b) terilgan toshlarning 
mustahkamligini yetarli emasligi; v) bino ustiga qo’shimcha qurilish natijasida poydevorga 
ortiqcha yukni tushishi. Bunday hollarda poydevorni asosan ikki usulda ta’mirlash 
mumkin: 
- poydevorni kengaytirish;
- poydevorning terilgan qatlamlarini tsementlash.
Poydevorni kengaytirib ta’mirlash usuli (21.1-rasm).
Yana poydevordan shtraba chiqarib kengaytirish hisobiga ham mustahkamlikni
oshirish mumkin. Poydevorni terilgan qatlamlarini yemirilgan va ko’chgan joylarini 
in’ektorlar yordamida tsement ustini bosim orqali kiritib mustahkamlash mumkin (21.2-
rasm). 
2. Poydevorning tashqi yuzalarini yemirilib shikastlanishi.
Bunday holat gruntda tajovuzkor (agressiv) muhitning ta’siri natijasida bo’lishi mumkin, 
ya’ni yer osti suvlarining sathini yoki inshoot poydevoriga kimyoviy mahsulotlarni quyilib 
ketishi sabab bo’ladi. Undan tashqari poydevorning tajovuzkor muhitning ta’siri natijasida 
bo’lishi mumkin, ya’ni yer osti suvlarining sathining ko’tarilishi yoki inshoot poydevoriga 
kimyoviy mahsulotlarni quyilib ketishi sabab bo’ladi. Undan tashqari poydevorning 
tajovuzkor muhitga chidamli ashyolardan emasligi ham ta’sir ko’rsatadi. Bunday 
shikastlangan poydevorlarni quyidagicha tiklanadi: 
rasm. Poydevorni kengaytirib ta’mirlash usuli. 


rasm. Poydevorni tsementlash usulida ta’mirlash usuli: 1 - 
in’ektorlar; 2 - shikastlangan joylar. 
a) poydevor yonlari ochiladi va shikastlangan beton qatlami ko’chirib tushiriladi;
b) terilgan poydevorda kimyoviy moddalar suv o’tkazmaydigan qatlam hosil qilinadi.
GKJ – kremniy organik birikmalar yuboriladi. 
v) poydevor va uning gidroizolyatsiyasi tiklanadi;
g) vertikal gidroizolyatsiya yoki drenaj qurish yo’li bilan poydevorga namlik
kirolmaydigan to’siq hosil qilinadi. 
3. Balandlik bo’yicha devorning uzilishi.
Bunday holat poydevor ostiga suv kirib asos cho’kkanida va muzlaydigan va
shishadigan gruntni ta’sirida poydevorning ma’lum tepa qismi vertikaliga ko’tariladi. 
Poydevor yoni yo’lagining shikastlanishi yoki suv sathini ko’tarilishi ham salbiy ta’sir 
ko’rsatadi. Poydevor uzilishini ta’mirlash uchun quyidagi ishlar bajariladi: 
a) poydevor yoni bo’ylab shishadigan grunt olib tashlanadi;
b) uzilib qolgan joyga yoki yoriqqa tsementlash usulida qorishma yuborib zichlanadi;
v) shishadigan grunt o’rniga yirik zarrali qum, shlak va boshqa ashyolar to’ldiriladi;
g) poydevorga suv o’tkazmaydigan gidroizolyatsiya, poydevor yoni yo’lagi va
drenajlar quriladi. 
Lyoss zaminlarini mustahkamlashdagi turli texnologiyalarni ko’rib tadqiqot etish, 
ilmiy-texnikaviy adabiyotlarda chop etilgan tadqiqotlar natijalarini tahlil etish va 
umumlashtirish, har bir texnologiya lyoss gruntlarining fizik-mexanik xususiyatlari, 
cho’kish qatlami salmog’i va boshqa texnikaviy parametr va omillarga bog’liq holda o’z 
qo’llanish sohasiga ega ekanligini aniqlash imkonini berdi. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling