8-simenar o‘zbekiston respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar


Download 128.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana18.06.2023
Hajmi128.5 Kb.
#1562458
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8-SEMINAR (5)-1

birinchidan, 
viloyatlarda oliy universitet ta'limini tashkil etish, bu joylarda ilmiy-ma'rifiy ishlarni 
rivojlantirishga, eng olis va chekka shahar-larni madaniy-ma'rifiy markazga aylantirishga asos bo‘ldi. Ilmiy 
va ma'rifiy ishlar xalq hayotiga tobora chuqurroq kirib bora boshladi. Bu mamlakat aholisi ongi va 
dunyoqarashini kengaytirishda katta ahamiyat kasb etdi. Bevosita mehnat jarayoni bilan bog‘liq odamlar 
endi ilmiy yangiliklardan doimo va o‘z vaqtida xabardor bo‘lib bor-dilar. Yangidan-yangi ilmiy-texnikaviy 
ishlanmalar, ixtirolar yaratil-gan joyida tezroq ishlab chiqarishga joriy etilish imkonlari vujudga keldi. 
Ikkinchidan, 
O‘zbekiston tarixiy-jug‘rofiy jihatdan xilma-xil sharoit va iqlimga ega bo‘lgan 
mamlakat. Buning ustiga, turli hudud xalqlari umumiy tarixga ega bo‘lgani bilan ruhiyati, yashash tarzi, 


voqelikka munosabati, uni idrok etish jihatidan ozmi-ko‘pmi farq-lanadi. Bu hoi bir viloyatning o‘zida ham 
turli ko‘rinishlarda ko‘zga tashlanadi. Ana shunday mamlakatda har bir hududning o‘ziga xos jihatlarini 
hisobga olmaslik mumkin emas edi. 
Xususan, qadimiy Xorazm mashhur matematiklari, astronomla-ri, tarixchilari va davlat arboblari bilan, 
Farg‘ona vodiysi esa dunyo tan olgan shoir-u adiblari bilan mashhurdir. Uzoq davom etgan 
mustamlakachilik, haddan tashqari markazlashtirish natijasida mar-kazdan uzoqda yashaydigan aholining 
ilmiy-madaniy saviyasi ancha orqada qoldi. Bu mamlakat ishlab chiqarishiga, iqtisod va umuman 
taraqqiyotiga kuchli salbiy ta'sir ko‘rsatdi. 
Ana shu salbiy oqibatlarni zudlik bilan bartaraf etish uchun ham joylarda universal ta'lim tizimini joriy 
etish hayot taqozosiga aylandi. 
Uchinchidan, 
viloyat universitetlarining tashkil etilishi hayot bilan ilmning, nazariya bilan 
amaliyotning yaqinlashuviga katta yor-dam berdi. 
Hozirgi kunda ilm-u fan sohasida ham raqobat muhiti hayotiy zarurat bo‘lib qoldi. Busiz esa taraqqiyot 
bo‘lmaydi. Ilm-fandagi raqobat yangi-yangi fikr va g‘oyalarga turtki beradi, kishi dunyoqarashini 
kengaytiradi. Qaysi universitet o‘z ixtirolari, ilmiy xulosa va ishlanmalari bilan nom chiqarsa, o‘sha 
universitetning nufuz va e'tibori osha boradi. 

Download 128.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling