«2004-2009-yillarda maktab ta'limini rivojlantirish Davlat
umummilliy dasturi
»ni amalga oshirish mamlakatda ta'lim tizimini isloh qilishning hozirgi bosqichidagi
eng muhim vazifa, deb hisoblandi va maktab ta'lim tizimini tubdan yaxshilashni; eng yuqori zamonaviy
talablarga mos keladigan o‘quv-moddiy bazasi va ta'lim standartlari shakllantirilishini; yashash joyidan
qat'i nazar, qishloq va shahar maktablarining moddiy bazasi hamda ta'minlanish darajasidagi tafovutlarni
bosqichma-bosqich bartaraf etish asosida bolalarning ta'lim olishi uchun teng shart-sharoitlar yaratilishini;
o‘qituvchilar mehnati har tomonlama rag‘batlantirilishini ko‘zda tutuvchi Davlat umummilliy dasturining
asosiy tamoyillari va maqsadli vazifalari ma'qullandi.
Shu bilan birga maktab ta'limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirishning
quyidagi asosiy yo‘nalishlari belgilandi.
kapital rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta'mirlashning, avariya holatidagi binolarni buzib
tashlashning manzillari aniq ko‘rsatilgan dasturlarini va maktab binolarining namunaviy loyiha-larini
ishlab chiqqan holda umumiy ta'lim maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va
rivojlantirish;
maktablarni zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, darsliklar va o‘quv-
uslubiy materiallar bilan ta'minlash;
ta'lim tizimida qo‘llanilayotgan o‘quv standartlari va o‘quv dasturlarini takomillashtirish;
umumiy ta'lim maktablari, birinchi navbatda qishloq joylar-dagi maktablarni malakali pedagog
kadrlar bilan ta'minlash, ular tarkibi sifatini oshirish, o‘qituvchilar tayyorlash, qayta tayyorlash va
malakasini oshirishning samarali tizimini yaratish, o‘qituvchilar mehnatini rag‘batlantirishni kuchaytirish;
umumiy ta'lim maktablarida sportni rivojlantirish va ularning sport bazasini mustahkamlash.
Mustaqillik yillarida mamlakatda oily ta`limni rivojlantirishga ham katta e`tabor berildi.shu
Do'stlaringiz bilan baham: |