8-simenar o‘zbekiston respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar


 O‘zbekiston respublikasining qonuni ta’lim to‘g‘risida qonun. 2020 yil sentyabr


Download 128.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana18.06.2023
Hajmi128.5 Kb.
#1562458
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8-SEMINAR (5)-1

3. O‘zbekiston respublikasining qonuni ta’lim to‘g‘risida qonun. 2020 yil sentyabr. 
Yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun loyihasining ikkinchi o‘qishdagi muhokamasi 
qizg‘in kechdi. Deputatlar 2020 yil 5-6 may kunlari bo‘lib o‘tgan palata majlisida qonun loyihasini 
moddama-modda, bobma-bob muhokama qildilar. Muhokama davomida bir necha moddalar 
yuzasidan bir fikrga kelinmaganligi sababli ular ustida ishlarni davom ettirish hamda kelgusi 
majlisda ana shu moddalar atrofida to‘xtalib o‘tishga kelishgan edi. 
Shundan so‘ng mas’ul qo‘mita barcha fraktsiyalar, deputatlardan tushgan taklif va 
mulohazalarni jamlab, mutaxassis va ekspertlar ishtirokida qonun loyihasi ustidagi ishlarni davom 
ettirdi. 
Qnun loyihasini takomillashtirish maqsadida mas’ul qo‘mita hamda ishchi guruh tomonidan 
bir necha bor muhokamalar o‘tkazildi. Tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida loyihaning 
qoida va normalari maromiga etkazildi. Norma ijodkorligi talablaridan kelib chiqib, loyihadan 
havolaki tusdagi qator normalar chiqarilib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan moddalar kiritildi. 
Qonun loyihasini takomillashtirish jarayonida 238 ta normaga tegishli o‘zgartirish va 
qo‘shimchalar kiritildi. Loyihadan idoraviy ruhdagi bir necha normativ-huquqiy hujjatlarni 
qisqartirish, umumiy tusdagi, harakatsiz va huquqni qo‘llashga ta’sir etmaydigan qonun 
hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish oqibatida 123 ta norma chiqarib tashlandi. Ularning o‘rniga 54 ta 
yangi to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi normalar kiritildi. Ortiqcha ma’muriy tartib-taomillar va 
tartibga solishning eskirgan mexanizmlarini bartaraf etish hisobiga kiritilgan 7 ta moddadan 
butunlay voz kechilib, aniq sohalardagi munosabatlarni tartibga soluvchi 9 ta yangi modda 
kiritildi. 
Qonun loyihasiga inklyuziv ta’lim tushunchasi ham singdirildi. Bu har bir bolaning ta’lim 
olishdagi teng huquqliligini ta’minlash har qanday diskriminatsiya va kamsitishlarning oldini 
olishga xizmat qiladi. Shuningdek, loyihada amaldagi qonunda, umuman, qonunchilikda ko‘zda 
tutilmagan yangi qoidalar - yurtimizda yoshidan qat’i nazar, katta yoshdagilar umri davomida 
bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlab borish imkoniyatlari ham qonun bilan mustahkamlanyapti. 
«Ta’lim to‘g‘risida"gi yangi qonun va inklyuziya: qanday bo‘lishi kerak? 
«Talim to‘g‘risida"gi qonunning yangi tahrirdagi loyihasi Oliy Majlis Senati tomonidan o‘rganilmoqda. 
U inklyuziv ta’lim tamoyillariga to‘g‘ri keladimi? 
19 may kuni Oliy Majlis ilk bor inklyuziv (uyg‘unlashgan) ta’lim tushunchasi kiritilgan yangi tahrirdagi 
«Ta’lim to‘g‘risida» gi qonunni qabul qildi. O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi mutaxassislar bilan birga qonun 
loyihasining inklyuziv ta’lim tamoyillariga muvofiqligi bo‘yicha tahlil o‘tkazdi. 
Hozirda qonun loyihasi Oliy Majlis Senati tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. 2 iyun kuni Senatning Fan, ta’lim 
va sog‘liqni saqlash qo‘mitasi mazkur qonunni takomillashtirish bo‘yicha nogironligi bor insonlarning 26ta jamoat 
tashkilotini birlashtirib turgan O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasiga so‘rov yubordi. 
Hujjat tahlili shuni ko‘rsatdiki, inklyuziv ta’lim nogironligi bo‘lgan bolalarga nisbatan har qanday tarzdagi 
kamsitishni istisno qiluvchi ta’lim shakli sifatida kiritilganligiga qaramay, qonun loyihasi inkliyuziya tamoyillariga 
to‘g‘ri kelmaydi. 
Inklyuziv ta’lim nimani anglatadi? 
«Inklyuziv ta’lim - barcha o‘quvchilar uchun maxsus ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning 
farqliligini inobatga olgan holda ta’lim muassasalarida ilm olishda teng huquqlilikni ta’minlashdir». 


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI 

Download 128.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling