8-simenar o‘zbekiston respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar


Download 128.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana18.06.2023
Hajmi128.5 Kb.
#1562458
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8-SEMINAR (5)-1



8-SIMENAR 
 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA’LIM SOHASIDA AMALGA OSHIRILGAN 
ISLOHOTLAR. 
 
Tayanch iboralar: Ma’naviy kamolot, milliy mafkura, milliy istiqlol g‘oyasi, qadriyatlar, 
ma’naviy meros, Ta’lim to‘g‘risidagi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. 
 
1. Ta’lim tizimidagi islohatlar: “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning qabul qilinishi.
 
Ma'lumki ta'lim mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy, g‘oyaviy-madaniy hayotining muhim tarmog‘idir. 
Ta'lim asoslari O‘zbekistonda uning Konstitutsiyasi va «Та`lim to‘g‘risida»gi Qonun bilan kafolatlangan. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 2-iyul-dagi qaroriga asosan «Та'Нт 
to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni amalga kirdi. 
Ta'lim sohasidagi mazkur qonunda respublikada ta'limning jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-
madaniy rivojlantirish-ning ustuvor sohasi ekanligi e'tirof etilgani holda ta'lim sohasida davlat siyosatining 
asosiy tamoyillari, ta'lim tizimi va boshqaru-vi tartibi, ta'lim-tarbiya xodimlarining haq-huquqlari, 
vazifalari, mas'uliyatlari, maqsadlari belgilab berildi. 
Xalq ta'limi xodimlari hayotida muhim ahamiyatga molik ushbu qonun xalq ta'limi sohasini barcha 
yo‘nalishlarda takomillashtirish, rivojlantirish ishlariga katta yo‘l ochdi. 
Oliy o‘quv yurtlari mamlakat ta'lim tizimida yetakchi bo‘g‘indir. Chunki oliy maktab O‘zbekiston 
mustaqilligini mustahkamlovchi milliy boylikning o‘sishiga imkon yaratuvchi, kuchli, qat'iyatli mu-
taxassislar shu bo‘g‘inda tayyorlanadi. 
Ma'lumki, sho‘rolar hukumati davrida hukmron tuzum o‘zining jahonda eng insoniy, eng odil va eng 
demokratik, eng savodxon jamiyat barpo etgani bilan maqtanib, butun jahonga jar solar edi. «Dunyodagi 
eng o‘qimishli mamlakat», «oliy ma'lumotli mutaxas-sislar soniga ko‘ra jahondagi birinchi davlat» degan 
soxta ta'riflar rasmiy va maqtanchoq mafkura orqali keng tashviq qilinardi. 
Sirtdan qaraganda, haqiqatan ham manzara shunday edi. Sobiq SSSRda yuzlab universitet va 
institutlar, oliy va o‘rta maxsus bilim yurtlari, minglab ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyat ko‘rsatardi. 
Lekin ular, son va miqdor jihatidan ko‘p bo‘lgani bilan jahoniy an-dozalar darajasida emas edi. Buning 
asosiy sabablaridan biri kom-munistik jamiyatda hamma narsa, jumladan, ilm-fan, maktab-maorif 
tizimining ham o‘sha yolg‘on va o‘lik g‘oyalarga qurbon qilinganida edi. Sovet Ittifoqini tanazzulga olib 
kelgan sabablardan biri ham shunda ekani shubhasiz. 
Shuning uchun O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach, ijtimoiy hayotning barcha jabhalari 
singari ta'lim sohasini ham tub-dan isloh qilish vazifasi jamiyat oldida ko‘ndalang bo‘ldi. Chunki sho‘ro 
hukumati boshqa sohalar singari milliy kadrlar tayyorlash masalasida ham riyokorona siyosat olib borardi. 
Eng nufuzli, jahon mezonlariga javob beradigan mutaxassislar yetishtiradigan o‘quv muassasalari aksariyat 
Markazda - Rossiyada joylashgan bo‘lib, it-tifoqdosh respublikalar, xususan O‘rta Osiyo mintaqasidan bu 
dar-gohlarga sanoqli vakillargina qabul qilinar, bunday imkoniyat che-garalangan edi. Natijada milliy 
respublikalarda noyob ixtisosga ega mutaxassislar yetishmaydi, degan muammo sun'iy ravishda vujudga 
keltirilib, bu yurtlarga ming-minglab «o‘z odamlari» jo‘natilar edi. 
Shu bois istiqlolning dastlabki kunlaridanoq xalq ta'limi tizimini jadal isloh qilishga kirishildi. Bir 
qator o‘quv yurtlarining maqomi, dasturlari va ta'lim uslublari butunlay o‘zgartirildi. Eng zamonaviy, shu 
paytgacha bo‘lmagan eng zarur ixtisosliklar bo‘yicha alohida universitet va institutlar, jumladan, Mudofaa 
vazirligi qoshida Harbiy akademiya, Ichki ishlar vazirligi qoshida Ichki ishlar akademiya-si, Bank-moliya 
akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent aviatsiya instituti, Navoiy tog‘-
konchilik instituti kabi o‘nlab yangi o‘quv muassasalari tashkil etildi. 
Viloyatlarda ham yangidan-yangi o‘quv yurtlari ochildi. Prezident I. Karimovning 1992-yil 28-fevral 
Farmoni bilan 8 viloyat pedagogika institutlariga universitet maqomi berildi. Bu respubli-ka hukumatining 
izchil madaniy-ma'rifiy siyosatining yana bir da-lili bo‘ldi. Bunday yangilanishdan ko‘zda tutilgan maqsad 

Download 128.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling