8-sinf ona tili darsligidagi mashqlar, matnlar, lug`atlar


umumlashtiruvchi so‘zlar orasiga zarur tinish belgilarini qo‘ying


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/125
Sana15.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1477410
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   125
Bog'liq
8-Sinf O\'QITUVCHI KITOBI

umumlashtiruvchi so‘zlar orasiga zarur tinish belgilarini qo‘ying. 
1. Bu xabarni eshitish bilan Otabekda ko‘riladirgan o‘z- garishlarni... hollarni...
harakatlarni... barchasini birma-bir ko‘nglidan kechirar edi. 2. Otabekdagi sukut...
xayol... fikr kabi holatlarni yulib... yulqib olib, ular o‘rniga chechak donalari ekib,
umid suvlari sepmakchi edi. 3. Ammo bu o‘zgarishlar uning husnini... latofatini
bir zarra ham ka-
mitmay, balki o‘n qayta oshirg‘an edilar. 4. Zol juda nafis ishlangan edi: oltin
qandildagi ellilab sham’larning nuri bilan munaqqash devorlarning oltin... kumush...


ko‘k-qi- zil... oq-pushti... sariq-qora gullari yulduzlardek yashnab, uyga bir
xayoliylik berar edilar. 5. Majlisning shoirlari... o‘yinchilari... childirma va
dutorchilari ... barchasi ham hozir bo‘lib, faqat Kumushbibigina hammomdan
qaytmag‘an edi. 
Qodiriy.
Bu xabarni eshitish bilan Otabekda ko‘riladirgan o‘zgarishlarni, hollarni, 
harakatlarni-barchasini birma-bir ko‘nglidan kechirar edi. 2. Otabekdagi
sukut,xayol,fikr kabi holatlarni yulib-yulqib olib, ular o‘rniga chechak donalari
ekib, umid suvlari sepmakchi edi. 3. Ammo bu o‘zgarishlar uning husnin, 
latofatini bir zarra ham kamitmay, balki o‘n qayta oshirg‘an edilar. 4. Zol 
juda nafis ishlangan edi: oltin qandildagi ellilab sham’larning nuri bilan
munaqqash devorlarning oltin, kumush, ko‘k-qizil, oq-pushti,sariq-qora gullari
yulduzlardek yashnab, uyga bir xayoliylik berar edilar. 5. Majlisning
shoirlari,o‘yinchilari, childirma va dutorchilari - barchasi ham hozir bo‘lib,
faqat Kumushbibigina hammomdan qaytmag‘an edi. 
175-topshiriq. Berilgan izohlardan qandil, munaqqash, childirma, taxmon, sipar,
chakmon so‘zlarining ma’nolarini aniqlab, lug‘at daftaringizga ko‘chiring va qo‘llash 
uchun eslab qoling: 
1) naqshlangan, naqshli, naqshdor; 2) bir necha sham yoki lam pochka qo‘yiladigan 
oyoqli yoki osma chiroq; chilchiroq, lustra; 3) yog‘och gardishga teri qoplab yasalgan,
chertib chalinadigan musiqa asbobi; doira, chirmanda, daf; 4) uy yoki ayvon devorida:
sandiq o‘rnatib, ustiga ko‘rpa-to‘shak yig‘ibqo'yiladigan tokchasimon maxsus joy; 5)
qalqon, sovut; o ‘q, nayza, qilich kabi qurollar zarbidan saqlanish uchun qo‘llangan, 
ko‘pincha, doira shaklidagi qadimiy aslaha; qalqon; 6) odatda, jun matodan tikiladigan 
erkakcha uzun
qishki to‘n. 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling