8-sinf ona tili darsligidagi mashqlar, matnlar, lug`atlar


Matnni she’riy va nasriy shaklda yod oling hamda «Eng yaxshi nasriy matn»


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/125
Sana15.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1477410
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   125
Bog'liq
8-Sinf O\'QITUVCHI KITOBI

Matnni she’riy va nasriy shaklda yod oling hamda «Eng yaxshi nasriy matn» 
bahsiga tayyorlaning. 
27-dars 
«ENG CHIROYLI VA TA’SIRCHAN NUTQ» TANLOVI 
(og‘zaki nutq bo‘yicha nazorat ishi) 
29-topshiriq Mavzulardan birini og‘zaki nutq tanlovi uchun tanlang: 
1) «Izzat qilsang, hurmat ko‘rasan»; 
2) «Mehr — gul, qahr — tikan»; 
3) «Mehr xazinasi — til»; 
4) «Meniki-seniki — ko‘ngil torligi»; 
5) «Ustoz mehri — ota mehri». 
72-mashq Mavzuga reja tuzib, matn tayyorlang. So‘zlarni tanlashda ma’nodosh 
so‘zlar lug‘atidan foydalanishingiz mumkin. 
30-topshiriq. Dars jarayonida tashkil etilgan «Eng chiroyli va ta’sirchan nutq» 
tanlovida qatnashing. 
31-topshiriq Ko‘rsatilgan xatolaringizni yozib oling va ular ustida ishlang. 
Uyga vazifa 
73-mashq M a’nodosh so‘zlar lug‘atidan foydalanib, «Shaxsning fe’l- atvorini 
ifodalaydigan eng ta’sirchan so‘zlar lug‘ati»ni tuzing. 
Namuna mehribon — mushfiq; chiroyli — xushro ‘y; qadrli — aziz 
4-BO ‘LIM 
GAP 
Eslatma 
So‘z yoki so‘zlar vositasida anglashilgan fikr gap deyiladi. 
28-dars 
GAPNING IFODA MAQSADI 
Matnni o‘qing. 
KO‘RNING JAVOBI 
Sayyor ismli ko‘r arablar orasida eng mashhur ekan.-xabarni anglatuvchi gaplar
Bir kuni ko‘chada unga tegishib: 


— Hoy, Sayyor, Xudodan tila, ko‘zing evaziga biror nima bersin, (buyruq gap) 
— debdi. 
— So‘radim — berdi, — debdi ko‘r. 
— Nima berdi?-so`roq gap 
— Senga o‘xshagan ahmoqlarning basharasini ko‘rmaslikni! 
33-topshiriq Matndagi gaplarni uch guruhga ajrating: 
1) xabar anglatuvchi gaplar
2) so'roq anglatuvchi gaplar; 
3) buyurish, undashni anglatuvchi gaplar. 
34-topshi Berilgan jadval mazmunini matnda ifodalang va qoidani eslab qoling. 
Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turi 
Darak garak So‘roq gap Buyruq gap Istak gap 
Xabar berish maqsadidagi gap 
So‘rash, aniqlash maqsadidagi gap 
Buyurish, undash maqsadidagi gap 
Istak, xohish maqsadidagi gap 
Bilib oling 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling