8-sinf ona tili darsligidagi mashqlar, matnlar, lug`atlar


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/125
Sana15.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1477410
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   125
Bog'liq
8-Sinf O\'QITUVCHI KITOBI

hurmatga yo`ldir 
Shayx Sa ’diy, «Guliston» 
 
75-mashq.Berilgan izohlardan matndagi ajratilgan so’zlarning ma’nosini aniqlab ,lug’at 
daftaringizga ko’chiring va yodlang : 
1)mast; qutirgan fil;2) yo’lbars; 3) cho’loq chumoli; 4)kofirlik, dindan qaytganlik 
37-topshiriq. She’riy parchani oldingi darslardagi qismi bilan taqqoslang hamda talab 
vodiysi haqida xulosa chiqaring. 
30-DARS 
GAPNING TUZILISHIGA KO`RA TURLARI 
39-topshiriq Matnni diqqat bilan o‘qing. 
BIR SAHIFA SHARHI 
0 ‘tmishda mashhur bir kishi yolg‘iz o‘g‘lini uylantirish taraddudiga
tushibdi. Doshqozonlarda osh damlanib, uzoq-yaqindan mehmonlar kela boshlabdi.
Yigit kuyov-navkarlar bilan kelinni olib kelish uchun karnay-surnay sadolari ostida
yo‘lga tushibdi. U kelinning ostonasiga qa-dam q o ‘yishi bilan nima bo‘libdi-yu,
holsizlanib yiqilibdi. Sanoqli daqiqalarda behush bo‘lib, jon beribdi. Qiyomat qoyim
bo‘lib, qiy-chuv boshlanibdi......To'yga atalgan osh janozaga tarqatilibdi. 
Yaratganning bu ishidan o‘zini yo‘qotib qo'ygan ota davrining mashhur
donishmandi huzuriga borib, voqeani so‘zlab beribdi va sababini so‘rabdi.Shunda
donishmand: 
Boravering, tushingizda ayon bo‘ladi, ertaga tongda kelasiz, —
debdi.Saharmardonda kelgan otaning ahvolini bayon qilishga til ojiz
edi.Donishmand so‘rabdi: 
— Xo‘sh, ayon bo‘ldimi? 
— Qayoqdan ayon bo‘lsin, axir, men uxlamadim, — deb javob beribdi ota. 
Shunda donishmand debdi: 
— Unday bo‘lsa, quloq soling. Menga ayon bo‘ldi. Tushimda bir kutubxonaga
borgan emishman. Bir kitobni o‘qimoqchi bo‘libman. Kutubxonachi kitobni berar
ekan, ming istihola bilan qo‘shib qo‘yibdi:— Bu kitob dunyo bo‘yicha yagona
nusxada. Uzoq yurt- lardan tolibi ilmlar biri uch oy, boshqasi olti oy yo‘l bosib 


kelib, uni o'qiydilar. Ammo kitobning eng muhim fikr yozilgan asosiy bir sahifasi
yo‘q — qaysidir nobakor uni yirtib olgan. Musofir tolibi ilmlar ushbu sahifadagi
bebaho fikrdan bahramand bo‘lolmay, ming afsus-nadomatlar bi­lan qaytib
ketadilar...Sarosimaga tushgan ota boshiga osmon qulagandek behush yiqilibdi. Bir
amallab hushiga keltirishgach, o‘ziga kelib, siniq ovozda hikoyasini boshlabdi: 
— Ha, o‘sha nobakor menman. Yosh talaba edim. Ku- tubxonada bu noyob
kitobni mutolaa qilayotgan edim. 0 ‘qir ekanman, bir sahifadagi murakkab

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling