Savol va topshiriqlar
1. Matn qaysi alloma haqida? –Abulays Samarqandiy
2. Olim qayerlik? -samarqandlik
3. U kishi fiqh ilmida qaysi darajaga ko`tarilgan? –Husayn Hanifayi Soniy
4. Sayyid Sharif kim? -Abulaysning ustozi
5. Ustozi Navoiyga qanday munosabatda bo`lgan va nima deb murojaat etardilar? –
farzandim
Uyga
vazifa
137-mashq. Matndan parcha yod oling.
128-topshiriq. Mantiqiy zanjirdan tashqaridagi jumlani tanlang.
1. Adab irfon ilmi ichradur sham. (Anbar Otin) 2. Xulqi to‘g‘ri bo‘lgan kishi
to‘rga chiqadi. (Y u su f Xos Hojib)3. Har bir
kishi kasb-korni mukammal
bilmog‘i, yaxshi tarbiya olmog‘i va yaxshi xulq-odob, fazilatlarga ega bo‘lmog‘i
kerak. (Abu Nasr Farobiy) 4. Hayot eng yaxshi murabbiydir. («Otalar so ‘zi'»)
65-66 darslar 8 -NAZORAT ISHI
129-topshiriq. Matnni diqqat bilan o`qing.
ZАG`CHA VA QARG`ALAR
Bir Zаg‘cha o‘z qavmidagi boshqa zаg‘chalardan bo‘ydorroq, bo‘laliroq edi. Shu bois
u o‘z urug‘idan jirkanib, qarg‘alar jamoasi huzuriga
bordi va ular bilan birga
yashamoqchi bo‘lganini aytdi. Ammo Zаg‘chaning turqi ham, ovozi ham qarg‘alarga yot
edi, shuning uchun bu qushga ro‘yxush bermay, cho‘qib-cho‘qib haydab yuborishdi.
Quvilgan Zаg‘cha o‘z urug‘lari oldiga qaytib keldi, lekin zаg‘chalar bu takabbur
qushdan nafratlanib, uni jamoalariga qo‘shmadilar. O‘zga yurtni afzal ko‘rib, o‘z
Vatanini tark etgan kishilar shu Zаg‘chaga o‘xshaydilar:
begona yurtda qadr-qimmat
topmaydilar, o‘z Vatanlarida esa odamlar ulardan yuz o‘giradilar.
(“Ezop masallari”)
Do'stlaringiz bilan baham: