8-sinf ona tili darsligidagi mashqlar, matnlar, lug`atlar


sig`magan gaplarni gaoirsangiz oqillar oldida xijolatda qolasi


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/125
Sana15.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1477410
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   125
Bog'liq
8-Sinf O\'QITUVCHI KITOBI

sig`magan gaplarni gaoirsangiz oqillar oldida xijolatda qolasiz 4. 0 ‘z shogirdlarida 
mehnatdan zavqlanish xislatlarini uyg‘ota bilgan muallim sharaflarga loyiq. .
Sharaflarga,o ‘z shogirdlarida mehnatdan zavqlanish xislatlarini uyg‘ota bilgan
muallim loyiq– (E.Xabbard) 5. Tarbiyada butun ish tarbiyachining kim ekanligiga
bog‘liq-Butun ish tarbiyachining kim ekanligiga tarbiyada bog`liq. (D.Pisarev) 6.
Tar biyachi o‘z tarbiyalanuvchilarini qanday ko‘rishni istasa, avvalo, uning o‘zi
o‘shanday bo‘lmog‘i lozim. (V.Dal)- 
Bilib oling 
Gapda so‘zlovchi tom onidan alohida ahamiyat berilib, ta’kidlab ko‘rsatilgan
bo‘lakning kuchli ohang bilan aytilishi gap urg‘usi (yoki mantiqiy urg‘u)
deyiladi. Gap urg‘usini ixtiyoriy ravishda ko‘chirish mumkin: 
1. Kecha muzeyga biz bordik (biz bordik). 
2. Biz muzeyga kecha bordik (kecha bordik). 
3. Biz kecha muzeyga bordik (muzeyga bordik). 


4. Bordik biz kecha muzeyga (bordik). 
Ko‘rinadiki, asosiy fikr gap urg‘usini olgan bo‘lakka qaratilgan bo‘ladi. 
Eslatma 
Kesim mantiqiy urg‘u olganda gapdagi o‘rni o‘zgaradi. 
150-mashq. Matndagi gaplarning mantiqiy urg‘usini aniqlang. 
UZUM HAQIDA MASAL 
Birini tushunmaslik do‘stni dushmanga aylantirishi haqida Rumiyning
shunday masali bor. 
Turli tilda turlicha aytilgan bir so‘z ba’zan o‘zaro nizoga sabab bo‘ladi. Turk,
arab, fors va yunon millatidan bo‘lgan to‘rt nafar yo‘lovchiga bir saxiy odam
tanga hadya etadi. 
Yo‘lovchilar o‘rtasida tangani qanday sarflash borasida janjal chiqadi. Forsiy tilda
so‘zlovchi yo‘lovchi sheriklariga: 
— Yuringlar, bozorga boramiz-da, angur sotib olamiz, — deydi. 
— E firibgar! — uning so‘zini bo‘ladi arab. — Men angur emas,  eynab
yeyishni xohlayman! 
Turkiy yo‘lovchi esa ularning har ikkisiga  e’tiroz bildirib, shunday deydi: 
Birodarlar, nega shovqin ko‘tarasiz, balki bu pulga uzum sotib olarmiz? 
Yunonistonlik yo‘lovchi esa: 
— Qanday odamsiz o‘zi. Kelinglar, stafil sotib olamizda, maza qilib
yeymiz, — deydi. 
Shu tariqa to‘rt yo‘lovchi bir-birini tushunmay, janjallashib qoladilar.
Aslida ular aynan narsani bir istashardi. To‘rt yo‘lovchi bilimsizlik, nodonlik
tufayli bir-birlarini rosa do‘pposlashdi.Agar ularning orasida bu tillarni biladigan
odam bo‘lganda bir so‘z bilan  nizoga chek qo‘yishi mumkin edi. Jaloliddin
Rumiy, «Masnaviy» 
Savol va topshiriqlar 
1. Gap urg‘usi deb nimaga aytiladi? 
2. Gap urg‘usi qanday hosil qilinadi? 
3. Kesim urg'usi qanday у о ‘liar bilan hosil qilinadi? 
4. Gap urg'usining qo ‘llanishi nutq uslublarida farqlanadimi? Misol keltiring. 
1 39-tops: iriq. Gap bo‘laklarining odatdagi tartibiga «Matematika» dars- ligidan 
va o ‘zgargan tartibiga «Adabiyot» darsligidan 2 tadan misol toping. Gap urg‘ularini 
aniqlang. 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling