8-sinf ona tili darsligidagi mashqlar, matnlar, lug`atlar


Bog‘bonning qanday salbiy xatti-harakatini sezdingiz?-qo`lidan kelmaydigan


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/125
Sana15.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1477410
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   125
Bog'liq
8-Sinf O\'QITUVCHI KITOBI

2. Bog‘bonning qanday salbiy xatti-harakatini sezdingiz?-qo`lidan kelmaydigan 
ishga urunishi 
3. Unga qanday maslahat berishdi?-bu ishni tark qil deb 
4. Bog ‘bon qanday уo`l tutdi?-hech kimga quloq tutmadi, bilganini qildi 
5. Hikoyat qanday yakun topdi?-tikanak bosgan bog`da bog`bonni ilon chaqib 
o`ldirdi 
52-mashq. Matnni she’riy va nasriy shaklda yod oling. 
153-mashq Matndagi fikrlarni muhokama qilib, munosabatingizni bildiring
va xulosangizni yozma bayon eting. 
74-dars TO‘LIQ VA TO‘LIQSIZ GAPLAR 
 
154-mashq. Gap juftliklaridagi birinchi gaplarga asoslanib, ikkinchi gaplardagi 
tushirib qoldirilgan bo‘laklarni tiklang. 
1. Bir hakimdan: 
— Qaysi taom eng xushbo‘y va lazzatli? — deb so‘rabdilar. 
— Qorin och paytda yeyilgan taom, — debdi hakim. 
Eng lazzatli va xusghbo`y taom 
Bir kishi tabibga mazasi qochayotganini aytibdi.
Tabib: 
— Bugun nima yeganding? — deb so‘radi. 
— Uch botmon yarmi kuyuk go‘ja, — debdi bemor. -yegandim 
Tabib unga: 


— Sen yanglishibsan, mol tabibining oldiga borgin, men odamlarning tabibiman,
— debdi. 
Bilib oling 
Barcha zarur bo‘laklari mavjud gap to‘liq gap deyiladi. 
Tushirilgan bo‘laklari oldingi gaplardan anglashilib turadigan gap to‘liqsiz
gapdir. 
143-topshiriq. Matnni diqqat bilan o ‘qib chiqing. Gaplardagi qaysi gap 
bo‘laklarining tushirib qoldirilganligini aniqlang. 
Bir olimdan so‘rabdilar: 
— Ukangni ko‘proq yaxshi ko‘rasanmi, do‘stingnimi? 
— Ukamni, — deb javob beribdi u. — Agar do‘st bo‘lsa!..-ko`proq yaxshi 
ko`raman 
155-mashq. Gap juftliklarini o‘qing. Ikkinchi gaplardagi ortiqcha so‘zlarni aniqlang.
Ularni tushirib qoldirib, gaplarni ko‘chiring. Tushirib qoldirish sabablarini tushuntiring. 
1. Behuda urinsang, poyoni bo‘lmas, 
0 ‘ylanib qilsang, ziyoni bo‘lmas. 
2. Tuya mingan uzoqni ko‘zlar, 
Eshak mingan yaqinni ko‘zlar. 
3. Qizni beshikka sol
Sepini sandiqqa sol. 
4. Har ishning chamasi bor, 
Har daryoning kemasi bor. 
О ‘zbek xalq maqollari 
Savol va topshiriqlar 
7. Qanday gap to ‘liq gap deyiladi? 
2. To ‘liqsiz gapni ta ’riflang. 
3. To ‘liqsiz gaplar muallif (so ‘zlovchi)ning qanday maqsadini namoyon qiladi?-
tezkorlik 
4. To ‘liqsiz gapning tinglovchi (o ‘quvchi)ga ta ’siri qanday bo ‘ladi?-Oldingi gap 
mazmunidan nima ekanligini anglab oladi 
5. To‘liqsiz gap inson tabiatidagi qanday xususiyat bilan bog'liq?-sharttago`ylik 
156-mashq. Masalni o‘qing. 
BUG‘U VA UZUMZOR 
Bir bug‘u ovchilardan qochib uzumzorga yashirindi.
Ovchilar uni ko‘rmay bog‘ yonidan o‘tib ketishdi. Shunda falokatdan qutuldim deb
ko‘ngli taskin topgan bug‘u tok barglarini yeya boshladi. Lekin ovchilardan biri
shu payt tasodifan orqasiga o‘girilib, bug‘uni ko‘rib qoldi va kamonidan o‘q otib
uni yaraladi. Ajali yetganini sezgan jonivor
og‘ir bir nola chekib o‘ziga o‘zi dedi: «Eh qanday sho‘r- peshonaman!
Qilmishimga yarasha jazomni oldim: bu tok meni o‘limdan qutqarib qolgan edi,
men bo‘lsam uni nobud qildim». 
«Ezop masallari» 
157-mashq. Matnga muvofiq bo‘lgan fikrlarni toping. 
1. Kishi o‘z yaqinlarining dilini og‘ritsa, Xudoning qahriga uchraydi. 2. Ba’zi
kishilar kichik bir xatardan o‘zlarini olib qochib, katta falokatga ro‘para 


bo‘lganlarini sezmay qoladilar. 3. Masai deydiki, biron kimsaning makr-u hiylasiga
uchrab pand yegan dono odam, bir toshga ikki marta qoqilmaganidek, boshqa
hech qachon aldovga uchmaydi. 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling