8-sinf ona tili darsligidagi mashqlar, matnlar, lug`atlar


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/125
Sana15.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1477410
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   125
Bog'liq
8-Sinf O\'QITUVCHI KITOBI

 
75-DARS
Dars mavzusi: Matn va lug`atlar bilan ishlash 
144-topshiriq. Matnlarni diqqat bilan o‘qib chiqing.  
SAYYOR SO‘ZLAR  
1. Hindistonning qoramtir changalzorlarini, qalin bambukzorlarini, ya’ni junglini 
ko‘rish uchun ertalab yo‘lga chiqish ma’qulligini aytishdi. (Z. Akramov, “Hindiston 
lavhalari”)
2. Hurmatli jyuri a’zolari, loyihalarga yetti o‘lchab, bir kesib baho bering, agar 
shoshqaloqlik qilsangiz, odamlar kechirishmaydi. (Gazetadan)
3. Achchiq va hidli dorilar alohida jelatin g‘ilofida ichiladi. (N.Ismoilov. “Kasallarni 
parvarish qilish”)
145-topshiriq. Matndagi ajratilgan so‘zlarning ma’nolarini berilgan lug‘atdan 
o`qing, lug‘at daftaringizga ko‘chirib yozing va eslab qoling.  
1. Jelatin (fr. gelatine − dirildoq, yelimshak < lot. gelatus − muzlagan) Yosh mol suyagi 
va terisidan tayyorlanadigan bir nav yelimshak modda
2. Jungli (ing. jungle < f.-hind. Changalzor, o`rmon)
3. Jyuri (fr. jury - hakamlar guruhi < lot. juro − qasam, ont ichaman; qasamyod 
qilaman)
146-mashq. 
Matndagi so‘zlarni mavzuviy guruhlarga ajrating. –ilmiy
atamalar,geografiyaga oid atamalar,rasmiy atamalar yozish 
158-mashq. Har bir mavzuviy guruhni yangi so‘zlar bilan boyiting. -67.3-topshiriq. 
Matnning bosh va yordamchi g‘oyalarini aniqlang.- 
Savol va topshiriqlar
1. Sayyor so`zlar deganda nimani tushunasiz? –bir-biriga aloqasi yo`q,bir 
bog`lamga ega emas 
2. So`zlar nega bir tildan boshqasiga ko`chadi? –ijtimoiy aloqa tufayli 
3. Bir nechta tilda ishlatiladigan so`zlarga misol ayting. -kompyuter, telefon 
 
147-topshiriq. Matnni diqqat bilan o‘qing. 
HIKOYAT 
Ikki xurosoniy faqir bir-biri suhbatina mulozim bo‘lur, sayohat qilur edilar. Biri
zaif va biri qaviy edi. Zaif kunduz uruj tutar, kecha iftor etar, dag‘i qaviysi kunda
uch navbat yemak yer. Bir kun bularni bir shaharning e'shikinda josus deb tuhmat
bilan tuttilar.Ikkisini bir evga soldilar, dag‘i eshikni mahkam bekitdilar. Bir jum 
’adan so‘ngra ma’lum qildilarkim, yozuqlari yo‘q emish, kelib ko‘rdilarkim,
qaviysi o ‘lmish, zaifi salomat qolmish. Taajjub qildilarkim, nechuk bo‘ldi deb.
Bir hakim hozir edi. Aytti:«Agar munung xilofi bo‘lsa, ajab bo‘lg‘ay edi. Ul biri 
ko‘p yer edi, ochliqqa toqat keturmadi, o‘ldi. Dag‘i bu biri oz yer edi, odatincha
sabr etib salomat qoldi». 


Sayfi Saroyi, «Guliston bit-turkiy» 
148-topshiriq. Matndagi ajratilgan o‘zlashma so‘zlarning ma’nosini
aniqlang va lug‘at daftaringizga ko‘chiring hamda yodlang: kam bag‘al- oddiy;
bechorahol; 2) kuchli,- baquvvat; 3) quloq soluvchi, xizm atkor; 4) ro ‘za, tiyilish;
5) tag ‘in, yana; 6) gunoh, ayb, qilm ish; 7) farq, tafovut. 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling