81'364. 2 Shamsutdinov mehroj sabirovich


Nutqni  ixchamlashtirish  funksiyasi


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana30.05.2020
Hajmi0.72 Mb.
#112200
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
frazeologik birliklarning shakil va mano manosabati(1)


       Nutqni  ixchamlashtirish  funksiyasi.  Iboralarning  ayrimlari  ma’noni 

ixchamlashtirish  (lakonizasiyalash)  xususiyati  bilan  ajralib  turadi.  Bunday  holatni 

bizning shoir Erkin Vohidov she’riyatida qo’llangan iboralarga doir olib borilgan 

kuzatishlar  ham  to’la  tasdiqlaydi.  Masalan,  adabiy  tilda  “ko’p  gapirmoq, 



vaysaqilik  qilmoq”  ma’nolarini  ixcham  tarzda  “gap  sotishga  usta  bo’lmoq” 

iborasi bilan ifodalanadi. Xuddi shuningdek, “tosh otishga usta bo’lmoq” iborasi 

ixcham  tarzda  “yomonlik,  dushmanlik  hatti  –  harakatlari  qilmoq”  ma’nosini 

anglatadi. 

      Obrazli  ifodalash  funksiyasi.  Badiiy  nutqda  ayniqsa  she’riyatda  qo’shma 

iboralar  konkret,  ko’rgazmali  tasvie  uchun  xizmat  qiladi,shaxs  predmet,  voqea 

hodisaning obrazli ifodasi bo’lib keladi. Masalan: “tishni tishga qo’ymoq iborasi”, 

“Istanbul  fojeasi”  sheriy  drammasidan  olingan  quyidagi  parchada  “toqat  bilan 

chidamoq,  chidash  bermoq”  ma’nolarini  obrazli  tarzda  ifodalashga  xizmat 

qiladi:tasavvur  qil  qanday  holga  tushar  xalotiq.  Tishni  tishga  qo’ydim.  Yig’in 

tamom  bo’ldiyu,  biz  shiyponga  borib  yetdik.  Umuman  baho  funksiyali  iboralar 

badiiy  matnlarda,  jumladan  Erkin  Vohidov  she’riyatida  faol  xarakterlovchi 

vositalardan  biri  sanaladi.  Ular  yordamida  turli  voqea  hodisalar-ga,predmetlarga 

bo’lgan lirik qahramon munosabati ifodalanadi, voqeaband she’rlarda, dostonlarda 

esa  bir  personaj  ikkinchisini  ana  shunday  baholash  funksiyasi  kuchli  bo’lgan 

iboralar yordamida xarakterlaydi: 

Bizlar ayollarning to’lqinida oqib, 

u kunlar haqida to’qiymiz doston, 

ammo o’lganlarga she’r, dostondan ne naf, ne foyda 


yig’lashdan qalb dardin aytib. 

Emotsional  funksiyasi.  O’zbek  tilidagi  ko’pgina  iboralar  ekspressiv  emotsional 

bo’yoqdorlik  ajralmas  xususiyat  sanaladi.  Masalan:  tilimizda:  “arpasini  xom 

o’rmoq” iborasi nima yomonlik qildi ma’nosini ifodalaydi, bu ibora kuchli ohang 

bilan talaffuz qilinishi yoq unda emotsionallikning kuchliligidan dalolat beradi. 



Ekspressiv  Funksiyasi.  Umuman  ibora  tarkibidagi  fonetik,leksik  va  ayrim 

grammatik o’zgarishlar undagi ekspressivlik darajasining kuchayishiga olib keladi.  

a)  ibora  tarkibidagi  fonetik  o’zgarish  tufayli  ekspressivlik  darajasining 

kuchayishi:sochi  tikka  bo’ldi  –  sochi  tip  –  tikka  bo’ldi:  ko’ngli  qora  – 



ko’ngli qop – qora;ko’ngli toza – ko’ngli top – toza   

b)  grammatik  o’zgarish  tufayli:nafasi  ichiga  tushib  ketdi  –  nafaslari  ichiga 

tushib ketdi,ko’zi qiymadi – ko’zlari qiymadi. 

      Leksik  o’zgarish  tufayli:  narvonga  minmoq  –  ilm  narvoniga  minmoq;  etagini 

tutmoq – ilhom etagini tutmoq; jilovini tutmoq – ish jilovini tutmoq 

      Frazeologizmlar  tarkibidagi  so’zlar    boshqa  oddiy  birikmadagi  so’zlarga 

shaklan  o’xshab  qolishi  mumkin:  Mirzakarimboyning  qo’li  uzun,bu  ishlarni 

uddalaydi. Basketbolchining qo’li uzun edi. 

     Bunday  holatlarda  frazeologik  ma’no  kontekstga  qarab  aniqlanadi.  O’zbek 

frazeologizmlarining  Grammatik  tabiati  haqida  so’z  borganda,  ularning  ichki 

sintaktik qurilishi, paradigmatik shakllari, iboralarning sintaktik qurshovi va ularda 

variantlanish  hodisalarini  tahlil  qilish  kerak  bo’lad.  Frazeologik  iboralarga 

grammatik  nuqtai  nazardan  qaraganda,  bunday  iboralarning  bir  xili  so’zga  teng 

kelib bir ma’noni anglatadi. Boshqa xillari so’z birikmasiga teng bo’ladi, ba’zilari 

gapga  teng  kelib,  nisbiy  tugak  fikrni  bildiradi.  Mana  shu  xususiyatlarga  qarab, 

frazeologik iboralarni grammatik tomondan dastlab uchga bo’lish mumkin: 



1.  So’zga  teng  kelgan  frazeologik  iboralar;  qo’li  ochiq  (saxiy),  qo’li  qattiq                   

(xasis),qattiq  qo’l  (talabchan),ko’zi  yo’lingda  (intizor),ko’zi  tushdi  (ko’rdi),  ko’z 

qorasi (farzandi) kabilar. 

2.  So’z  birikmasiga  teng kelgan  frazeologik  iboralar;  ko’nglidagini ochib tashladi 

(sirini aytdi), o’zlarini aka eskilarni taka deb yurdi (yalinib yolvorib yurdi),ko’zini 

shira bosgan (muvaffaqqiyatlardan esankiradi). 

3.  Gapga  teng  kelgan  frazeologik  iboralar;kengashli  to’y  tarqamas  (har  bir  ish 

maslahat  bilan  bo’lsa  yaxshi),  qolgan  ishga  qor  yog’ar  (har  bir  ish  o’z  vaqtida 

bo’lishi  durust),  oyni  etag  bilan  yopib  bo’lmas  (ayb  –  nuqsonlarni  yashirib 

bo’lmaydi). 

O’zga  teng  kelgan  frazeologik  iboralarga  morfologik  jihatdan  qaraganda  unday 

iboralardan  kelib  chiqadigan  ko’chma  ma’no  fe’l,  sifat,  ot  va  ravish  so’z 

tukumlariga  teng  kelishi  mumkin[23;15].  Shunga  ko’ra  so’zga  teng  frazeologik 

iboralarni morfologik tomondan asosan 4 ga bo’lish mumkin. 

1. Fe’l frazeologik iboralar; ko’zi yetdi (biladi, tushunadi), ichi kuydi (qayg’urdi), 

ko’ngil qo’ydi (sevdi). 

2.  Sifat  frazeologik  iboralar:  terisi  qalin  (beg’am,  beparvo),  oq  ko’ngil  (vijdonli), 

dunyoni suv bossa to’pig’iga chiqmaydi (beparvo, beg’am) 

3. Ot frazeologik iboralar: ko’z qorasi (farzand),umr bahori (yoshlik), aql chirog’i 

(ilm), ko’z bo’yamachilik (aldash). 

4.  Ravish  frazeologik  iboralar:  bir  yoqadan  bosh  chiqarib  (do’stona,  birgalikda), 

yeng shimarib (astoydil), bosh ko’tarmay (tinmay). 

       Frazeologik iboralar gapda har qanday bo’lak bo’lib keladi. 

a) ega vazifasiga kelgan frazeologik ibora 

b) kesim vazifasida kelgan frazeologik ibora 

c) aniqlovchi vazifasida kelgan frazeologik ibora 

d) to’ldiruvchi vazifasida kelgan frazeologik ibora 

e) hol vazifasida kelgan frazeologik ibora 



     Frazeologik  iboralar  tuzilishi  tomondan  so’z  birikmasi,  sodda  va  qo’shma  gap 

shakllarida keladi; 

1. So’z birikmasi shaklidagi frazeologik ibora 

2. Sodda gap shaklidagi frazeologik ibora 

3. Qo’shma gap shaklidagi frazeologik ibora 

    Ingliz tilida grammatik jihatdan tasniflangan iboralar: 

Get the wrong end of the stick (misunderstand) – verb + object 

Pull a fast one (trick, deceive smb) – verb + object 

Poke your nose into (interfere) – verb + object 

Be over the moon (extremely happy) – verb + prepositional phrase 

Feel down in the dumps (depressed) – verb + prepositional phrase 

Be in the red (have a negative bank balance) – verb + prepositional phrase 

    Frazeologik  birliklarning  ifoda  plani  sifatida  kamida  ikkita  mustaqil  so’z 

qatnashadi.  O’zaro  sintaktik  bog’langan  bu  so’zlar  mohiyatiga  ko’ra  birikmaga 

yoki gapga teng bo’ladi[35;55]. 

     Frazeologizmlar tarkibida qatnashgan so’zlar orasidagi sintaktik bog’lanish o’z 

kuchini  saqlaydi,  faqat  ichki  bo’ladi.  Iboralarning  paradigmatik  shakllari 

(turlanishlari,  tuslanishlari  kabilar)  dastavval  ularning  qaysi  turkumga  mansub 

ekanligi  bilan  belgilanadi.  Iboralarning  asosiy  qismini  fe’l  frazeologik  birliklar 

tashkil etadi. O’zbek tilidagi iboralarning leksik va grammatik variantlari mavjud. 

Leksik variantlar quyidagi turlarga bo’linadi. 

a) leksik almashtirish: og’ziga talqon solmoq – og’zi so’k solmoq 

b) leksik tanlash: daryodan bir tomchi – daryodan tomchi 

c) leksik qo’shish: esini tanimoq - es hushini tanimoq 

     Bu  variantlar  orasida  leksik  almashtirish    esa  murakkab  hisoblanadi.  Leksik 

so’z qo’shish esa eng kam uchraydi. 


Grammatik variantlanish ham xuddi leksik variantlanish bo’lganidek asosan ibora 

tarkibidagi  biror  grammatik  qismni  almashtirish,tanlash  yoki  unga  qo’shish  voqe 

bo’ladi.  Grammatik  variantlanishda  o’ziga  xos  hodisa  so’z  komponentlarning 

joylashish tartibi asosida yuzaga keladigan variantlanish ham bor. 

1.  Almashtirish  asosida  paydo  bo’ladigan  variantlanish:  o’tirgani  joy 

topolmaslik – o’tirishga joy topolmaslik. 

2.   Qo’shish asosida paydo bo’ladigan  variantlanish: holdan toymoq – holdan 

toydirmoq. 

3.   Tashlash asosida: ko’zi ilindi – ko’z ilindi 

4.    Tartib o’zgartirish asosida: bog’dan kelsa – bog’dan kelmoq                 



 

      Frazeologik  qo’shilma  va  uning  turlari.  Frazeologik  qo’shilma  ko’pincha 

ikki so’zdan, ba’zan undan ortiq so’zdan ham tarkib topadi. Frazeologik qo’shilma 

tarkibidagi  bir  yoki  ikki  so’z  ko’chma  ma’noda  qo’llanib,  boshqasi  o’z  leksik 

ma’nosini  saqlagan  bo’ladi.  Ko’chma  ma’noni  ifoda  etgan  element  yolg’iz  o’zi 

kelganda  ko’chma  ma’nolik  xususiyatini  yo’qotib,oz  asl  ma’nosini  bildiradi. 

Shuning  uchun  ham  frazeologik  qo’shilma  tarkibidagi  bir  elementning  ko’chma 

ma’no  ifoda  etishi  uchun  ikkinchi  elementi  o’z  ma’nosida  kelgan  bo’lishi  shart. 

Bundan  ma’lum  bo’ladiki,  frazeologik  qo’shilmadagi  bir  elementdan 

anglashiladigan  ko’chma  ma’no  butun  bog’lanmadagi  so’zlarda  bog’langan 

ma’nodan yuzaga keladi. Shunday qilib tarkibidagi so’zlardan biri yoki ikkitasidan 

ko’chma ma’nosiga asoslangan va bog’lanmadagi barcha so’zlardagi xos mustaqil 

ma’no  markazlarini  saqlab  qolgan  iboralar  frazeologik  qo’shilma  deb  aytiladi. 

Frazeologik  qo’shilma  tarkibidagi  erkin  element  bu  iboraning  erkin  so’zlar 

bog’lanmasi  va  sintaktik  bog’lanmalarga  o’xshashlik  tomonini  ko’rsatadi,  ammo 

farzeologik qo’shilmalarni sintaktik bog’lanmadan farqlay bilishi kerak[14;109]. 

      Bu farqni quyidagi misollar bilan ko’rish mumkin; Achchiq choydan bo’lsin



Bunday  achchiq  gaplardan  biz  ham  benasib  qolmadik.  Birinchi  misoldagi 

achchiq  choy  iborasi  sintaktik  bog’lanma  bo’lib,  har  bir  so’z  leksik  ma’nosida 

qo’llanmoq-da    ikkinchi  misoldagi  achchiq  gap  iborasi  frazeologik  qo’shilma 



hisoblanadi,  chunki  bunda  gap  so’zi  o’z  ma’nosida,  achchiq  so’zi  esa  ko’chma 

ma’noda (koyituvchi,ranjituvchi ma’nolarida) ishlatilgan. 

       Frazeologik qo’shilmalarni komponentlarining o’zaro aloqada kirishi,ularning 

qaysi so’z turkumlari orqali ifodalanishi jihatdan uch turga ajratish mumkin; 

a) qaratqichli frazeologik qo’shilma  

b) sifatlovchi frazeologik qo’shilma 

c) predekativli frazeologik qo’shilma 

     Qaratqichli  frazeologik  qo’shilmalarda  birinchi  o’z  leksik  ma’nosida  kelgan 

component qaratqich kelishigida (yoki belgili yoki belgisiz shaklda) ikkinchi so’z 

ko’chma ma’noda kelgan komponent qaralmish holida bo’ladi. 

     Sifatlovchi frazeologik qo’shilmalarda birinchi so’z ma’noda kelgan komponent 

sifatlovchi,  ikkinchi  so’z  o’z  ma’nosida  kelgan  analitik  tipdagi    qo’shma  fe’lning 

ko’makchi qismi aloqada kirgan bo’ladi. 

      Frazeologizmlarni  ilmiy  tadqiq  qilishda  tilshunoslikda  keng  tarqalgan 

distributiv  metoddan  foydalanish  mumkin.  Frazeologizmlarning  nutqda  ishlatilish 

xususiyatlarining distributiv metod yordamida o’rganish orqali ularning struktural 

–  semantik  belgilari  chuqurroq  aniqlanadi.  Undan  tashqari,  frazeologizmlarni 

o’rganishda ularning semantic  – struktural belgilarini tilning mazmun rejasi bilan 

uning  ifoda  rejasini  munosabati  borasida  qaramoq  zarur.  Frazeologizmlarning 

strukturasi  va  ma’nolarini  bir  –  biriga  qarama  qarshi  qo’yish  (oppozitsiya) 

aniqliklarga olib keladi. 

     Frazeologizmlarning  grammatik  tomonlarini  ham  hisobga  olish  zarur.  Chunki 

frazeologizmlarning komponentlari o’rtasida sintaktik aloqalar,ularga qo’shiluvchi 

affikslar  muhim  rol  o’ynaydi.frazeologiyaning  xususiyati  shundaki,  uning 

ma’nosini  so’zma  –  so’z,  aynan  tushunish  mumkin  emas,balki  uning  “tagida 

yotgan”  ma’nosini  aniqlash  zarur.  Masalan:  “Bu  odamning  ko’ngliga  qo’limni 

solib ko’rsam niyati buzuq ekan” jumlasidagi “ko’ngliga qo’limni solib ko’rsam” 

degan ma’no mujassam.  



    Frazeologik  birliklarning  bir  –  birlari  o’rnini  ishlatila  olish  xususiyati 

substansiya  metodi  yordamida,ularning  turg’un  va  almashtiruvchi  komponentlari 

o’rtasidagi  bog’lanishlar  transformatsiya  metodi  yordamida  chuqurroq  ochiladi. 

Frazeologik birliklarning struktrual – sintaktik metodda har bir so’z ham mustaqil 

ma’noga eg bo’lavermaydi. 

    Frazeologik birlilkarda ham variantlanish mavjuddir. Ko’p variantli iboralarning 

asosiy  qismini  ikki  va  uch  variantli  iboralar  tashkil  qiladi.  Umuman,freazeologik 

birliklarda variantlanish boshqa til birliklardagiga nisbatan kuchli bo’lib, bir ibora 

variantlarining  soni  o’ntagacha  yetadi.  Variantlanish  tufayli  bir  ibora  boshqa  bir 

iboraga  aylanmaydi,bir  iboraga  xos  boshqa  obraz  birligi,lug’aviy  ma’no  birligi 

saqlanadi. Varisntlanish iboraga xos yaxlitlikning o’zi doirasida, shu yaxlitlik yo’l 

qo’ygan  darajada  voqe  bo’ladi.  Aks  holda  ibora  yo’q  bo’ladi,yoki  boshqa  ibora 

barpo  qilinadi.  Ibora  tarkibini  Grammatik  o’zgartirish  bilan  hosil  bo’ladigan 

variantga  Grammatik  ma’no  deyiladi.  Grammatik  variantlanish  ham  xuddi  leksik 

variantlanishda  bo’lganidek,  asosan  ibora  tarkibidagi  biror  Grammatik  qismni 

almashtirish,  tashlash  yoki  unga  qo’shish  bilan  voqe  bo’ladi.  Grammatik 

variantlanishda  o’zoga  xos  hodisa  so’z  komponentlarining  joylashish  tartibi 

asosida yuzaga keladigan variantlanish ham bor: 

1.  Almashtirish  asosida  paydo  bo’ladigan:o’tirgani  joy  topolmaslik,  qo’ynini 

puch yong’oqqa to’ldirmoq. 

2.  Qo’shish  asosida  paydo  bo’ladigan  variantlanish:  holdan  toymoq  va  holdan 

toydirmoq; ko’ngi bo’shadi va ko’ngli bo’shashdi. 

3.  Tashlash asosida paydo bo’ladigan variantlanish: ko’zi ilindi – ko’z ilindi. 

4.  Tartib  o’zgarish  asosida:  bog’dan  kelsa  tog’dan  kelmoq,  tog’dan  kelsa 

bog’dan kelmoq. 

     Ko’rinib  turibdiki,  variantlarni  sinonimlardan  farqlovchi  belgi  sifatida 

quyidagilar sanaladi: 

1. Ayni bir tushunchaga teng kelish. 

2. Emotsionallik darajasida teng kelish. 


3. Funksional stillarda ishlatilishi bir xil bo’lishi. 

4. Istagan konteksda bir o’rinda ikkinchisini ishlatish mumkinligi. 

5. Kamida bir komponentni ayni bir so’z bo’lishi. 

     Majburiy  bo’lmagan,  ammo  variantlarni  topib  olishda  yordam  beradigan 

belgilar deb quyidagilar sanalgan: 

1. Bir iboraning informatsiyasi natijasida tug’ilish va qisman boshqa  – boshqa 

iboralarning to’liq tenglashuvi hamda o’xshab ketuvi natijasida tug’ilish. 

2. Bir xil grammatik qurilishli bo’lishi. 

3. Ayni bir yoki yaqin obrazning mavjudligi. 

4. Izohlanish darajasining bir xilligi. 

     Turkiy  tillar  materialida,shu  jumladan  o’zbek  tili  materialida  frazeologik 

variatsiya  deyarli  o’rganilmagan.  O’zbek  tili  materialida  frazeologik  variatsiya 

deyarli  o’rganilmagan,  O’zbek  tili  frazeologik  boyligida  allaqachon  sezilgan, 

alohida  ta’kidlangan-u,  frazeologik  variant  tushunchasi  termini  kiritilmagan. 

Grammatik  variantlarni  o’rganishga  bag’ishlangan  maqolalar  ham  e’lon  qilingan, 

ammo  bularda  ham  variant  atamasi  ishlatilmagan.  Faqat  muallifning  so’ngi 

ishlaridan  birida  bu  atama  berilgan.  Shunda  ham  misollar  leksik  variantlargagina 

keltirilgan. Ingliz tilida frazeologik  variantlanish mavzusida so’z borganda, avvalo 

shuni ta’kidlash kerakki,variantlanish barcha til birliklariga, jumladan  frazeologik 

birliklarga  ham  xos  hodisa.  Variantlanish  va  strukturaviy  sinonimiyaning  o’ziga 

xos  xususiyatlaridan  biridir.  Frazeologik  variantlar  –  ma’noning  sifati  va  hajmi 

jihatdan  stilistik  va  sintaktik  vazifasi  jihatidan  o’xshash  turli  ko’rinishlarga  esa 



frazeologik birlik deyiladi[6;66]. 

     Strukturaviy  sinonimlar  –  leksik  tarkibi  bir  –  biriga  o’xshash,lekin  ma’no 

ottenkalari,  stilistik  yo’nalishi  va  obrazlilik  jihatdan  farq  qiluvchi  frazeologik 

birliklar.  Frazeologik  variantlar  ham  bir  struktura  ham  ko’p  strukturaviy  bo’lishi 

mumkin. Frazeologik variantlarning quyidagi tiplari ajratiladi: 


1. Leksik variantlar – not to lift (raise,stir yoki turn) a finger,close (near) at 

hand,give a green light, a friend at curt; 

2. Grammatik variantlar – bunday variantlar yana uchga bo’linadi: 

a) morfologik – the procruste’s bed = the Procustean bed; 

b) sintaktik – take away smb’s breath=take smb’sbreath away; 

c) morfologik – sintaktik – a Herculean labour = herculean labour’s = a        

labour of Hercules

1. Orfografik variantlar – hand in love = hand – in – love

2.  Qurama  (kombinatsiyalashgan)  variantlar  –  arouse/stir  up  a  nest  of  

hornest= bring/riese/stir a hornet’s/hornet’s nest about one’s ears; 

     Ikki holatda frazeologik variantlanish yo’qolishi mumkin: 

1.  Agar  variantlar  orasida  ayrim  farqlar  paydo  bo’lsa,  ular  variantlik 

xususiyatini yo’qotadi va strukturaviy sinonimlarga aylanadi. 

2.  Variantlarning  eskirishi  va  frazeologik  birliklarning  variantsiz  brlikka 

aylanishi  holatida.  Masalan,  show  the  white  feather  –  boshlang’ich  ko’rinishi 

show (mount) the white feather tarzida bo’lgan: 

    Strukturaviy sinonimlar bir – biridan quyidagicha farq qiladi: 

      1.Idiografik  –  stukturaviy  sinonimlarda  ma’noning    u  yoki  bu  darajada 

farqlanishi  kuzatiladi.  Masalan,set  one’s  heart  on  va  set  one’s  mind  on  biron 

narsaga  intilmoq  ma’nosini  bildiradi.  Lekin  set  oen’s  heart  on  bironnarsani 

yurakdan istamoq, butun qalbi bilan intilmoq ma’nosini bildirsa,set one’s mind on 

biron  narsani  istamoq,  xoxlamoq  ma’nosini  anglatadi.  Bu  quyidagi  maqollarda 

yaqqol ko’rinadi: 

● Freda:I’ll dance with you, if you like. 

Capitain  A:  Please,don’t  think  me  impolite,  but  I  have  set  my  heart  on  dancing 

with Fraulein  Sari 

● But he was not a man who let a thing drop when he has set his mind on to it. 



     2. Stilistik –  strukturaviy  sinonimlar stilistik yo’nalishlar bilan farqlanadi. 

Masalan,not  to  care  to  straws  –  oddiy  so’zlshuv  iborasi,  not  to  care  a  down  – 

qo’pol ibora. Misollar: 

“Your  uncle  says  he  ought  to  resign  from  his  cub”  –  “Urlfird  doesn’n  care  two 

straws about his club”  

But I don’t care a damn – pardon me,mean,well,that’s what I really mean. 

I don’t care a damn about tiled baths and garbage incenrators. 

     3.  Qo’llanish  doirasi  bilan  farqlanuvchi  strukturaviy  sinonimlar.  Masalan, 

inglizcha  on  the  cards,amer  in  the  cards,  be  the  worth  of  drink/for  liquor  – 

umumiy adabiyotga xos variantlar, be the worth for drink iborasi esa shotlandiya 

dialektiga xos. 

      Semantik  farqlar yo’qolganda strukturaviy  sinonimlar  frazeologik variantlarga 

aylansa,  strukturaviy  sinonimiya  yo’qoladi.  Strukturaviy  sinonimlar  ikki  xil 

xususiyatga  ega.  Bir  tomondan  ular  aynan  o’xshash  iboralar  emas  va  shuning 

uchun  ularni  alohida  frazeologik  birliklar  sifatida  o’rganish  maqsadga  muvofiq. 

Ikkinchi  tomondan  ularning  ba’zilarida  variantlik  munosabatlari  saqlanib  qoladi.  

Frazeologik  variantlar  bilan  strukturaviy  sinonimlar  o’zaro  chambarchas  bo’gliq. 

Strukturaviy  sinonimiya  strukturaviy  semantic  holatlarda    eng  murakkab  holat 

hisoblanadi. 

Variantlanish  bilan 

strukturaviy 

sinonimik 

 

munosabatlar 



frazeologiyaning  sistemaviyligini  namoyon  etadi.  Frazeologik  sinonimlarning 

leksik  tarkibini  o’rganish,  bir  tomondan,  sinonimlarning  paydo  bo’lishini 

aniqlashga  yordam  beradi.  Ikki  iboraning  o’zaro  sinonim  bo’lishida 

komponentlarning  miqdori  ahamiyatsiz:  sinonimlarda  biri  ozroq  so’zdan, 

ikkinchisi  ko’proq  so’zdan  tarkib  topaveradi.  Bundan  qat’iy  nazar  ko’pchilik 

hollarda  sinonim  iboralar  tarkibida  qatnashuvchi  komponentlarning  miqdori  teng 

keladi.  Bu  ayniqsa  ikki  komponentli  iboralar  orasida  ko’p.  Uch  komponentdan 

topgan  bir  qancha  sinonim  iboralarda,  shuningdek,  to’rt  komponentdan  tarkib 

topgan  bir  qancha  sinonim  iboralarda  ham  komponentlarning  miqdori  yo’q. 


Komponentlarning  miqdori  bo’lmagan  sinonimlarda  turlicha  munosiblik  mavjud; 

birida ikkita, birida to’rt component va hokazo qatnashadi. Tasvirni osonlashtirish 

uchun quyidagi sinonim iboralar komponentlarining miqdoriga asoslanadi. 

      Komponentlarning miqdori teng frazeologik sinonimlarda leksik tarkib 

      Bunday  iboralarning    leksik  tarkibini  o’rganishda,  bir  tomondan 

komponentlarning miqdorini,ikkinchi tomondan sinonimiya uyasidagi iboralarning 

miqdorini hisobga olib borish kerak [17;70]. 

          1. Tarkibida ikki ibora qatnashadigan iboralar. 

a)  Har  ikki  iboraning  bir  komponenti  aynan  shu  so’z,  ikkinchi 

komponenti  esa  boshqa  so’z  bo’ladi.  Bunda  boshqa  –  boshqa 

so’z komponentlari: 



●  Ma’no – munosabati hosil etadi: 

—ko’pincha  ot  so’z  bo’lib  keladi:  ikki  og’iz  –  ikki  shingil,  og’zi  bormadi  –  til 

bormadi kabi; 

—fe’l bo’ladi: jiniga yoqmaslik – jini suymaslik, yeb bilmaslik – yeb ko’rmaslik 

kabi; 

—ifat  bo’ladi:  duch  kelgan  to’gri  kelgan,ko’ngli  bo’sh  –  ko’ngli 



yumshoq/yumshoq ko’ngil kabi; 

—butun  bilan  qism  munosabatini  aks  ettiradi:ko’zning  oq  –  u  qorasi  –  ko’z 

qorachig’i; 

—o’zagi  bir  bo’ladi:tilini  qismoq  –  tili  qisildi  –  tili  qisiq  bo’ldi  –  tilini  qisiq 

qilmoq. 

●   Ma’no munosabati hosil etmaydi. 

—  ko’pincha fe’l bo’ladi: boshiga yetmoq – boshini yemoq, yo’l olmoq, yo’l 

solmoq; 

—  ot  turkumiga  xos  bo’ladi:jigardan  urmoq,  jonini  hovuchlab  –  yuragini 

hovuchlab,ichi qora – ko’ngli qora; 

—  sifat bo’ladi:ko’zi ochiq – ko’zi tirik, haddan tashqari – haddan ziyod; 



ba’zan olmosh, taqlid so’z bo’ladi;san – manga bormoq – adi – badiga bormoq, 

kim biladi – kim biladi – xudo biladi. 

     b) Ikkala komponent boshqa – boshqa so’zlardan tarkib topgan bo’ladi: 

●    Bir  komponentli  o’z  muqobili  bilan  ma’no  munosabatini  hosil 



qiladi,ikkinchi komponenti ma’mo munosabatini hosil qilmaydi; 

—  sinonim  bo’ladi:  yodidan  ko’tarmoq  –  todidan  ko’tarilmoq  –  esidan 

chiqarmoq: 

—  yaqin  ma’noli  so’zlar  bo’ladi:  bir  pullik  –  sariq  chaqalik,  burnini 

ko’tarmoq burni ko’tarildi – dimog’i shishdi; 

●  har ikki komponent o’z muqobili bilan ma’no munosabati hosil etadi: 

—  predmet  ma’nosini  anglatuvchi  komponentlari  yaqin  ma’noli  so’zlar  esa 

o’zaro  sinonim  bo’ladi:  ko’ngli  qattiq  –  qattiq  ko’ngil  –  tosh  yurak  – 

yuragi tosh; 

—  predmet  ma’nosini  anglatuvchi  komponentlari  yaqin  ma’noli  so’zlar, 

harakat ma’nosini anglatuvchi komponentlari esa o’zaro sinonim bo’ladi: 

lom – mim demaslik – churq etmaslik; 

●    har  ikki  komponenti  o’z  muqobili  bilan  ma’no  munosabati  hosim 

etmaydi:  boshiga  ko’tarmoq  –  shovqin  qilmoq,pinakka  ketmoq  –    xayolga 

cho’mmoq. 

Ikki iborali sinonimiya uyasining uch komponentli 

●   har ikki komponenti o’z muqobili bilan ma’no munosabati hosil etmaydi: 

bo’shiga ko’tarmoq – shovqin qilmoq,pinakka ketmoq – xayolga cho’mmoq. 

Ikki iborali sinonimiya uyasining uch komponentli ko’rinishida : 

●      bir  muqobil  komponentlar  ayni  shu  so’z  qolgan  ikki  komponent  o’z 

muqobili  bilan  ma’no  munosabati  hosil  etmaydi:og’zining  tanobi  qochdi  – 

og’zi qulog’iga yetdi; 

●    bir  muqobil  komponentlar  ayni  shu  so’z,  ikki  komponentlar  o’zaro 

sinonim,  uchinchi  muqobil  komponentlar  ma’no  munosabati  hosil 

etmaydi:sevinchi ichiga sig’maydi – quvonchi olamga sig’maydi; 



●    ikkita  komponenti  ayni  shu  so’z,  bir  komponenti  o’z  muqobili  bilan 

ma’no  munosabati  hosil  etmaydi:ko’kragi  tog’day  ko’tariladi  –  ko’nglini 

tog’day ko’tarmoq – ko’ngli tog’day ko’tarildi; 

●  barcha komponentlari boshqa – boshqa so’z, shulardan biri o’z muqobili 

bilan  sinonim  bo’ladi;  podadan  oldin  chang  ko’tarmoq  –  to’ydan  oldin 

nog’ora chalmoq; 

●   barcha komponentlari boshqa – boshqa so’z va ular o’z muqobili bilan 

ma’no munosabati hosil etmaydi: ignadekni tuyadek qilnoq – pashshadan fil 

yasamoq; 

● ikki iborali uyaga birlashuvchi quyidagi to’rt komponentli sinonimlarning 

bir komponenti ayni shu so’z, qolgan komponentlari boshqa – boshqa so’z 

va ular o’z muqobili bilan ma’no munosabati hosil qilmaydi: bir yoqadan 



bosh chiqarmoq – bir jon bir tan bo’lmoq. 

 2.Uch ibora qatnashadigan uyalar. 

Shunday  sinonimiya  uyasi  hosil  etadigan  quyidagi  iboralarning  barchasi  ikki 

komponentli bo’ladi. Bunda: 

●   har uch  iboradagi  bir komponent  ayni  shu  so’z  bo’ladi  va bunday  kompo-

nent  sifatida  ko’pincha  ot,  qisman  sifat,  son  keladi,  boshqa  –  boshqa  so’z 

komponentlar esa: 



a) yaqin ma’noli bo’ladi: 

-har uch iborada yaqin ma’noli bo’ladi:bir og’iz– bir shingil – bir chimdim,yo’ldan 

ozmoq – yo’ldan ozdirmoq – yo’ldan urmoq – yo’ldan chiqarmoq; 

-ikkinchi,uchinchi  iboralarda  yaqin  ma’noli  bo’ladi,  birinchisidagi  komponent 

boshqalari  bilan  ma’no  munosabati  hosil  etmaydi:vaqti  chog’  –  dimog’i  chog’  – 

kayfi chog’. 



b)  ma’no  –  munosabati  hosil  etmaydi:  avjiga  yetmoq  –  avjiga  minmoq  –  avjiga 

mindirmoq – avjiga chiqmoq – avjiga chiqarmoq – jon bermoq – jonu uzildi – joni 

chiqdi. 


●    Ikki  iboradagi  bir  komponent  ayni  shu  so’z  bo’ladi  va  bunday  komponent 

sifatida ot, sifat keladi. Uchinchi iboraning yuqoridagilari muqobil komponentli 

ular  bilan  ma’no  –  munosabati  hosil  etmaydi.  Boshqa  –  boshqa  so’z  – 

komponentlar esa; 

b)  yaqin ma’noli bo’ladi:bahrini ochmoq – bahri ochildi – dimog’i  

chog’  bo’ldi  – dimog’ini  chog’  qimoq  – kayfi    chog’  bo’ldi  – 

kayfini chog’ qilmoq: 

c)  ma’no munosabati hosil etmaydi: kayfi buzuq – tabi tirriq  - tabi 

xira, tinkasi  quridi  – tinkasini  quritmoq  – holdan ketkazmoq  – 

holdan toymoq – holdan toydirmoq. 

        Birinchi  va  ikkinchi  iboradagi,shuningdek,ikkinchi  va  uchinchi  iboradagi  bir 

komponent ayni shu so’z bo’ladi,ikkinchi ibora leksik tarkib jihatdan birinchi ibora 

bilan  uchinchi  iborani  o’zaro  bo’glab  turadi.  Demak  ikkinchi  iboraning  bir 

komponenti  birinchi  iboraning  bir  komponenti,  ikkinchi  komponenti  bilan  esa 

uchinchi  iboraning  bir  komponenti  ayni  shu  so’z  bo’ladi.  Bunday  iboralardagi 

boshqa – boshqa so’z komponentlar esa: 

 a)  birinchi  ibora  bilan  ikkinchi  iborada  yaqin  ma’noli  bo’ladi:  asabiga 

tegmoq,g’ashiga tegmoq-g’ashi keldi-g’ashini keltirmoq; 

 b)birinchi  iboraning  shunday  komponenti  ikkinchi  iboradagi  muqobili 

bilan,shuningdek;  uchinchi  iboraning  shunday  komponenti  ikkinchi  iboradagi 

muqobili bilan yaqin ma’noli bo’ladi:ichi g’ash-ko’ngli g’ash-ko’ngli xira; 

c)birinchi iboraning shunday komponenti ikkinchi iboradagi muqobili bilan yaqin 

ma’noli  bo’ladi,uchinchi  iboraning  shunday  komponenti  ikkinchi  iboradagi 

muqobili bilan zid ma’noli bo’ladi:dam olmoq-hordiq chiqarmoq-hordiq olmoq. 

-Har  uch  iborada  ma’no  munosabati  hosil  etmaydi:  dong’i  ketdi-dong’i  chiqdi-

dong chiqarmoq-nom chiqarmoq-ko’ngil bog’lamoq-muhabbat qo’ymoq; 

-Har  uch  iboraning  har  ikki  komponenti  boshqa-boshqa  so’z  bo’ladi:  ipidan 

ignasigacha-miridan sirigacha-qilidan quyrug’igacha. 



                  

3. To’rt ibora qatnashadigan uyalar. 

Quyidagi 

sinonimiya 

uyasida 


birinchi 

va 


ikkinchi 

iboralarning 

ot 

komponenti,shuningdek,birinchi  to’rtinchi  iboralarning  fe’l  komponenti,  ayni  shu 



so’z,qolgan  komponentlar  boshqa-boshqa  so’zlar  bo’lib,ma’no  mynosabati  hosil 

etmaydi:achchig’i  keldi  –  achchig’ini  keltirmoq  –  achchig’i  qistab  keldi-qoni 

qaynadi-qonini qaynatmoq-g’azabga kelmoq-g’azabga keltirmoq. 

4.Besh ibora qatnashadigan iboralar. 

Shunday  sinonimiya  hosil  etuvchi  quyidagi  iboralardan  birinchi,  ikkinchi, 

uchinchisining ot komponenti, to’rtinchi, beshinchisining esa fe’l komponenti ayni 

shu  so’z:  zarar  yetkazmoq-zarari  tegdi-zarar  keltirmoq-xalal  yetkazmoq-putur 

yetkazmoq. 

       Grammatik  qurilish  jihatidan  frazeologiya  sinonimlarini  dastlab  ikki  katta 

gruppaga birlashtirish mumkin: 

      1.Grammatik qurilishi bir xil frazeologik sinonimlar. 

      2. Grammatik qurilishi har xil frazeologik sinonimlar. 

                    Grammatik qurilishi bir xil frazeologik sinonimlar 

Bunda  bir  uyaga  birlashuvchi  iboralarning  barchasi  bir  xil  grammatik  qurilishi 

bo’ladi. Buning ko’rinishlari quyidagilar: 

1.Sinonimlar birikmaga teng qurilishli bo’ladi. Sinonim iboralar komponentlarning 

bog’anish shakli, shuningdek,qaysi turkum so’zi bilan ifodalanishi bir xil bo’ladi: 

  a) ot bilan fe’ldan tarkib topadi: 

-ikki  ibora  qatnashadigan    iboralar:  xayolga  cho’mmoq-pinakka  ketmoq,yo’l 

olmoq-y’ol solmoq; 

-uch  ibora  qatnashgan  iboralar:ko’ngil  qo’ymoq-ko’ngil  bog’lamoq-muhabbat 

qo’ymoq; 



-to’rt  ibora  qatnashadigan  iboralar:oeqasidan  tushmoq-izidan  tushmoq-ketidan 

tushmoq-payidqn tushmoq; 

b)sifat bilan fe’ldan tarkib topadi: 

-ikki ibora qatnashadigan iboralar:katta ketmoq-katta gapirmoq; 

-uch ibora qatnashadigan iboralar:baland kelmoq-ustun kelmoq -g’olib kelmoq; 

c)son bilan otdan tarkib topadi: 

-ikki ibora qatnashadigan iboralar:bir og’izdan-bir ovozdan; 

-uch ibora qatnashadigan iboralar:bir og’iz-bir shingil-bir chimdim

d)ot bilan ravishdan tarkib topadi: 

-ikki ibora qatnashadigan iboralar: ko’zining oq-u qorasi-ko’zining qorachig’i; 

-uch  ibora  qatnashadigan  iboralar:  ipidan  ignasigacha-miridan  sirigacha-qilidan 

quyrug’igacha. 

2.Sinonim  iboralar  komponentlarining  grammatik  bog’lanish  shakli  bir  xil,ammo 

qaysi turkum so’zi bilan ifodalanishi har xil bo’ladi. 

a)  biri  sifat  va  otdan,  ikkinchisi  son  va  otdan  tarkib  topadi:  sariq  chaqalik-bir 

pullik; 


b)biri  ot  va  fe’ldan,  ikkinchisi  taqlid  so’z  va  otdan  tarkib  topadi;  lom-mim 

demaslik-churq etmaslik[11;48]. 



Grammatik qurilishi har xil frazeologik sinonimlar 

Bunday iboralar komponentlarining bog’lanish shakli ham qaysi turkum so’zi bilan 

ifodalanishi ham har xil bo’ladi: 

1.Biri ot va fe’ldan, ikkinchisi ravish va fe’ldan tarkib topadi: shamolga uchmoq-



zoye ketmoq. 

2.Biri  sifat  va  ikkinchisi  ot  va  fe’ldan  tarkib  topadi:yaxshi  ko’rmoq-kongil 



bermoq

3.Biri  olmosh  va  fe’ldan,ikkinchisi  taqlid  so’zdan  va  fe’ldan  tarkib  topadi:san-

manga bormoq-adi-badiga bormoq. 

      Shunday  qilib,  frazeologik  sinonimlar  ingliz  va  o’zbek  tillarida  o’ziga  xos 

xususi-yatlarga ega bo’lib,ular ham so’zlarda bo’lganidek,ma’no jihatdan bir-biriga 

yaqin  bo’lgan,ammo  o’zaro  anglatgan  <>ma’no  bo’yog’i, 

zamonaviyligi, ma’lum uslubga xosligi bilan ajralib turadi. 

     Antonimiya  til  birliklari  orasidagi  semantic  munosabat  asosida  belgilanadigan 

hodisalardan  biri  bo’lib,  iboralarda  ham  so’zlardagi  darajada  uchraydi. 

Antonimiyani  belgilash,  bir  tomondan,iboralarning  lug’aviy  ma’nosini  chuqurroq 

anglashga  olib  kelsa,ikkinchidan  polisemiyada  bir  iboraning  ma’nolarini  o’zaro 

farqlashga  yordamlashadi,  uchinchidan  sinonimlarni  belgilashda  ham  foyada 

keltiradi.  Barcha  leksik  komponentlari  boshqa-boshqa  so’zlar  bilan  ifodalangan 

iboralar orasidagi antonimiyani belgilash oson: savol bermoq-javob bermoq, yerga 

urmoq-ko’kka ko’tarmoq. 

     Birinchi antonimlar tarkibidagi har ikki so’z komponentlar,ikkinchi antonimlar 

tarkibidagi birinchi so’z komponentlar o’zaro antonim. Quyidagi antonim iboralar 

tarkibida  qatnashgan  birinchi  leksik  komponentlar  –  ayni  bir  so’zning  o’zi, 

ikkinchi leksik komponentlar esa antonim so’zlar:yuragi keng-yuragi tor. 

     Ko’rinadiki  antonim  iboralar  tarkibidagi  antonim  so’z  komponentlar  bu 

iboralarning o’zaro antonim bo’lishida o’zaro muhim rol o’ynaydi. Ammo barcha 

antonim  iboralar  tarkibida  antonim  so’z  –  komponentlar  qatnashavermaydi. 

Antonimiya  iboradan  yaxlitligicha  anglashiladigan  lug’aviy  ma’no  asoida 

belgilanadi.  Sinonimiyada  bo’lganidek,antonimik  munosabat  ham  polisemantic 

iboralarda  ham  har  bir  ma’noga  nisbatan  alohida  belgilanadi.  Polisemantic 

iboraning  bir  ma’nosida  antonim  bor  bo’lishi,boshqa  bir  ma’nosida  esa  yo’q 

bo’lishi  mumkin.  Masalan:  savol  bermoq  monosemantic  iborasiga  besh  ma’noli 

javob bermoq iborasining faqat birinchi ma’nosi antonim[23;60]. 


       Bittadan  ortiq  ma’noni  anglata  olish  til  birliklariga  xos  xususiyat 

bo’lib,iboralarning  ham  talab  qismida  uchraydi.  Polosemantic  iboralarning 

ko’pchiligi ikki ma’noli, uch ma’noli iboralar anchagina,to’rt,besh ma’noli iboralar 

kam  uchraydi.  Masalan,boshiga  qilich  kelsa  ham  iborasi  bir  ma’noni,aqli  yetadi 

iborasi ikkita ma’noni,bo’yniga qo’ymoq iborasiuch ma’noni,qo’lga olmoq iborasi 

to’rt ma’noni anglatadi. 

     Frazeologik  polisemiyada  ham  xuddi  leksik  polisemiyada  bo’lganidek,bosh 

ma’no  va  yasama  ma’no  farq  qiladi.  Leksik  polisemiya  bosh  ma’no  to’g’ri 

ma’noga,yasama 

ma’no 


esa 

ko’chma 


ma’noga 

teng. 


Frazeologik 

polisemiyada,bundan farqli ravishda bosh ma’no ham,ko’chma ma’no ham bo’ladi 

chunki  har  qanday  frazeologik  ma’no  ustama,ko’chma  ma’no  sifatida  yuzaga 

keladi. Ko’p ma’noli iborada uning ma’nolari asosan ikkinchisidan o’sib chiqqan 

bo’ladi.  Ba’zi  iboralarning  ma’nolari  biri  ikkinchisi  uchun  asos  vazifasini 

o’tamaydi,  har  biri  o’zicha  shakllangan  bo’ladi,voqelikdan  har  gal  har  xil  obraz 

olish asosida tug’iladi. Masalan,ikki qo’lini burrnga tiqib iborasi ikki ma’noli: 

    a) quruqdan – quruq hech narsa ololmay; 

     b)bekorchi bo’lib biror foydali mehnat bilan shug’ullanmay. 

    Bu  ma’nolar  o’zaro  bog’lanmaydi,chunki  asosida  har  xil  obraz,boshqa-boshqa 

voqelik  yotadi;  birinchisi  band  qo’l  bilan  borib,bo’sh  qo’l  bilan  qaytish. 

Ikkinchisida esa qo’lini biror yumush bilan band etmaslik. 

       Frazeologik  iboralarning  bir-biridan  o’sib  chiqmaganligini  ba’zan  ibora 

tarkibi-dagi  so’z  komponentlarining    boshqa-boshqa  leksik  ma’noda  qatnashuvi 

bilan izohlash mumkin. Masalan xayoliga kelmoq iborasi ikki ma’noli: 

    1. o’ylanmoq,idrok etmoq, fahmlamoq; 

    2. xotirasida tiklamoq. 

     Bu  iboradagi xayol  so’zi birinchi  frazeologik  ma’noda  o’y,  fikr  ma’nosi bilan, 

ikkinchi frazeologik ma’noda xotira ma’nosi bilan qatnashgan. 


          Til  birlilari  orasida  shaklan  teng  kelishi  hodisasi  omonimiya  frazeologik 

birliklarda  ham  mavjud.  Frazeologik  omonimiya  odatda  ikki  ibora  orasida  voqe 

bo’ladi:  qo’l  ko’tarmoq.  Bu  yerda  omonimiya  ibora  bilan  ibora  orasida  voqe 

bo’ladi,keltirilgan iboralar barcha muqobil shakllarda teng bo’ladi; qo’l ko’tardim-

qo’l ko’taradi kabi. Shunga  ko’ra bu ikki tur omonimlar deyish mumkin. Odatda 

bir variantli iboraga ko’p variantli iboraning bir varianti shaklan teng kelib qiladi: 

gap tegdi kabi. Shaklan teng kelish ko’p variantli ikki iboraning ba’zi variantlari 

orasida  ham  sodir  bo’ladi:  gapida  turmoq-so’zida  turmoq,  lavzida  turmoq  va 

gapida  turmoq-so’zida  qattiq  turmoq  kabi.  Keyingi  ikki  tur  omonimiya  asli 

omoforma hodisasiga teng. 

     Omonimlik munosabatidagi iboralarning leksik tarkibi ikki xil bo’ladi: 

1. Har ikki ibora tarkibidagi bir komponent ibora bo’ladi,boshqa komnponent esa 

ayni  bir  so’zning  o’zi  bo’ladi.  Masalan;  o’ng  kelmoq  iboralari  tarkibidagi  fe’l 

komponentlar  esa  omonim  so’zlar  bilan  ifodalangan:  birinchi  ibora  tarkibida  ters 

ibora  sifatining  antonimi,  ikkinchi  ibora  takibida  esa  tush  otining  antonimi 

qatnashadi. 

2. Har ikki ibora tarkibidagi barcha komponentlar ayni shu so’zlarning o’zi bo’ladi. 

Bunga ikki holat bor: 

          a)Iboralar tarkibidagi so’zlar har xil leksik ma’nosi bilan qatnashadi. 

Masalan: dam bermoq va dambermoq iboralari tarkibida fe’l komponentlar ayni bir 

leksik ma’nosi bilan qatnashadi (dam-havo, yel; dam-istirohat) 

          b)Iboralar tarkibidagi ayni bir leksik ma’no bilan qatnashadi. 

Bunday omonimiya izohlashdan so’z komponentlarga suyanib bo’lmaydi, iboralar 

asosida yotgan voqelikka,shu voqelikdan olingan obrazga suyanadi.  

Masalan:ichagi  uzildi  iboralari  tarkibidagi  so’z  komponentlar  ayni  bir  leksik 

ma’nosi bilan qatnashgan, ammo bu iboralar asosida boshqa-boshqa obraz yotadi: 

birinchi  iborada  qattiq  va  uzluksiz  kulgandan  ichaklar  silkina-silkina  uzilib 


ketgudek bo’lishadan, ikkinchi iborada esa uzoq muddat ovqatlanmaslik natijasida 

ichaklarning ingichkalashib, uzilish darajasiga yetishidan obraz olingan. 

      Iboralar orasida shaklan teng kelishdan tashqari,shakliy  yaqinlik hodisasi ham 

bor.  Shu  asosda  frazeologik  paronimlar  va  frazeologik  paraformalar  haqida 

gapirish  mumkin.  Ba’zan  iboralar  o’zaro  leksik  tarkibidagi  bir  so’z  komponenti 

bilangina farq qiladi,shu farqli so’z komponentlar ham bir-biriga o’xshash bo’ladi. 

Ana shunday shakliy yaqinlikka ega ikki iborada frazeologik paronimlar deyiladi. 

Masalan: yetti uxlab tushiga kirmaslik va yetti uxlab tushida ko’rmaslik yuragi tars 

yorilib ketayozdi va yuragi qoq yorila yozdi 

     Ikki  ibora  leksik  jihatdan  aynan  grammatik  tarkibi  jihatdan  farqlanib  turishi 

mumkin bunday iboralarga frazeologik pareaformalar deyiladi. Masalan:joni kirdi-

jnni  kirgizmoq  iborasidan  jon  kirdi-jon  kirgizmoq  iborasi  grammatik  tarkibida 

egalik affiksi yo’qligi bilangina farq qiladi: payiga tushmoq iborasidan  – payidan 

tushmoq iborasi ot komponentining boshqa kelishikda kelishi bilan farqlanadi 

     Xulosa  qilganda,tilda  mavjud  sinonimik,antonimik,omonimik  va  paronimik 

frazeologik iboralar ham so’zlarning shakl munosabatiga ko’ra turlari kabi uslubiy 

vazifa  bajaradi.  Ular  bajargan  uslubiy  vazifalar  tilning  ta’sirchanligini  oshirishga 

xizmat qiladi. 

 

 

 

 

 

 

 

 


III BOB. Toponimlarning  shakl va ma’no munosabatlari. 

 

3.1  Ingliz tili  toponimilarning  semantik-grammtik o’ziga xosligi. 

 

Zamonaviy  tilshinoslikda  joy  nomlarini  o’rganish  toponomika  sohasining  asosiy 

obyekti  hisoblanadi.  Chunki  toponimika  onomistikaning  bir  bo’limi  sifatida 

geografik joy nomlari, ularning ma’nosi, kelib chiqishi, strukturasi va o’zgarishini 

o’rganuvchi  tilshunoslikda,  balki  tarix,  geografiya  fanlarining  ham  o’rganish 

obyekti sifatida qaraladi. 

        Toponimika  onomastikaning  bir  bo’limi  sifatida  o’rganilar  ekan,  toponimlar 

sohasida tilshunos olimlardan  A.V.Superanskaya, T.N.Mel’nikova. E.M.Murzaev, 

O.A.Leonovich, 

V.D.Belenskaya, 

G.D.Tomaxin, 

G.P.Smolitskaya,N.V.Podol’skaya,  V.V.Kuzikov,  Ye.V.Rozen,  T.Nafasov, 

S.Naimov,  E.Begmatov,  A.S.Aslonova  T.J.Ernazarovlarning  xizmatlari  benihoya 

kattadir [49;5] 

        Joy  nomlarini  o’rganish  faqat  tilshunoslik  ilmining  obyekti  emas,  balki 

tarix,geografiya  kabi  fanlarning  o’rganish  obyekti  hisoblanadi.  Joy  nomlari  turli 

nuqtai  nazardan  o’rganilayotgan  bo’lsa  ham,  ularning  ayrim  qirralari  zamonaviy 

yondashuvni talab etadi. Bu borada ayniqsa frazeologik birliklarni lingvomadaniy 

tadqiq  qilish,  ularning  milliy-madaniy  jihatlarini  yoitish  hozirgi  zamon 

tilshunosligining  eng  dolzarb  masalalaridan    biridir.  Chunki  til  misolida 

frazeologizmlar  tahlil  qilinmasin,  ularda  joy  nomlarining  ifodalanishi  o’sha  xalq 

hayoti,  turmush tarzi,  madaniyati ifodalangan bo’ladi.  O’rganilayotgan territoriya 

aholining  madaniyati,  tarixi,  urf-odatlari,  og’zaki  ijod  bevosita  ular  yashayotgan 

geografik joy nomlari bilan bog’liq bo’ladi. Toponika sohasida yirik tadqiqot olib 

borgan  rus  tilshunosi  A.V.Urazmetova  bu  sohada  shunday  fikrlarni  bayon  etadi: 

“Toponimlar  xalq  xarakterining  o’ziga  xos  xususiyatlarini  ko’rsatibgina 

qolmasdan,  ular  halq  hayotining  tarixiy,  hududiy  va  tabiiy  –  geografik 


sharoitlardan  tashqari,millatning  urf-odatlar,rasm-rusumlari  va  og’zaki  ijodida 

tasvirlangan  ruhiy  kechimlari  aks  etgan  bo’ladi.  Bu  hol  boshqa  madaniyatni, 

ayniqsa,chet tilini o’rganishda asqotadi.[34;79]  

       A.V.Urazmetova  tarkibida  joy  nomlari  qatnashgan  frazeologizmlarning 

toponim komponentlarini o’rganib chiqib, ularda madaniyatning aks etishi nuqtai – 

nazardan ikkiga bo’linadi: 

     1) Milliy – madaniy frazeologizmlar 

     2) Madaniyatlarning o’zaro tasiri asosida paydo bo’lgan frazeologizmlar.[42;6] 

     Tilshunoslik  nuqtai  nazaridan  tildagi  frazeologizmlar  tahlil  qilinadi,  ularning 

aksariyati  milliy  negiz  asosida  kelib  chiqqanligi,  xalqning  ko’p  asrlik  aqliy  va 

ma’naviy ijodi mahsuli ekanligi namoyon bo’ladi. 

     Milliy – madaniy frazeologizmlar uch xil omil bilan yuzaga chiqadi. 

a)  Ijtimoiy-tarixiy omillar asosida yuzaga chiquvchi frazeologizmlar: 

b)  Xalq ijodi asosida yuzaga chiquvchi frazeologizmlar: 

c)  Xalqning  kundalik  turmush  tarzi,  hayoti,,rasm-rusumlari  va  urf-odatlari 

bilan bog’liq omillar asosida yuzaga chiquvchi frazeologizmlar: 

Ijtimoiy-tarixiy  omillar  asosida  yuzaga  chiqadigan  frazeologizmlar  uzoq  o’tmish, 

tarixiy voqealar, bo’lib o’tgan ayrim hodisalar asosida yuzaga keladi. Ular yarixiy 

hodisalarni bevosita qamram olib, ma’lim bir tarixiy voqea bilan bog’liq bo’ladi. 

     Biz ishimizda ushbu frazeologizmlarning ayrimlarini tahlil  qilamiz. 

1.  to go to Canossa-frazeologizmi o’zbek tiliga “mag’lubiyatni tan olgan hamda 

g’ururidan voz kechmoq”, “biron kishi oldida past ketmoq” iboralari bilan tarjima 

qilinadi.  Voqelik  esa  aslida  shunday:  1977  yilda  Kanossada  german  imperatori 

Genrix IV mag’lubligini tan oladi va Rim papasi Grigoriy VII oldida past ketadi.  

Ushbu voqelik sabab tilda “to go to Canossa” frazeologizmi paydo bo’lgan. 

2.  Meet  one’s  Waterloo  –  eng  so’ngi  zarbaga  (mag’lubiyatga)  uchramoq 

frazeologizmi. Ushbu frazeologizmning paydo bo’lishiga sabab shundan iboratki, 


1815  qilda  fransuz  qo’mondoni  Napaleonning  Vaterlo  oldidagi  eng  so’nggi 

qaqshatgich  zarbaga  uchragan.  Uning  ushbu  mag’lubiyati,  zarbaga  uchrashi  tilda 



“meet one’s waterloo” iborasini paydo bo’lishiga sabab bo’lgan. 

3. Brummagen button – soxta tanga (mis xususidagi tanga). Ushbu frazeologizm 

ancha  eskirgan  bo’lib,  Birmigham  ya’ni  Angliyaning  yirik  shaharlaridan  birining 

nomini buzib aytilgan shakli. Ushbu shaharda o’tgan XVII asrda shaharda kumush 

tangalar soxtalashtirilgan, shuning natijasida “Brummagen button” iborasi yuzaga 

kelganligini ko’ramiz. 

     Demak,  birinchi  guruhga  kiruvchi  frazeologizmlar  ijtimoiy-tarixiy  omillar 

asosida  yuzaga  keladi  hamda  uzoq  o’tmish  va  tarixiy  voqealar  bilan  bog’langan 

bo’ladi. 

    Ikkinchi  guruh  frazeologizmlar  xalq  ijodi  asosida  yuzaga  kelib,ular  ikkita 

guruhga bo’linadi: 

    1. Xalq ijodiga bevosita aloqador bo’lgan frazeologizmlar  

    2. Adabiyotga oid frazeologizmlar. 

    Xalq  og’zaki  ijodiga  tegishli  bo’lgan  frazeologizmlar  afsona,  hikoya,  xalq 

tomonidan yaratilgan rivoyatlar,bolalar o’yini  hamda so’z o’yinlari asosida yuzaga 

keladi.  Ular  tahlil  qilinganda  bevosita  xalq  tomonidan  yaratilganligiga  guvoh 

bo’lamiz. 

1.  Be  born  within  the  sound  of    Bow  bell.  Frazeologik  ibora  o’zbek  tiliga 



“Londonda  tug’ilmoq”  deb  tarjima  qilinadi.  London  shahri  markazida  Saint-

Maryle-bow  cherkovi  bo’lib,  bu  cherkov  butun  Angliya  mamlakati  bo’ylab 

o’zining  qo’ng’iroq  jarangi  bilan  mashhurdir.  Cherkovdan  chalingan  qo’ng’iroq 

tovushi  butun  mamlakatga  go’yo  eshitilgandek  ushbu  frazeologik  birlik  paydo 

bo’lishiga sabab bo’lgan. 

 

2.  Have  kissed  the  Blarney  stone  –  ibora  o’zbek  tiliga  “tilyog’lamachi”, 



“xushomadgo’y  bo’lmoq”  deb  tarjima  qilinadi.  Ushbu  iboraning  paydo  bo’lishi 

Germaniyada  Blarni qasri oldida kattakon  bir  tosh  bo’lib,  ingliz  xalqi tomonidan 

Yaratilgan afsonaga ko’ra,bu toshni o’pgan odam xushomadgo’ylik, laganbardorlik 

qobiliyatiga ega bo’ladi. Shu asosda tilda “have kissed the Blarney stone” iborasi 

yuzaga kelganligini ko’ramiz. 

3.  Go  for  a  Burton  –  o’lmoq,  dunyodan  ko’z  yummoq,  izsiz  yo’qolmoq, 

bankrotga uchramoq kabi iboralar bilan tarjima qilinadi. 

Frazeologik  iboraning  tarixan  kelib  chiqishiga  nazar  tashlansa,uning  tarixi 

shunday.  Burton-Stafforshir  viloyatidagi  pivo  ishlab  chiqaradigan  kichik  shahar. 

Frazeologik  ibora  esa  birinchi  marta  britaniyalik  uchuvchilar  II  jahon  urishida 

halok bo’lgan quroldosh do’stlarini eslab ishlatilganligini ko’ramiz. 



Go  for  a  Burton  –  iborasiga  ingliz  tilida  juda  ko’plab  sinonimlar  ham  mavjud. 

Ular quyidagilar: 

                                        to give up the ghost 

 

                                        go of the hooks 



                                         go to glory 

                                         go to one’s last account 

to die 

                                          hand in one’s checks 



                                           go west 

                                            take the ferry 

O’zbek  tilida  ham  shunday  frazeologik  birliklar  mavjud:  o’lmoq,  vafot 

etmoq,dunyodan  ko’z  yummoq,  olamdan  o’tmoq,  dorilbaqoga  ketmoq  va 

hokazo. 


4.Kilkenny cats – ashaddiy dushmanlar. Tarixan ma’lumki,XVII  asrda Kilken va 

Ayrishtaun  shaharlari  o’rtasida  shafqatsiz  urush  bo’lib,urushdan  keyin  har  ikkala 

shahar ham vayron bo’lgan. Undagi xarobalar,vayron bo’lgan uy-joylar,xalq katta 

aziyat chekkan. Shu sababdan tila “.Kilkenny cats” iborasi paydo bo’lgan. 



    Xalq  ijodi  asosida  yuzaga  keladigan  frazeologizmlarning  ikkinchi  guruhi 

bevosita adabiyotga oid frazeologizmlardir. 

    Adabiyotga  oid  joy  nomlari  bilan  kelgan  frazeologizmlar  badiiy  asarlar, 

personajlar  va  badiiy  sitatalar  bilan  bog’liq  holda  paydo  bo’ladi.Ulardan  so’z 

ustalari  asarlarining  ta’sirchanligi  oshirishda  foydalanib,obrazlikni  yuzaga 

keltiradi.Mashhur  ingliz  adibi  Charlz  Dikkens  o’zining  asarida  “London 




Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling