81'364. 2 Shamsutdinov mehroj sabirovich
Download 0,72 Mb. Pdf ko'rish
|
frazeologik birliklarning shakil va mano manosabati(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- “FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING SHAKIL VA MA’NO MANOSABATI” 5А120102 - Lingvistika (ingliz)
- Ilmiy rahbar: f.f.n. Haydarov A.A
- II.BOB. FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING SHAKL VA MA’NO MUNOSABATI
- III BOB. TOPONIMLARNING SHAKL VA MA’NO MUNOSABATLARI ……...68-79
- UMUMIY XULOSALAR..........................................................................................................80 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
- KIRISH
- Muammoning o’rganilganlik darajasi
- Ishning maqsad va vazifalari
- Ushbu maqsaddan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilandi
- Tadqiqot obyektini
- Tadqiqot usullari
- Tadqiqotning amaliy natijalari
- Tadqiqot natijalarining ilmiy-amaliy ahamiyati
- Tadqiqot natijalarining e’lon qilinishi.
- Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi
- I BOB. Frazeologik birliklarning o’rganish obyekti va taraqqiyot bosqichlari. 1.1 Frazeologik birliklarning tilshunoslikda o’rganilishi.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OILY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI Qo’lyozma huququda UDK: 81'364.2 SHAMSUTDINOV MEHROJ SABIROVICH “FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING SHAKIL VA MA’NO MANOSABATI” 5А120102 - Lingvistika (ingliz) Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan DISSERTATSIYA
Ilmiy rahbar: f.f.n. Haydarov A.A
Buxoro – 2019
Dissertatsiya Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti “Ingliz tilshunozligi” kafedrasida bajarilgan
Ilmiy rahbar f.f.n. Haydarov A.A. Rasmiy opponent f.f.n. Rasulov Z.I. Kafedre mudiri f.f.n. Rasulov Z.I. Magistratura bo’limi boshlig’i dotsent Mamatov D.Q Magistrant Shamsutdinov M.S.
MUNDARIJA KIRISH.................................................................................................................3-6 I .BOB. FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING ORGANISH OBYEKTI VA TARAQQIYOT BOSQICHLARI..........................................................................................7-21
1.1 Frazeologik birliklarning tilshunoslikda o’rganilishi……………………… 1.2 Frazeologik birliklarning taraqqiyot bosqichlari………………………….. II.BOB. FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING SHAKL VA MA’NO MUNOSABATI. ..................................................................................................................................................22-67 2.1 Frazeologik birliklarning semantik tabiati…………………………………. 2.2 Frazeologik birliklarning leksik,semantik-grammatik xususiyatlari……….. 2.3 Frazeologik sinonim, frazeologik antonim, frazeologik omonimlarning shakl va ma’ no munosabati............................................................................................ III BOB. TOPONIMLARNING SHAKL VA MA’NO MUNOSABATLARI ……...68-79 3.1 Ingliz tili toponimlarining semantik-grammtik o’ziga xosligi……………. 3.2 Madaniyatlarning o’zaro ta’siri ostida paydo bo’lgan frazeologizimlarning lingvomadaniy xususiyatlari................................................................................... UMUMIY XULOSALAR..........................................................................................................80 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.............................................................................81-84 KIRISH Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Mustaqillik davridagi Respublikaning ijtimoiy va madaniy xayotidagi ijobiy sifat o’zgarishlari chet tillarni o’qitishda ham o’z aksini topdi.Respublikamizda chet tillarni o’rganish o’quvchilar bilimining oshishiga,ularning madaniy rivojlanishiga va ma’naviy dunyosining boyishiga imkon tug’dirdi. “ Mamlakatimizning jaxon xamjamiyati integratsiyalashuvi davrida yoshlarimiz mustaqil fikrlaydigan, yuksak intelektual va ma’naviy salohiyatiga ega bo’lib,dunyo miqiyosida o’z tengdoshlariga hech qanday sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi’’[1;14 ]bu borada jumladan,respublikamizning oliy o’quv yurtlarida ona tili va chet tillarni qiyosiy tipologiyasi, leksikologiya, frazeоlogiya ,linvokultrologiya sohasidagi bilimlarimizni yanada yuqori darajada o’rgalishi muhim ahamiyat kasb etadi O’zbekisto Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “ O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha xarakatlar strategiyasi haqida”gi PQ-4947-son farmoni,2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PQ-2909-son qarori,O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil,8-avgustdagi “Ta’lim
muassasalarida chet tilini o’qitishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori,O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-mayda e’lon qilingan PQ-4797-sonli farmonida hamda mazkur soha bo’yicha qabul qilingan bir qator me’yoriy huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishdagi mazkur magistrlik disertatsiyasi muayyan darajada xizmat qiladi. Bugungi kunda jaxon tilshunosligida obrazli motivlashgan frazeologik birliklar talqini ularning shakl va ma’no munosabati lingvokuitologik vositalarini urgatish hamda farazeologik birliklarni nutqda qo’llanilishini qiyosiy taxlil qilish,ularni leksik-semantik va grammatik jixatdan tasniflash singari qator o’rganishlar bo’yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Frazeologik birliklar til egasi bo’lgab xalqning ma’naviy madaniyati,urf-odati,kasbi,yashash tarzi,intilashi,voqelikka
munosabati bilan uzviy bog’liqdir.Frazeologik birliklar obrazlilik va eksperssivlikni yuzaga keltiruvchi muxim vositalar bo’lib, ular ba’diy, siyosiy va publisnetik matnlarning ifodaviy ta’sirchanligini oshirishga xizmat qiladi.Shu sababdan frazeologik birliklar uslubiyatda ham muxim o’rin tutadi.Frazeologik birliklarning turli tillar doirasida qiyosiy o’rganish, ularning til va nutq bosqichlarida imunsiylik va xususiylik dialektikasini yoritish, aloxida axamiyatga ega sohalarda frazeologik birikmalar,ularning shakl va
ma’no munosabati,semantik-grammatik va nutqning vazifaviy uslublarida uslubiy xususiyatlarini ochib berishi mazkur magistrlik dissertatsiyasining dolzarbligini belgilaydi. Muammoning o’rganilganlik darajasi. Frazeologik birliklar tilshunoslikda aloxida soha sifatida shakllanib, taraqqiy etib bormoqda. Frazeologizmlarni urganishda uning asoschisi Sharlo Balleni xizmatlari beqiyosdir.U uzining “Fransuz stilistikasi” (1909) asarida so’z birikmalari,ularning tadqiq etuvchi vositalar haqida qimmatli fikrlarini bayon qilgan. Frazeologik birliklar va ular shakllanish yo’llarining qiyosiy tahliliga ,A.A.Grigoryeva, N.A.Xomyakova, M.I.Gritsko, I.V.Gorodskaya, J.D.Kozimagamedovaning asarlari bag’ishlangan.[41;6] Shuningdek, A.N.Smirnitkiy, Z.N.Anisenova, A.V.Kumachova, T.N.Derbulova, N.N.Amosova, N.Jshanskiy kabi olimlarning asarlarida frazeologik birliklar klasifikatsiya qilingan. O’zbek tilshunosligida esa A.E.Mamatov, A.M.Aynazarov, M.I.Umarxo’jayev, SH.Raxmatullayev,B.Yo’ldoshev,M.Bafoyeva kabi olimlarning ishlarida frazeologik birliklar, ularning funksional uslubiy xususiyatlari xaqida fikr yuritilgan. Etirof etilgan tadqiqotlar ushbu soha rivojiga katta hissa blib ko’shilgan, biroq takidlash joizki ingliz va o’zbek tilining obrazli va motivlashgan frazeologik birliklarning shakl va ma’no munosabati masalasiga e’tibor qaratilmog’i lozim. Ishning maqsad va vazifalari. Ingliz va o’zbek tillaridagi frazeologik birliklarini shakl va ma’no munosabatini ochib berish, shuningdek, frazeologizmlarning lingvokultralogik uziga xosligini ko’rsatishdan iborat.
Ushbu maqsaddan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilandi: -frazeologik birliklarning jaxon tilshunosligida urganilishi masalasini ko’rib chiqish va shu asosda ingiliz va o’zbek tilshunosligida frazeologizmlarning taraqqiyot bosqichlariga munosabat bildirish: -frazeologik birlikarning semantik tabiatini belgilash, ularni semantik, grammatik jihatdan tasniflash: -frazeologik birliklarning ikki til misolida shakl va ma’no munosabatini ko’rsatish; -ikki tilda mavjud omonim,sinonim va antonim frazeologik birliklarning o’ziga xos shakl va ma’nolarini qiyosiy tahlil qilish; -inson ruxiy holati,uning his-tuyg’u va qadriyatini ifodalovchi frazeologik birliklarning badiiy asardan olingan misollar asosida taxlil qilish; - frazeologik birlklarning funksional jihatlarini asoslash; -frazeologik birlikdan asar ta’sirchanligini oshirish maqsadida foydalaninshdagi yozuvchi maxoratini ko’rsatish. Tadqiqot obyektini ingliiz va o’zbek tillaridagi frazeologik birliklar tashkil etadi.
birliklarning shakl va ma’no munosabati hamda frazeologik birliklarning lingvokul’turologik xususiyatlari.
hamda linvokultorolik metodlardan foydalaninshdi. Tadqiqotning yangiligi quyidagilardan iborat: -frazeologik birliklarning jaxon tilshunosligida urganilishi, uning taraqqiyot bosqichlari o’qib o’rganildi, ularga munosabat bildirildi: -frazeologik birliklarning semantik tabiati belgilandi,ular semantik-grammatik jihatdan tasniflandi: -frazeologik birliklarning shakl va ma’no munosabati ikki til misolida ko’rsatildi: - ikki tilda mavjud omonim,sinonim va antonim frazeologik birliklarning o’ziga xos shakl va ma’nolari qiyosiy taxlil qilindi: - inson ruxiy holati,uning his-tuyg’u va kayfiyatini ifodalobchi frazeologik birliklarning badiiy asardagi tasirchanligi ochib berildi: -frazeologik birliklarning nominativ nutqni ixchamlashtirish, imotsional, ekspressiv, funksiyalari daliliy misollar asosida ko’rsatidi: -yozuvchilarning frazeologizmlardan foydalanishdagi maxorati badiy asardan olingan misollar asosida yoritib berildi, Tadqiqotning amaliy natijalari. Ingliz va o’zbek frazeologik olam manzarasining milliy-madaniy o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish bo’yicha taklif va tafsiyalar ishlab chiqiladi: -frazeologik lug’atlar tuzish mumkin: Tadqiqot natijalarining ilmiy-amaliy ahamiyati. Tadqiqotning ilmiy ahamiyati,olingan natijalar qiyosiy
tilshunoslik, leksikologiya, frazeologiya,linvokulturologiya va tarjimashunoslik sohasidagi tadqiqotlarni boyitilayotganligi bilan aniqlanadi.Dissertatsiyadagi nazariy xulosalar ingliz va o’zbek tillaridagi frazeologik birliklarni ilmiy o’rganishga asos bo’ladi.Tadqiqot natijalaridan oliy ta’lim tizimida qiyosiy tilshunoslik,frazeologiya,leksikologiya, kognitiv tilshunoslik,madaniyatlar aro muloqot qilish, tarjimashunoslik bo’yicha maxsus kurs va siminarlarda dissertatsiya ishlari,bitiruv malakaviy ishlar,kurs ishlari, soha bo’yicha ilmiy maqola va tezslar yozishda foydalanish mumkin. Tadqiqot natijalarining e’lon qilinishi. Dissertatsiya mavzuzi bo’yicha 2ta maqola, 1ta tezis e’lon qilingan,professor- o’qituvchilar va talabalarning an’anaviy ilmiy-amaliy anjumanda ma’ruzalar qilingan.
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Ishning umumiy hajmi 84 betni tashkil etadi.
I BOB. Frazeologik birliklarning o’rganish obyekti va taraqqiyot bosqichlari. 1.1 Frazeologik birliklarning tilshunoslikda o’rganilishi. Frazeologik iboralarning turli xil xususiyatlarining tashqi shakliga qarab tasnif qilish orqali ham aniqlash mumkin. Bu tasnifda ko’proq frazeologik iboralarning tarkibidagi so’zlar soniga qarab e’ibor beriladi. Tasnif natijasiga, iboralar tabiatiga ko’ra nechta so’zdan tashkil topganini aniqlash mumkin. Ko’pgina tilshunoslar frazeologik iboralar faqat ikki so;zdan ortiq bo’ladi, degan fikrlarni aytadilar. Ammo kuzatishlar shuni ko’rsatadiki,frazeologik iboralr ikki, uch va undan ortiq so’zlardan iborat bo’ladi. Ammo ayrim tilshunoslar bir so’zdan iborat iboralar ham bor deb bildiriladilar. Jumladan,professor A. Jafarovning fikricha, bir so’zdan iborat iboralar idiomatic birikmaning eng yuqori taraqqiyot bosqichida hosil bo’ladi.Bu turdagi iboralar qo’shma so’z yoki yakka so’z bilan ifodalanadi,ular to’g’ridan-to’g’ri fikrni anglata olmasligi jihatdan qo’shma so’zlardan farq qiladi.To’g’ri, bir so’z orqali idiomatik ma’no anglatadi.Lekin bunday so’zlarni ibora deyish qiyin.Chunki ibora so’zlar birikmasidan iborat bo’lishi kerak.Bu haqda V.V.Vinogradov, A. Abakumov, A. Ashaxmatovlarning fikrlari qimmatga sazovordir [18;37]. Idiomatik so’lar faqat yo’lg’z so’zlardangina tashkil topib, idiomatik ma’no anglatadi.Lekin ibora aks ettirgan xususiyatlarni aks ettira olmaydi. Akademik V. V. Vinogradovning aytishicha, frazeologik birikmalarning tarraqqiyoti frazeologik butunlikdan boshlanib,frazeologik qo’shilmalarga aylanishi kerak, farazeologik butunlikdan frazeologik chatishmalar,keyinchalik esa frazeologik qo’shilmalarga taraqqiy etishi kerak.Shu fikirga asoslanib,Sh.Raxmatullayevning “Idiomatik so’zlar frazeologik qo’shilmalar negizida vujudga keladi”degan fikrlari asoslidir. Frazeologik birikmalar asosan so’zlar birikmasidan iborat, boshqacha aytganda, frazeologizmlar tilning alohida birligi bo’lib,tuzilishiga ko’ra erkin bo’g’lanma yokiu gapga teng to’liq yoki
qisman semantik qayta shakllangan obrazli,turg’un so’z birikmalarini o’z ichiga oladi.
Frazeologizmlarning aksariyati ingliz tilida ham, boshqa qardosh tillarda ham xalq tomonidan yaratilgan,ularning mualliflari ma’lum emas, kelib chiqish manbalari aniq emas. Shu ma’noda frazeolog olim A.V.Kunin ingliz tili frazeologizmlarining ko’pchiligining muallifi noma’lum bo’lib,ular xalq tomonidan yaratilgan degan fikrlarni asosli ravishda ko’rsatib o’tgan.Ammo ba’zi frazeologik birliklarning kelib chiqish manbalarini aniqlash mumkin.Shu ma’noda frazeologiya tilining umumiy tizimiga kiruvchi mikrosistema bo’lib,bu tizim o’zida o’tmish me’rosni, qadriyatlarni aks ettiradi, avloddan-avlodga o’tadi. Tizimni tashkil etuvchi frazeologik birliklarning ko’pchiligi ma’lum tilning boyish manbaidir. [13;46]
Frazeologik tizimini, frazeologik birliklar,ularning asosiy kamchiliklari o’rtasidagi munosabatni tashkil etadi. Frazeologizmlar birdan ortiq so’zlardan tashkil topgan, ma’no va shakl jihatdan turg’un bo’lgan so’zlar bog’lanmasidir. Frazeologizmlar ko’chma ma’noda, obrazli ifodalarda qo’llanadi hamda tarixiy qo’llanish meyorlariga, usullariga ega bo’lib, ularning ma’nosi muayan nutq jarayonida oydinlashadi. Frazeologizmlar so’z birikmasi yoki gap shaklida bo’lsada, ular nutq birligi bo’lgan gaplardan farq qiladi. Ular lug’aviy birlik sifatida ko’p jihatdan so’zlarga yaqin turadi,so’zlarga xos bo’lgan juda ko’p xususiyatlar frazeologizmlarga ham xosdir. [14;37] “Frazeologiya” atamasi yunoncha “fraza” (phrasis-ifoda,nutq o’rami) so’zidan olingan bo’lsa-da, bu atama turlicha ma’nolarni ifodalashda xizmat qiladi.Shu sababdan frazeologiya atamasi tilshunoslikda ikki mo’npda qo’llaniladi: tildagi mavjud jami frazeologik birliklarning jami ma’nosida,hamda shunday birliklarning o’rganuvchi soha ma’nosida. Demak,frazeologiya iboralar haqidagi ilm demakdir. Tilshunoslikning boshqa sohalari singari frazeologiya o’ziing shakllanish va taraqqiyot bosqichlariga ega. Jahon tilshunosligida frazeologiya tez taraqqiy etayotgan tilshunoslik sohalaridan biriga aylandi.Jumladan, birginaturkiyshunoslikda frazeologiyani sistemali ravishda o’rganish o’tgan asrning 40-50 yillaridan boshlandi. Shu davrda turli tillardagi frazeologik birliklarni grammatik, leksik-semantik jihatdan o’rganish sohasida muhim yutuqlar qo’lga kiritildi. Turkiy frazeologiyaning boshlovchilari,shubhasiz G.K.Kenesboev va Sh.U.Raxmatullayevlardir. Ularning o’tgan XX asrning o’rtalarida yuzaga kelgan tadqiqotlari turkiy frazeologiyasining shakklanishi va taraqqiyotida katta rol o’ynaydi.Shu davrda frazeologiyalarni intensiv o’rganish sohasida muhim yutuqlar qo’lga kiritishda jumladan, S.N.Muratovning “Turkiy tillarda turg’un so’z birikmalari” nomli monografiyasi, Sh.U.Raxmatullayevning “Oz’bek
frazeologiyasining ayrim masalalari” G.A.Bayramovning “Ozarbayjon tili frazeologiyasining asoslari”, G.X.Axunzyanovning “Idiomalar ” “Tatar tili materiallari asosida tadqiqot”, Z.G.Uraksining “Boshqird tili frazeologiyasi”, M.F.Chernovning “Hozirgi zamon
Chuvash tili
frazeologiyasi”, N.Sh.Shammayevaning “Ingliz va turkman tillaridagi frazeologik birliklarning chog’ishtirish tadqiqi” nomli doktorlik dissertatsiyasi,bir qancha
monografiyalar,nomzodlik dissertatsiyalari,ilmiy maqolalar yaratildi[17;8]. Rus tilshunosligida frazeologik birliklar bilan tadqiqotchilar XVIII asrdan boshlab shug’ullanmoqda. M.V.Lomonosov rus adabiy tili lug’ati rejasini tuzar ekan, bunda so’zlar bilan bir qatorda “Xalq (Rossiya) maqollari”, “frazeslar” va “idiomatizmlar” o’z ifodasini topishi lozmligini alohida ta’kidlagan edi. Rus frazeologiyasi fani tarixi V.L.Arxangelskiy, E.X.Rot, V.N.Teliya, L.N.Royzenson, E.A.Malinovskiyning ilmiy tadqiqotlarida keng izohlangan. Frazeologiya nazariyasining ilk tadqiqotschisi sheytsar fransuz tilshunosi Sharl Ballidir.Olim o’zining ikki yirik asari “Stilistika ocherki” (1905) va “Fransuz stilisikasi” (1909) nomli asarlariga so’z birlashmalari, ya’ni frazeologizmlarni tadqiq etuvchi maxsus boblar kiritilgan edi. U o’zining ilmiy asarlarida frazeologik birlilarning ichki va tashqi belgilarini o’zaro farqlagan edi. U ilmiy ta’limotida tildagi shunday birliklarning structural xususiyatlari, tashqi belgilari,semantik tabiati esa uning ichki belgilari hisoblanishini ko’rsatib beradi. Ferdenand de sossyur esa “Umumiy tilshinoslik kursi” (1916) asarida sintagma, uning belgilari haqida fikr yuritadi.Ingliz tilidagi frzeologizmlarning aksariyati “Oxford Dictionary of English Idioms”, “Longman Dictionary of English Language and Culture”, “Wordworth Dictionary of phrase and Fable” kabi lug’atlarda berilgan.A.V.Kuninning “Aнгло-русский фразеологический словарь”-M.1984; Smit L.P. “Фразеология английского языка”-М,1959. E.M.Soloduxoning “Проблемы интернациональной фразеологии” (на материале языков славянских, германских и романских групп) doktorlik dissertatsiyasida I.Xrazin’skaya “Библиезмы в русскойфразеологии” nomzodlik dissertatsiyalarida frazeologik birliklarning semantik-grammatik xususiyatlari tahlil qilingan. Umuman olganda, frazeologiya keyingi yillarda tez sur’atlar bilan taraqqiy etayotgan tilshunoslik sohalaridan biriga aylandi.Bu sohada juda ko’p mamalakatlar olimlarining e’tiborida bo’ldi. Frazeologik birliklarning tabiati va hosil bo’lish usullari A.M.Babkin, Yu.A.Gvozdaryev ishlarida uchraydi. Frazeologik birliklarning o’zaro sinonimik,antonimik variantdoshlik,omonimik xususiyatlari N.M.Shanskiy,A.M.Melerovich,V.a.Yastelenko ishlarida keng
tahlilga tortilgan. Iboralarning morfologik strukturasi va paradigmatikasi haqidagi ilmiy asoslangan nazariyalar V.P.Jukov, A.M.Chepasova,L.V.Semenkova tomonidan tadqiq qilingan.Frazeologik birliklarning gap tarkibidagi sintaktik vazifasi S.G.Gavrin, L.A.Kim,O.V.Shavkunova ishlarida ko’rsatib berilgan. Iboralarning qiyosiy, struktrual-tipologik tahlil masalalarini Yu.P.Soloduo,R.I.Popovich, ishlarida ko’rish
mumkin.Baynalminal frazeologiya masalalarini V.V.Akurchenko,E.M.Soloduxoning ilmiy asarlarida asoslab berilgan. Ularning ishlari asosan ingliz va rus tillarining qiyosiy tipologiyasiga qaratilgan. Bunda frazeologik birikmalar ikki til misolida qiyosiy tahlil qilingan.[18;16] Shuningdek, badiiy va publistik uslub frazeologiyasi masalalari ham tilshunoslikda keng o’rganilgan.Bu sohada V.N.Vakurov, M.A.Bakina, A.G.Lomov, I.Ya.Lepeshov ishlarini misol tariqasida keltirish mumkin. Ilmiy ishlardan tashqari tilshunslikda darslik va qo’llanmalar ham yaratilgan, A.V.Kunin, N.M.Shanskiy, V.P.Jukovlarning frazeologiyaga oid darslik va monografiyalari shular jumlasidandir. Frazeologiya va frazeologiyaning shakklanish tarixini o’rganish L.I.Raoyzemson, M.M.Kopilenko, Y.X.Rog, V.N.Teliya, Y.A.Malinovskiy kabi yetuk olimlarning ishlari bag’ishlanganligi ilm axliga ma’lum. Jahon tilshunosligida frazeologiyaning germanistika va romanistiksi erishgan yutuqlar bevosita yetuk
oilmlar N.N.Amosova, A.V.Kuninlarning ingliz frazeologiyasi tadqiqiga bag’ishlangan ilmiy ishlari katta ilmiy qiymatga ega.Nemis frazeologiyasining rivojlanishida I.I.Chernesheva, A.D.Rayshteyn xizmatlari ulkan bo’lsa, fransuz tili frazeologizmlari ustidan V.G.Gag, N.N.Kirilova, A.G.Nazaryan ilmiy tadqiqotlar olib borganlar. O’tgan XX asrning so’ngi qirq yilida xamdo’stlik mamlakatlarida frazeologiya sohasida ilmiy qiymatga ega bo’lgan yuzlab ishlar yuzaga keldi. Ozarbayjon tilshunosligida bu sohada K.Yu.Aliyev, G.A.Bayramov, A.Gurbanov kabi olimlar ilmiy izlanishlar olib borib frazeologiya ilmining rivojlanishiga katta hissa qo’shganlar. Arman, boshqird, gruzin tilshunosligida ham frazeologiya masalalari keng o’rganilgan P.S.Bediryan, E.U.Gevorkyan, Z.G.Uraksin, A.L.Onlani, A.A.Taxashivili kabi olimlarning ilmiy izlanishlari aynan frazeologiya ilmining taraqqiyoti bilan bevosita bog’liq. Shunday qilib frazeologiya tilshunoslikning alohida mustaqil sohasi sifatida shakllandi. Taniqli frazeolog olima N.N.Amosova to’g’ri takidlaganidek “Bu lingvistik sohaning shakllanishi va taraqqiyoti ko’plab frazeolog olimlarning turli tillar bo’yicha olib borgan tadqiqotlari ”[6;46]. Download 0,72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling