81'364. 2 Shamsutdinov mehroj sabirovich


particular” – qalin tuman iborasini birinchi marta qo’llangan.  L’yuiz  Kerollaning  asarida  qo’llangan  “to  grim  (smile)  like  a  cheshira  cat”


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana30.05.2020
Hajmi0.72 Mb.
#112200
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
frazeologik birliklarning shakil va mano manosabati(1)

particular” – qalin tuman iborasini birinchi marta qo’llangan. 

L’yuiz  Kerollaning  asarida  qo’llangan  “to  grim  (smile)  like  a  cheshira  cat” 

iborasi – “istehzoli jilmaymoq” (kulmoq) deb tarjima qilingan. 

     Iboraning  paydo  bo’lishi  tarixi  quyidagicha:  Cheshir  viloyati  o’zining  mazali 

pishloqlari  bilan  mashhur  bo’lib,  korxona  pishloqlarining  bir  turida  kulib  turgan 

mushukning 

boshi 

tasvirlangan 



edi.,bu 

korxonaning 

tamg’asi 

bo’lgan.Garchi,mazkur  frazeologizm  ancha  oldin  paydo  bo’lsa  ham,  L’yuiz 

Kerollaning“Alisa  mo’jizalar  mamlakatida”nomli  kitobi  nashr  qilingandan  keyin 

mashhur bo’lgan. 



     “Tweedledum  and  tweedledee”  –bir  –  biriga  o’xshash,ikki  tomchi  suvdek 

o’xshash  iborasi  Djorj  Gordon Bayrontomonidan  amalga kiritilgan bo’lib,  XVIII 

asrda bir-biriga o’xshash ikkita musiqa maktablarining kelib chiqqan. 



     “Canterburry  story”  –  uzun  zerikarli  hikoya.  Jon  Choserning  “Kenterberi 

hikoyalari” asari nomidan kelib chiqqan. 

     Xullas  adabiyotga  oid  joy  nomlari  bilan  kelgan  frazeologik  birliklar  badiiy 

asarlar,  ularning  paydo  bo’lishi  bilan  bog’liq  holda  ishlatiladi.Odamlarning 

kundalik hayoti, rasm–rusmlari va urf–odatlari bilan bog’liq omillar asosida paydo 

bo’lgan  uchinchi  guruh  frazeologizmlar  kishilarning  kundalik  hayoti  va  urf  – 

odatlari, rasm – rusumlari bilan bog’liq holda rivojlandi. 

1.Send somebody to Coventry – biror kishini tosh bo’ron, quvg’in qilmoq. 


Ma’lumki,Koventry  –  Angliyaning  markaziy  shaharlarining  birida  joylashgan 

kichik bir  tuman.  Shahar xalqi  askarlarni shu  darajada  yomon  ko’rishganki.  Ular 

bilan  gaplashib  turgan  ayolni  ko’rganlarida,  shu  zahotiyoq  toshbo’ron  qilishgan. 

Koventriga  yuborilgan  askarlar  bilan  shahar  aholisi  umuman  aloqada  bo’lmagan. 

Klarendoning  “Angliyada  Buyuk  Tiklanish  va  Fuqarolar  urushi  tarixi”  asarida 

yozilishicha,  ingliz  inqilobo  davrida  Koventrida  ashaddiy  royalistlar  (monarxiya 

tarafdorlari)  qamoqxonasi  bo’lgan.  Shu  sababdan  “send  somebody  to  Coventry” 

iborasi paydo bo’lganligi aniqlandi. 

2.  Gretna  Gren  (Scotch)  marriage  –  o’smirlar  orasidagi  nikoh.  Gretna  Gren 

Angliya va Shotlandiya chegaralari o’rtasidagi kichkina qishloq. Shotlandiya 1969 

yilga  qadar  o’smirlar  orasida  turmush  qurishga  ruxsat  berilgan.  Odatda  yosh 

sevishganlar  turmush  qurish  uchun  o’sha  yerga  qochib  ketishgan.  Ana  shu 

sababdan, ushbu frazeologizm paydo bo’lgan. 

3.  Harley  street  –  “shifokorlar”  Londonning  tibbiyot  dunyosi.  Xarli  strit 

ko’chasida  Londonning  mashhur  shifokorlarining  kasalxonalari  joylashgan.  Ana 

shu boisdan “Harley street” iborasi paydo bo’lgan. 

4.  people  north  of  natford  –  qoloqxalq.  London  va  qo’shni  viloyatlar  aholisi 

o’zlarining xulq –atvorlarini oq suyaklarnikiga xos deb bilib, Uotford viloyatining 

shimolida  yashovchi  odamlarni  qoloq  urf-odatlari  va  tor  dunyo  qarashlari  uchun 

mensimaydilar. Angliyaning shimolida va poytaxtda yashovchilar o’zlarini boshqa 

viloyatlardan an’anaviy tarzda tarzda yuqori tabaqadan deb bilishadi. 

5.  Custom  on  Kent  –  biror  narsani  teng  taqsimlash.  Kent  viloyati  urf  – 

odatkariga ko’ra, otasining o’limidan so’ng vasiyatnoma bo’lmagan taqdirda aka-

ukalar  o’rtasida  yerlar  teng  taqsimlangan.  Joy  nomlari  bilan  bog’liq 

frazeologizmlarda o’sha xalqning o’tmishi va bugungi kuni bilan bog’liq ijtimoiy – 

iqtisodiy va ishlab chiqarish hayoti namoyon bo’ladi. 

     Jumladan,  quyidagi  frazeologizmda,Nyukaslda  (Nyukasl  Angliyaning  ko’mir 

ishlab chiqarish sanoati markazi)sanoat ishlab chiqarishhaqidagi fikr bayon etiladi. 



Carry Coals Newcastle, (sell,take) coals to Newcastle. 

-As  true  as  Rippon  Steel  –  ishonchli,sodiq,haqiqatgo’y,  frazeologik  birlik  

Angliyaning  Ripon  shahrida  ko’plab  eritish  zavodlari  joylashganligi  uchun  tilda 

ishlatilgan. 

 Tarkibida  joy  nomlari  qatnashgan  frazeologizmlarning  ayrimlari  tabiat  hodisalari 

bilan bog’liq bo’lib, o’simlik va hayvonot dunyosi asosida shakllangan[49;6] 



“Keswick codlin” – olma navi; 

“Cambridge oak” – tol hayvonot olamini aks ettiruvchi frazeologizmlarga “Jack 

of  Dover”  –  baliq,  “as  valiant  as  an  Essex  lion”–  qo’rqoq,  jur’atsiz  kabi 

frazeologizmlarni  misol  qilib  keltirish  mumkin.  Shunday  qilib,  toponimlar-joy 

nomlari  bo’lib,ular    asosida  yaratilgan  frazeologik  ,irliklar  tilni  boyish 

manbalaridan boridir.Ular xalq tomonidan yaratilgan va xalqqa xizmat qilidigan til 

birligidir. 

 

3.2   Madaniyatlarning o’zaro ta’siri ostida paydo bo’lgan 

frazeologizmlarning lingvomadaniy  xususiyatlari 

 

     Hozirgi zamonda frazeologizmlarni lingvokul’tralogiyada o’rganish dolzarb va 

munozarali  masalalardan  hisoblanadi.  Frazeolizmlarning  milliy  –  madaniy 

xususiyatlarini  aniqlash,  farq  qiluvchi,  o’xshash  jihatlarini  aniq  va  obyektiv 

yoritish  maqsadida  birinchi  navbatda  ularning  kelib  chiqishi  tarixi,  manbalarini 

ya’ni etimologiyasini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi. 

     Frazeologizmlarning  aksariyati  ingliz  tilida  ham,  o’zbek  tilida  ham  xalq 

tomonidan yaratilgan, ularning mualliflari ma’lum emas, kelib chiqish manbalarini 

aniq ko’rsatish ancha qiyin.A.V.Kunin “Ingliz tili frazeologizmlari  aksariyatining 

mualliflari noma’lum bo’lib,ular xalq tomonidan yaratilgan” [21;45] degan fikrlari 

asoslidir. 


Madaniyatlarning  o’zaro  ta’siri  asosida  paydo  bo’lgan  frazeologizmlarni  uchga  

bo’lish mumkin: 

1.Injil asosida yuzaga kelgan frazeologik birliklar. 

2.Qadimgi afsonalar asosida shakllangan frazeologik birlilar. 

3. Yevropa tillaridan o’zlashgan frazeologik birliklar. 

     Injil  asosida  kelib  chiqish  freazologizmlarning  semantik,lingvokul’turologik 

aniqlashda  lug’atlarni  tahlil  qilish,lingvistik  tahlil  va  statistik  metodlari 

qo’llaniladi. 

    Din  bu  madaniyatning  o’zida  namoyon  qiluvchi  bir  namuna  va  inson 

tasavvurining  muhim  qismidir:  Din  frazeologizmining  mihim  manbalaridan  biri 

hisoblanadi.  Xristian  dinida  bo’lgan  Britaniyaliklarning  muqaddas  diniy  kitobi 

Bibliya hisoblanadi. Shuning uchunham ayrim iboralar qatorida joy nomlari hamda 

oziq-ovqat  komponentli  frazeologizmlar  ham  og’zaki  ham  yozma  nutqda 

Bibliyadan  olingan. Bibliya  frazeologiyasi  internatsional  frazeologik  fondning  bir 

qismini  tashkil  qiladi  va  aksariyat  Yevropa  tillarida  keng  tarqalgan  Bibliyadan 

olingan frazeologizmlar bibleizmlar deb ataladi[25;74]. 

    Bibliya frazeologizmlari quyidagi  lug’atlarda ko’p uchraydi: Oxford Dictionary 

of  English  Idioms,  Longman  Dictionary  of  English  Language  and  Culture, 

Wordsworth Dictionary of Phrase and Fable. 

    E.M.Soloduxo  ishlarida  ko’p  tillar  frazeologiyasida  yetarlicha  keng  qatlamda 

namoyon  bo’luvchi  “frazeologik  internatsionalizm”ni  tahlil  qilgan  “frazeologik 

yaqinlashuv” nazariyasi?  Bibliya frazeologiyasiga qiziqish uyg’otadi. 

     Frazeologik    internatsionalizmning  asosini  nafaqat  Rim  va  Grek  mifologiyasi, 

butun  shahar  adabiyoti  va  tarixiy  kiruvchi  birliklar  balki  Bibliya  tarkibidagi 

frazeologik  birliklar  ham  tashkil  qiladi  E.M.Soloduxo  frazeologik  internatsiona-

lizm  o’zlashmalari manbasi va asosi tushunchalarining farqini kuzatadi va birinchi 

tushuncha ikkinchisiga qaraganda ancha keng ekanini ko’rsatib beradi[13;60]. 


    Muqaddas diniy kitobdan kelib chiqqan so’z va iboralar S.Stoffeldning “Studies 

in  English,written  and  spoken”  asarida    keng  tahlil  qilingan.  Ushbu  asarning 

“Scriptual  phrases  and  allusions  in  Modern”  bobida  muallif  bibliya  iboralari  va 

ularning etimologiyasini o’rganib ilmiy tadqiq qilgan. 

    G’arb  tilshunosligida  bibleizmlarni  o’rganib  L.P.Smit  nomi  bilan  bog’liq.  U 

o’zining  “Inglish  tili  frazeologiyasi”  kitobida  bibliya  iboralariga  bag’ishlangan 

bo’limida  o’rgangan.  Muallif  “Ingliz  tiliadagi  bibliya  oborotlari  va  iboralarning 

soni  shunchalik  ko’pki,  ularni  yig’ish  va  sanab  chiqish  juda  oson  vaznda  emas” 

deb ta’kidlaydi[6;17]. 

     Shuningdek,L.P.Smit  ingliz  tili  nafaqat  birtalay  bibliya  so’zlarini,  balki  o’zida 

qadimgi Yevrey va Yunon idiomalari so’zma-so’z tarjimasini namoyish qiladigan 

bibliya idiomatic iboralarini ham o’z ichiga oladi deb tasdiqlaydi. Shunday qilib, 

L.P.Smit, 

I.Xorazin’skayav 

V.A.Mendelyonlarning 

tarifidan 

ko’rinib 

turibdiki,bibleizmlar so’z emas,shubhasiz so’z birikmalaridir. 

      Madaniyatlarning  o’zaro  ta’siri  ostida  yuzaga  kelgan  frazeologizmlardan  biri 

injil  asosida  paydo  bo’lgan  frazeologizmlardir.Ularning  bir  nechtasini  tahlilga 

tortamiz.       

     1.  “Bull  of  Bashan”  gurillagan  ovozli  odam.  Ushbu  frazeologizmning  paydo 

bo’lishiga sabab Bashan Falastin davlatidagi bir viloyat bo’lib,qadimda bu shahar 

o’zining  chorva  mollari  bilan  mashhur  bo’lgan.  Bull  –  ho’kiz  ma’nosidagi 

inglizcha so’z. Basbon esa joy nomli demak, chorvachilikka asoslangan bu shahar 

nomi bilan “Bull of Bashan” frazeologizmi yuzaga kelgan. 

      2.  “Balm  in  (yoki  of)  Gilead”  –  taskin,  tasalli,  ovunish  kabi  ma’nolarda 

ishlati-ladigan  frazeologizm.Injil  kitobida  yozilishicha,Gava  shahri  atroflarida 

o’suvchi  butta  bo’lib,undan  olinadigan  sharbat  turli  kasalliklarga  davo 

bo’lgan.Undan malham bilan kasalliklar davolanilgan. Shu tariqa “Balm in Yiled” 

frazeologizmi paydo bo’lgan. 


      3.  “Sodom  and  Gomorrah”  –  buzuqlik,  gunohga  botgan  joy,  tartibsizlik, 

fahsh, axloqsizlik, ichkilikbozlik. 

     Muqaddas  kitob  Injilda  bu  haqda  shunday  ma’lumotlar  keltiriladi.Sodom  va 

Gomarda  yahudiylar  shahri  bo’lib,  shaharda  yashaydigan  aholi  xudoga 

bo’ysunmagan,  o’zboshimchalik  qilib,  buzuqlikka,  axloqsizlikka  muxkasidan 

ketishgan.  Parvardigor  ularni  jazolashga  ahd  qilib,  ularga  olovli  yomg’ir  va  yer 

qimirlashini yuboradi. Natijada bu ofatdan shaharlar vayron bo’ladi. Shaharlardagi 

qirg’in  barot  urushlar  o’rnida  hozirda  O’lik  dengizini  vujudga  keltiradi.  O’lik 

dengizda esa hech qanday tirik jon yashay olmaydi. 

     4.  “Plagues  of  Egypt”  chidab  bo’lmaydiganjuda  yomon  sharoit.  Tarixdan 

ma’lumki, “Egypt” hozirgi Misr fir’avini yahudiylarni Misrga qirg’inlariga ruxsat 

berilganligi  sababli  Olloh  tomonidan  ular  jazolanib  shu  nom  berilgan.  Natijada 

yuqoridagi “plagues of Egypt” frazeologizmi tilga kirib kelgan. 

     5. “The tower of Babel” – Bobil minorasi, tillarining aralashishi. 

    “Babel” – Bobil (hozirgi) Iroq davlatining yahudiy tilida aytilishi. Agar so’zning 

kelib  chiqishi  chuqurroq  tahlil  qilinsa,ibora  ingliz  tiliga  bevosita  qadimiy 

tavrotning asl nusxasidan o’zlashganligini ko’rish mumkin. 

      6.  “Lady  of  Babylon”  –  a)  axloqsiz  ayol,b)  Rim  katoli  cherkovi.  Ushbu 

frazeologizmning ham asl ma’nosi fohishabozlikka borib taqaladi. Chunki tarixdan 

ma’lumki,  Babylon  (Bobil)  faxsh  va  buzuqlik  mamlakati  bo’lgan.  Xulosa 

qilinganda,  Injil  asosida  yuzaga  kelgan  frazeologik  birliklarda  joy  nomlari 

madaniyatlarning o’zaro ta’siri asosida paydo bo’lganligini ko’rish mumkin[31;36] 

     Injil  aosida  yuzaga  kelgan  frazeologizmlardan  tashqari  qadimgi    afsonalar 

asosida 


shakllangan 

frazeologizmlar 

mavjud. 

Ma’lumki, 

qadimgi 

afsonalar,asotirlar  xalq  tomonidan  yaratilgan  bo’lib,  ular  o’sha  xalq  madaniyatini 

ko’rsatishga xizmat qiladi. 

     Qadimgi  afsonalarga  qaraganda,  yunon  xudolari  muqaddas  Olimp  to’g’larida 

yashagan.  Tog’ning  balandligi  3000  metr  bo’lib,  tog’ning  asosiy  qismi  bulutlar 


bilan  qoplangan.  Yunon  xudolari  Olimp  tog’ida  aqli,  inoq,  tinch  –  totuv  va 

osoyishta  yashaganliklari  uchun  barcha  ijobiy  fazilatlar  Olimp  tog’i  nomi  bilan 

ishlatilgan.  Shu  boisdan  tilda  “Olimpian  Calmnass”  –  tinch  –  osoyishta 

frazeologizmi paydo bo’lgan. 

     Yunon afsonalarida yozilishicha, Parnas Yunonistonning tog’li bir qismi bo’lib, 

tog’ning  balandligi  2457  metr.  U  yerdan  yunon  xudosi  Appolon  va  muzalar 

istiqomat qilishgan. Parnas nomi bilan bog’liq quyidagi frazeologizmlar mavjud. 

      “Ascent  Parnassus”,  “join  Parnassian”  –  shoir  bo’lmoq.  Yunon  afsonalariga 

ko’ra san’at, adabiyot va fan ilohasi, ilhom parisi. 

      Qadimgi yunon afsonalarida ta’kidlanishicha Gades – ruhlar yashaydigan koy. 

Aslida  Gades  qorong’u,  zimiston  joy  ma’nosida  ishlatiladi.  Ammo  uning  boshqa 

bir  ma’nosi  bo’lib,  u  “hot  as  Hades”  frazeologizmida  Gades  do’zax  ma’nosida 

ishlatiladi.  Xuddi  shunday  Stins  daryosi  nomi  bilan  bog’liq  frazeologizmlar  ham 

mavjud. 

      “Cross  the  Stygian  (Styx)”  –  o’lmoq,  dunyodan  ko’z  yummoq,  olamdan 

o’tirmoq, dorilbaqoga ketmoq, vafot etmoq. 

     Afsonalarga  ko’ra  Stins  daryosi  orqali  o’lgan  insonlarning  ruhlari  o’liklar 

dunyosiga o’tishgan. 

Shunday  qilib,  afsonalar  xalq  tomonidan  yaratilgan  noyob  asarlar  bo’lib,  ularda 

ko’plab frazeologizmlar ishlatilgan. 

      Madaniyatlarning  o’zaro  ta’siri  ostida  paydo  bo’lgan  frazeologizmlarning 

aksariyati  boshqa  tillarda  kirgan  frazeologizmlardir.  Joy  nomlari  bilan  bog’liq 

frazeologizmlarning  aksariyati  ingliz  tiliga  asosanlotin  va  fransuz  tillaridan  kirib 

kelgan. 

     Masalan:  (to  build)  castles  in  Spain  –  ushalmas  orzular.  (etimologik  jihatdan 

fransuzcha  Chateaux  en  Espagne).  Ushbu  ibora  ingliz  tiliga  fransuzlarning 

“Chansons de Geste” nomli qahramonlik eposidan kirib kelgan. 



     Yunonistonning  Attika  shahri  qadimiy  shaharlaridan  biri  bo’lib,shahar 

aholining  ko’pchiligi  o’zining  o’tkir  zehni  bilan  boshqa  shahar  fuqarolaridan 

ajralib  turishgan.  Shunga  asosan  “Altic  salt”–  nozik  qochirg’ish,  o’tkir  zehn 

frazeologizmi paydo bo’lgan. 

     Xulosa  qilib  shuni  ta’kidlash  kerakki,milliy  va  madaniy  frazeologizmlarning 

aksariyati xalqning kundalik turmush tarzi,rasm – rusumlari va urf – odatlari bilan 

bog’liq.  Madaniyatlarining  o’zaro  ta’siri  asosida  paydo  bo’lgan  frazeologik 

birliklarning tahlili O’zlashtirma iboralarning bir – biriga o’xshashligini ko’rsatadi. 

     Yuqorida  keltirilgan  misollar  tahlili  shuni  ko’rsatadiki,tarkibida  joy  nomlari 

qatnashgan  frazeologizmlarning  aksariyati  milmiy  –  madaniy  sharoitida  vujudga 

kelib, frazeologik qatlamni boyitadi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

UMUMIY  XULOSALAR 

1.  Umumtilshunoslikda  frazeologiya  alohida  fan  sohasi    sifatida  shakllanadi  va 

o’zining taraqqiyot bosqichlarida rivojlanadi. Shu sohada bir nechta frazeologik 

lug’atlar  yaratildi.  Darslik,  o’quv  qo’llanmalari  chop  etildi    frazeologiya 

ilmining mundarijasi kengaydi. 

2.  Frazeologik  birliklar  tarkibi  bir  nechta  so’zdan  iborat  bo’lishiga  qaramay,  ular 

yagona umumiy ko’chma ma’no bilan birlashadi va ta’sitchanlik va obrazlilikni 

ifodalaydi. 

3.  Frazeologik  birliklarda  emotsional  –  ekspressivlikdan  tashqari,xalqning  urf-

odati, madaniyati, yashash tarzi hamda milliy kaloriti mavjud bo’ladi. 

4.  Frazeologik  birliklar  shakl  va  ma’no  munosabatiga,  etimologiyasiga  va 

zamonaviyligiga ko’ra farqlanadi. Ulardagi polisemiya serqirra ma’nolarga ega 

ekanligini ko’rsatadi. 

5.  Tarkibida  joy  nomlari  qatnashgan  frazeologizmlarning  aksariyati  milliy  – 

madaniy sharoitda vujudga kelib, frazeologik qatlamni boyitadi. 

6.  Joy  nomlarini    ifodalovchi  frazeologizmlar  xalqning  kundalik  turmush  tarzi, 

qadriyatlari,  milliyligi,  bugungi  va  ertangi  orzu  –  istaklarini  ifodasi  asosida 

yuzaga keladi. 

7.  Frazeologik  birliklarning  uslubiy  ma’nosi  ikki  komponentdan  iborat  bo’ladi: 

ekspressiv baho bo’yog’i va funksional uslubiy bo’yoq. 

8.  So’z  san’atkorlari so’z  o’yinlari hosil qilish hamda  asarlarining  ta’sirchanligini 

oshirish maqsadida frazeologik birliklardan o’rinli foydalanadilar. 

9.  Frazeologik birliklar hayotiy voqealar, ijtimoiy – tarixiy hodisalar bilan bog’liq 

holda paydo bo’ladi va davr o’tishi bilan eskirib iste’moldan chiqadi. Eskirgan 

frazeologizmlar  esa  tasvirlanayotgan  davr  ruhini  berish,  personajlar  nutqini 

individuallashtirish uchun ishlatiladi. 

 

 

 



 

FOYDALANILGAN    ADABIYOTLAR 

I Ijtimoiy  - siyosiy adabiyotlar. 

1.  Mirziyoyev  SH.M.  Erkin  ba  farovon  demokratik  O’zbekiston  davlatini 

birgalikda barpo etamiz.T:. “O’zbekiston” 2018.596 – B .14 

2.  “Chet tillarini o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora  – tadbirlari 

to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1875 – sonli qarori, - 

T: 2012. “Ma’rifat” gazetasi,№99 



II Ilmiy adabiyotlar 

1.Abdullayev  A.Frazeologizmlarning  ekspressivlik  xususiyati.  –  T;  O’TA. 

1996.№5. 

2.Abdullayev A.O’zbek tilida ekspressivlikning ifodalanishi – T:. “Fan” 1983 

3.  Abduazizov A. Tilshunoslik nazariyasiga kirish.T:. “Sharq”.2010. 

4.  AmosovaN.N Основы английской фразeологии-M:.1963. 

5.  AxmanovaA.S. Словарь лингвистических терминов.M:.С.Э.1966. 

6.  Antrushina G.V. English Lexicology.-M:.1985. 

7.  Abdunazarova  A.Некоторые  вопросы  развития  лексики  и  фразеологии 

узбекского    литературного  языка  20-х  годов  (на  материале 

сатирического  журнала  <<Муштум>>),  Афтореферат  дневник  – 

кандидата фил.наук.Т:. 1969.- 20c 

8.  Baratova M.Ingliz  va  o’zbek tillarida frazeologizmlarning ma’no va shakl 

xususiyatlari. Magistrlik dissertatsiyasi. Buxoro ,2004. 

9.  Bafoyeva  M.  Badiiy  nutqda  frazeologik  sinonimlardan  foydalanish.-

T:.O’TA. 2003.№2-Б.48-50. 

10. Berdiyorov  H.  Rasulov  R.  O’zbek  tilining  paremiologik  lug’ati.  –  T:. 

“O’qituvchi”.1984. 

11. Vinogradov V.V.Leksikologiya va leksikografiya – M:.1977. 

12. Gindzburg  G.A. A course in Modern English Lexicology. – M:.1966. 

13. Doniyorov X.,Yo’ldoshev B. Adabiy til va badiiy stil’. – T:. “Fan”.1988. 


14. Ziyayev  A.Ingliz tilida so’z  ma’nolarini kuchaytirishning kognitiv talqini  – 

F:.2011. 

15. Yo’ldoshev  B.Hozirgi  o’zbek  tilida  frazeologik  birliklarning  funktsional  – 

uslubiy  xususiyatlari.  Filologiya  fanlari  doktori  dissertatsiyasi  avtoreferati. 

T.:1993- 47b. 

16. Yo’ldoshev  B.,O’zbek  frazeologiyasi  va  frazeografiyaning  shakllanishi 

hamda taraqqiyoti. – S.:2007. 

17. Yo’ldoshev B. Frazeologizmlarning adabiy til normasi munosabatiga doir. – 

T.: O’TA,1992.№3.-37-42b. 

18. Yo’ldoshev  B.,  Xalilov  Q.  Shoir  Erkin  Vohidovning  frazeologizm  qo’llash 

mahorati haqida, Samarqand.2007.(monografiya) 

19. KuninA.V.  Курс  фразеологии  современного  английского  языка  – 

М.1986. 

20. KuninA.V. Англо – русский фразеологический  словарь – М.:1967. 

21. KuninA.V.Английская фразеология – М.: 1970.-312c. 

22. Mamatov  A.E.  O’zbek  tili  frazeologizmlarining  shakllanishi  masalalari. 

DDA. – T.:1999.-50b. 

23. Mamatov A.E. O’zbek tili frazeologizmlarining shakllanishi . – T.: 1997. 

24. Mamatov  A.E. O’zbek  tilida  frazeologizmlarning  shakllanishi  masalalari.  – 

T.: O’TA,2001 № 3.-.46-49b. 

25. Mamatov  A.E.  Hozirgi  zamon  o’zbek  adabiy  tilida  lelsik  va  frazeologik 

norma muammolari. – T.:1991 

26. Mamatov A.E., Almamatov  Sh.  Frazeologik transpozitsiya va uni o’rganish 

haqida. Uslubshunoslik  va  frazeologiyaning dolzarb muammolari. SamDU   

to’plami.2007. 

27. Nasrullayev  N.Z.  Ingliz  tili  frazeologik  birliklar  semantikasidagi  gender  

konsepsiyasi.Doktor diss.... avtoreferati.T:.2018.-104 b.                                

28. Narimonova  Z.  Frazeologik  iboralarning  tarjimasi  haqida.  O’zMU 

to’plami.2007. 


29. Niyazmetova D.Ingliz tilida oziq – ovqat komponentli  frazeologizmlarning 

lingvistik 

tadqiqi.(Bibliya 

materiallari 

asosida) 

BuxDU 


Ilmiy 

Axboroti.2012.№4.-B 56-59. 

30. Ne’matov H.,Rasulov R.O’zbek tili  sistem  leksikologiyasi. – T.:1995. 

31. Pinxasov U. Hozirgo o’zbek adabiy tili leksikologiyasi. – T.: “Fan”,1968. 

32. Rafiyev A. Iboralar nutqimiz ko’rki – T.: “Fan” 1985. 

33. Raxmatullayev  Sh.  O’zbek  tili  frazeologiyasining  ba’zi  masalalari    -  T.: 

“Fan”. 1966.-55 –58 b.  

34. Raxmatullayev  Sh.  Frazeologik  birliklarning  asosiy  ma’no  turlari.  –  T.: 

Akadem nashr.1985. 

35. Raxmatullayev Sh . O’zbek tilining frazeologik lug’ati. – T.: Qomuslar yosh 

tahririyati. – T.:1982. 

36. Rajabova  M.  Ingliz  tilida  kishi  nomlari  bilan  kelgan  frazeologizmlarning 

kelib chiqishi tarixi. BuxDU Ilmiy Axboroti. 2011№2(42) –B 70 –75.  

37. Rajabova  M.  Ingliz  tilida  joy  nomlari  bilan  kelgan  frazeologizmlarning 

lingvomadaniy talqini. . BuxDU Ilmiy Axboroti. 2012№4.B.38-42. 

38. Raevskaya N.N. Лексикология английского языка. К.:1977. 

39. Холмуродова  Л.Э.  Инглиз  ва  француз  тилларидаги  образли  ва 

мотивлашган  фразеологизмларнинг  тематик-идеографик  талқини. 

Лингвомаданий аспект.Т.:2017-B 6-7. 

40.  Urazmetov 

A.M. 

Toponimik 



komponentli 

frazeologizmlarning 

lingvokul’turologik aspekti.T.: O’TA,2006 № 5, - B  46 – 48. 

41. Shoabduraxmonov Sh va b. Hozirgi o’zbek adabiy tili. – T.:1980. 

42. O’zbek tilining izohli lug’ati.2 tomlik.1 – 2 tom, - T.:1981. 

43. Qilichev E. O’zbek tilining praktik stilistikasi. – T.: O’qituvchi.1985. 

44. Qilichev E. Sinonimik iboralarning uslubiy xususiyatlari.SamDU to’plami. – 

S.:2006.-B 66-68 . 

45. Haydarov A.,Choriyeva Z. Ingliz tilida frazeologik birliklarning semantik  – 

grammatik  va  uslubiy  xususiyatlari.  Tilning  leksik  –  semantik  tizimi    va 



qiyosiy tipologik izlanishlar: sinxroniya – diaxroniya. Materiallar to’plami – 

T.: “Muharrir”, 2012.-B.8 – 10. 

46. Haydarov  A.,  Jo’raqulova    G.Frazeologik  iboralar  tarjimasi  xususida. 

Tilning leksik – semantik tizimi va qiyosiy tipologik izlanishlar: Sinxroniya 

va diaxroniya. Materiallar to’plami – T.: “Muharrir”, 2012.-B.10 – 12. 

47. Haydarov A., Zaripova R.Ingliz va O’zbek tillarida joy nomlari bilan bo’gliq 

frazeologizmlarning lingvomadaniy xususiyatlari. Tilning leksik  – semantik 

tizimi,qiyosiy  tipologik  izlanishlar  va  adabiyotshunoslik  muammolari  –  T.: 

2014.-B. 5 – 6. 

                               III.BADIIY  ADABIYOTLAR 

1.Jack   London.Martin  Eden. Davr  Press.2010.-B.46. 

2.Th.Dreiser. Sister Carrie.Davr,Press.2012.-B-15-18. 

3.E.Hemingway.The old man and the sea.M.: Publishing house.1956. 

4. A.Qodiriy. O’tgan kunlar. T.Sharq matbaa  konserni.2010. 

 

IY.INTERNET  SAYTLARI 

https//en.wikipedia.org/wiki/Phraseology 

http//wedascorpus.org/Corpus Analysis of the World/Wide Wed/pdf 

http//www.redalyc.ord/articulo.oaid=307455321002 

https:doi.org/10.1163/9789401204347  007 

http//www.oxfordscholarship.cjm/view/10.1093/acprof:oso/9780199654864.

001.0001/acprof-9780199654864-chapter-4 

 

 



Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling