81'364. 2 Shamsutdinov mehroj sabirovich


I was almost at death’s door last week


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana30.05.2020
Hajmi0.72 Mb.
#112200
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
frazeologik birliklarning shakil va mano manosabati(1)


I was almost at death’s door last week. (very sick) [73;106] 

Frazeologik  ma’no  va  qo’shimcha  ottenkalardan  iborat  bo’ladi.Belgi,harakat 

haqida frazeologizm ifodalaydigan ma’lumot frazeologik ma’no deyiladi. 

Masalan: Qizim boshimni osmonga yetkazdi. 

       Frazeologik  ma’no  obrazli  va  jozibali  bo’ladi.  Shu  xususiyati  bilan  leksik 

ma’noli  so’zlardan  biroz  ajralib  turadi:  xufiya-yeng  ichida,  beqiyos  yer  bilan 

osmoncha,xursand-og’zi  qulog’ida.Ayrim  frazeologizmlar  bildirilgan  ma’nolarni 

bir  so’z  bilan  ifodalab  qo’ymaydi.Masalan;  Qildan  qiyiq  topib  janjal  chiqaradi. 

Qosh  qo’yaman  deb  ko’z  chiqarib  qo’ydi.  [25;15]  Frazeologik  ma’no  ibora 

tarkibidagi  so’zlardan  birining  ko’chma  ma’no  berishi  (shirin  so’z,  achchiq  gap, 

ishning  ko’zi,  gapning  tuzi)  mumlin  yoki  tarkibidagi  komponentlarning 

ma’nolariga  aloqasi  bo’lmay  ko’chma  ma’no  anglatish  mumkin.  Masalan;  boshi 

osmonga  yetdi,  tepa  sochi  tik  bo’ldi,  yulduzni  benarvon  uradi,  yuragiga  qil 

sig’maydi.  Tilshunos  A.E.Mamatov  o’zbek  tili  frazeologizmlarning  shakllanishi 

doirasida 4ta katta guruhni ajratib ko’rsatadi.[24;65] 

         1. Shaxs faoliyati va psixikasi bilan bog’liqligi  jihatdan 

         2. Kasb – korga bog’liqligi 

         3. Hayvonlarga obrazlar asosida 



         4. Din va dindonlarga bog’liqligi jihatdan shakllangan frazeologizmlar. 

Masalan: og’iz ochmadi, o’pkasi to’ldi, bo’zchining mokisidek, surpasi quruq, 



it-mushuk  bo’ldi,  dumi  xo’rjinda,  xudo  ko’tarsin,  payg’ambar  hasasi  bilan 

turgan va hokazo.   

    O’zbek  xalq  maqollarida  ham  semantik  jihat  mavjud.  Maqollar  semantik 

jihatdan ikki xil bo’ladi; 

a)  O’z ma’nosida bo’lgan maqollar 

b)  Ko’chma ma’nodagi maqollar 

      Frazeologik  birlashmalarga  asosan  ko’chma  ma’nodagi  maqollar  kiradi.  O’z 

ma’nosidagi  maqollar  frazeologiya  doirasiga  kirmaydi.  Bugungi  ishni  ertaga 

qo’yma,  dushmanga  omon  berma,  yovga  bo’ysinmoqdan  ko’ra  o’lim  afzal 

kabi o’z ma’nosidagi maqollar kirmaydi. Qolgan ishga qor yog’ar, yetti o’lchab 



bir  kes,  ko’rpanga  qarab  oyoq  uzat  kabi  ko’chma  ma’nodagi  maqollar 

frazeologik birlashma tarkibiga kiradi. 

     Iboralar  ham  ifoda  planiga  va  mazmun  planiga  ega.  Sodda  morfemaga  uning 

plani  deb  tovush  tizimi  ko’rsatilsa,murakkab(qo’shma)  marfemada  uni  tashkil 

toptirgan morfemalar ko’zda tutiladi (chilik=chi+lik). 

Shuningdek,  tub leksemada uning ifoda plani deb tovush tizimiga aytilsa, yasama 

leksemada  uning  tarkibidagi  leksema  va  morfemalar  ko’zda  tutiladi: 

talabchanlik=talab+chan+lik kabi. Ko’rinadiki tub til birlikarida (morfemalarda, 

leksemalarda)  ifoda plani deb  tilning  material birliklari –  tovush -  olinadi;  tarkibi 

(murakkab, yasama) til birliklarida esa ular tarkibidagi til birliklari ko’zda tutiladi. 

       Ibora  yirik    til    birligi  bo’lib,  kamida  ikkita  mustaqil  so’zdan  tarkib  topadi. 

Shunga  ko’ra  iboraning  ifoda  plani  deb  so’zlar,  shular  tarkibidagi  til  birliklari 

ko’zda  tutiladi.  Ibora  ham  tarkibli  til  birligi,lekin  uning  ma’nosi  tarkibidagi 

leksemalarga  xos  ma’nolarning  oddiy  yig’indisiga  teng  bo’lmaydi.  Iboraga  xos 

ma’no tarkibidagi leksemalarning ma’nosiga nisbatan mahraj ma’no ustama ma’no 

sifatida  gavdalanadi.  Bu  ma’no  ibora  tarkibidagi  leksemalarning  ma’nosiga 


suyanmasligi  ham  mumkin.  Iboraning  ma’nosi  tarkibidagi  leksemalarga  xos 

ma’nolarning  oddiy  yig’indisi  bo’lmasligi,shular  ustiga  qurilgan  yangi  birma’no 

bo’lishi  sababli,  iboralarda    go’ya    ifoda  plani  bilan  mazmun  plani  orasida 

qandaydir  uzilish  sodir  bo’ladi.  Xususiy  (qismlarga  xos)  ma’nolar  umumiy 

(iboradan  anglashiladigan)  ma’noni  to’g’ridan-to’g’ri  izohlab  turmaydi,  shu 

sababli  iboralarda  ifoda  plani  bilan  mazmun  plani  orasidagi  bog’lanish  shartlilik 

kashf  etadi.  Bu  yerda  bittadan  so’z  yaxlitligicha  ma’lum  bir  obraz 

asosida,ko’chirish yo’li bilan semantic taraqqiyotni boshdan kechiradi. Ma’lum bir 

obraz  asosida  yuzaga  kelgan  ana  shunday  ustama  ko’chma  ma’noga  frazeologik 

ko’chma ma’no deyiladi. Masalan: til tegizmoq iborasi,sha’niga nomunosib,nohaq 

gap  aytmoq  ma’nosini  anglatadi.  Bu  ma’no  to’g’ridan-to’g’ri  ibora  tarkibidagi 

leksemalarning  ma’nosidan  kelib  chiqmaydi.  Masalan:  batareyaga  til 



tegizsam,hech  toki  yo’q  ekan  gapida  erkin  birikma  ishlatilgan.  Bunday 

ishlatishda 



til 

va 


tegizmoq 

so’zlari 

ma’no 

mustaqilligini 



saqlab 

bog’lanadi,ma’noda  yaxlitlanish  yuz  bermaydi.  Kechagi  majlisda  menga  til 



tegizibdi  gapi  tarkibidagi  yuqoridagi  erkin  birikma  emas,balki  ibora 

qatnashmoqda.  Chunki  bu  gapda  til  va  tegizmoq  so’zlaridan  emas,balki  til  



tekizmoq  iborasidan  foydalanilgan.  Endi  til  va  tegizmoq  so’zlariga  xos  ma’nlar-

ning  oddiy    yig’indisi  haqida  emas,balki  ustama  ko’chma  ma’no  haqida  gapirish 

lozim.  Bunday  ma’no  obrazga  suyanib  yuzaga  keladi:tegizish  harakatidan  kelib 

chiqsak,til  deganda  frazeologik  organni  tushunish  kerak,ammo  bu  o’rinda  til 

so’zining  boshqa  ma’nosi  (nutq)  qatnashadi,tegizmoq  fe’lining  ma’nosi shu nutq 

ma’nosiga “gap,so’z” ma’nosi darajasiga konkretlashtiradi (tegizish  harakati uzoq 

davom  etmaydi).Ayni  vaqtda  biror  so’z,gapni  beg’araz  aytish  emas,  “tegizib” 

aytish  ko’zda  tutiladi,shundan  aytiladigan  so’z-gapning  nomaqbul  bo’lishi  kelib 

chiqadi va boshqalar. 

  Yuqoridagicha  obrazli  tasavvurlar  oqibati  sifatida  ayrim-ayrim  so’zlarning 

ma’nosi  ikkinchi  planga  o’tib,birikmadan  yaxlitligicha  yangi  bir  ma’no 

anglashiladi.Ana  shunday  ma’no  frazeologik  ma’no  deyiladi.  Masalan:  O’zbek 



tilida “til tegizmoq’ Iborasi sha’niga dog’ tushmoq”, “nomunosib”, “nohaq gap 

aytmoq” ma’nosini bildiradi. 

       Bu ma’no to’g’ridan-to’g’ri ibora tarkibidagi leksemalarning ma’nosidan kelib 

chiqmaydi. 

       Demak,  frazeologik  birlik  ifoda  jihati  bilan  mazmun  jihatining  o’ziga  xos 

qarama-qarshiligi  va  birligi  asosida  yuzaga  keladi,shunga  ko’ra  frazeologik 

birliklar alohida yondashuvni,o’rganishini talab etadi. 

      Bittadan  ortiq  ma’noni  anglata  olish  til  birliklariga  xos  xususiyat  bo’lib, 

iboralarning  ancha  qismida  uchraydi.  Polosemantik  iboralarning  ko’pchiligi  ikki 

ma’noli,uch ma’noli,to’rt va besh ma’noli iboralar bo’lishi mumkin. 

Masalan: “Boshga qilich kelsa ham” iborasi bitta ma’noni, “aqli yetadi” iborasi, 

ikkita  ma’noni,  “bo’yniga  qo’ymoq”iborasi  uch  ma’noni,  “qo’lga  olmoq” 

iborasiesa to’rt ma’noni anglatadi. 

      Frazeologik  polisemiyada  ham  xuddi    leksik  polisemiyada  bo’lganidek,  bosh 

ma’no  va  yasama  (hosila)  ma’no  farq  qilinadi.  Leksik  polisemiyada  bosh  ma’no 

to’g’ri ma’noga teng; frazeologik polisemiyada, butun farqli ravishda, bosh ma’no 

ham  ko’chma  (obrazli)  ma’no  bo’ladi,chunki  har  qanday  frazeologik  ma’no 

ustama,  ko’chma  ma’no  sifatida  yuzaga  keladi.  Ko’p  ma’noli  iborada  uning 

ma’nolari asosan biri ikkinchisidan o’sib chiqadi. Bazi iboralarning ma’nolari biri 

ikkinchisi  uchun  asos  vazifasini  o’tamaydi,har  biri  o’ziga  shakllangan 

bo’ladi,voqelikdan har gal har xil obraz olish asosida tug’iladi. 

        Ko’pchilik  oboralar  kishi  tana  a’zolarini  atovchi  so’zlar  ishtirokida 

shakllanganligi  sababli  ko’p  ma’nolik  kasb  etadi.Shuni  alohida  ta’kidlash 

lozimki,frazeologik  iboralardagi  ko’p  ma’nolikda  har  bir  semaning  o’z 

xususiyatlari  mavjud  bo’ladi.Bu  xususiyatlar  ma’lum  bir  matnlarda  o’zining 

lisoniy  qirralarini  namoyon  etadi.Metaforaga  asoslangan  ma’no  ko’chishi  aniq. 

Frazeologik berliklarning leksik komponentlari turg’un hisoblanadi. 



Masalan:to  look  a  gift  horse  in  the  mouth  (to  examine  a  person  too  critically). 

To find fault with something one gained without effort). 

–  a big bug (a person to importance) 

–  a  fishout  of  water  (a  person  situated  uncomfortably  outside  his  usual  or 

proper environment). 

         Frazeologizmlarning  semantik  xususiyatlarini  tadqiq  qilish  orqali  ularda 

frazeologik  polisemiya,  frazeologik  sinonimiya,  frazeologik  antonimiya  va 

paronimiya  hodisalari  borligi  aniqlangan.  Frazeologizmlarning  variantlanishi, 

ularning  komponentlari  almashtirilishi,  qo’llanilishi,  tushurib  qoldirilishi, 

transformatsiya  qilishga  bog’liq.  Frazeologik  birliklar  otlik,  ravishlik,  undovlik, 

frazeologizmlar farqlanadi.[10;6] 

    Frazeologizmlar  tarkibiga  kirgan  so’z  turkumlari  ba’zan  o’zlarining  mustaqil 

ma’nolarini  yo’qotadi.  Frazeologizmlar  ayniqsa  leksik-semantic  jihatdan 

sinonimlarga  juda  boy.  Birgina  “asabi  buzilmoq”,  “xafa  bo’lmoq”  manosida 

ishlatuvchi “to be in a bad mood” iborasi ingliz tilida to’qqizta sinonimga ega. 

Bular: 


— to be down in the mouth 

— to be in a bad temper 

— to be in a bad humour 

— to be in a law spirit 

— to be in a dumps 

— to be out of humour 

— to be out sorts 

— to be out of spirits 

ingliz  tilida  semantik  jihatdan  turlangan  frazeologik  birliklar  mavjud  ular  turli 

mavzu doirasida bo’lib, o’sha sohaga oid fikirlarni ko’rsatadi. 

Masala:Salomatlik (Health)ga oid frazeologizmlar. 


be healthy – be sick 

as fit as a fiddle – get sick 

in shape – out of shape 

look like a million dollars – run a fun  

be all right – go from bad to worse 

safe and sound – dead as doornail 

pump iron – pass away  

work out – die of broken heart 



Pul (money)ga oid frazeologizmlar 

Make money              cost an arm and leg 

Can afford                  save up 

give money  



Vaqt(time)ni ifodalovchi frazeologizmlar. 

Regularly:                    day in and day out 

Sometimes:                  now and then,once a year 

Rarely:                         once in a blue moon 

Immediately:               right away,on the spot 

After a short time:       before long,a little bit later 

After a long time:        at last,at long last,it is about time,in the end 

Repeatedly:                  over and over 

Suddenly:                     all at once,all of sudden 

Frover:                         for good 

A long time:                 ages 


         Shunday  qilib,  frazeologik  birliklar  yirik  til  birligi  bo’lib,  kamida  ikki  va 

undan  ortiq  mustaqil  so’zdan  tarkib  topadi.  Shunga  ko’ra,  frazeologik  iboraning 

ifoda jihati deb so’zlar (leksemalar), ular tarkibidagi til birliklari ko’zga  ko’rinadi. 

Frazeologik  ibora  ham  tarkibiy  til  birligi,lekin  uning  ma’nosi  tarkibidagi 

leksemalarga  xos  ma’nolarning  oddiy  yig’indisiga  teng  bo’lmaydi.  Iboraga  xos 

ma’no tarkibidagi leksemalarning ma’nosiga nisbatan maxraj ma’no ustama ma’no 

sifatida  gavdalandi,bu  ma’no  ibora  tarkibidagi  leksemalarning  ma’nosiga 

suyanmaslik  ham  mumkin.  Xulosa  qilganda  frazeologik  iboralarni  semantic 

jihatdan tahlil qilinganda,ular ifoda plani bilan mazmun jihati orasidagi bog’lanish 

shartlilik ifodalaydi. 

 

2.3 Frazeologik sinonim, frazeologik  antonim,  frazeologik  omonimlarning 

shakl  va  ma’no munosabati. 

 

        Frazeologik  ma’no  qo’shimcha  ottenkalardan  iborat  bo’ladi.  Belgi  harakat 

kabilar  haqida  frazeologizm  ifodalaydigan  ma’lumot  frazeologik  ma’no  deyiladi.       

Masalan:  Endi  to’rtinchi  rotani  ham  ratsiya  bilan  ta’min  qilsak,oshiq  olchi 



bo’lardi.  Bu  yerda  ekanizni  eshitib,hech  narsa  ko’zimga  ko’rinmadi,uchib 

bora qolsam dedimi(O) 

      Birinchi misoldagi frazeologizm belgi, ikkinchi misoldagi esa harakat bildiradi. 

Frazeologizmlar,  so’zlar  kabi,yaxlit  bir  ma’no  ifodalasa,  lekin  frazeologik  ma’no 

jihatdan  leksik  ma’nodan  farq  qiladi.  Shu  sababli,  frazeologizmlar  so’zlarga 

sinonim bo’lgan hollarda ham frazeologik ma’no bir-biriga teng bo’lmaydi. 

      Frazeologik  ma’noning  hajmi  lelsik  ma’no  hajmiga  nisbatan  keng,  murakkab 

bo’ladi. Ko’pgina frazeologizmlar ma’nosida so’zning ma’nosida yo’q component 

bo’ladi. Masalan: a hardnut to crack – a very difficult problem.[8;I] 

      Boshida  yong’oq  chaqmoq  –  o’ta  darajada  azoblanmoq.  Ko’rinib 

turibdiki,bu  frazeologizmlar  ma’nosida  yaxlit  ma’no  bo’ladi,  frazeologizmlar 



tarkibidagi  so’zlar  ma’no  mustaqilligiga  ega  bo’lmaydi.  Shuning  uchun  ayrim 

frazeologizmlarning  komponentlari  o’zgarsa  ham  frazeologik  ma’no  saqlanadi:to 



stand to one’s guns-to stick one’s guns;bir pul-ikki pul-uch pul. 

        Kertirilgan  dalillar,  frazeologizmlar  garchi  so’zlar  kabi  yaxlit  ma’no 

ifodalasada,  lekin  frazeologik  ma’no  bilan  leksik  ma’no  tabiati  bir  xil  emasligini 

ko’rsatadi.  Frazeologizmlar  semantik  jihatdan  so’zlardan  farqli  belgi 

xususiyatlariga  ega  bo’lganliklari  uchun    ham  tilda  paydo  bo’lgan    va  yashab  

kelmoqda. 



             Iboralarning grammatik tabiati.Ichki sintaktik qurilishi. 

Frazeologik  birliklarning  ifoda  plani  sifatida    kamida  ikkita  mustaqil  so’z 

qatnashadi. O’zaro bog’langan bu so’zlar mohiyatiga ko’ra birikmaga yoki gapga 

teng bo’ladi.Bunday birikma yoki gapdan yaxlitligicha anglashiladigan frazeologik 

ma’no uni sintaktik birlik deb emas, balki semantic birlik deb qarashga olib keladi. 

Shu  sababli  birikmaga  yoki  gapga  tenglik  haqida  gapirganda  iboraning  ichki 

sintaktik  qurilishi  ko’zda  tutiladi;  ibora  tarkibini  sintaktik  tahlil  qilish  nutq 

birligining tarkibini emas,balki til nirligining tarkibini tahlil qilish bo’ladi. 

       Umuman,  ibora tarkibida qatnashgan so’zlar orasidagi sintaktik bog’lanish o’z 

kuchini  saqlaydi,  faqat  ichki  bo’ladi.  Masalan;  ko’ngli  og’ridi  iborasi  ichki 

sintaktik  qurilish  jihatdan  gapga  teng,ayni  shu  iboraning  ko’nglimi  og’ritmoq 

varianti  esa  birikmaga  teng.  Bunday  sintaktik  qayta  qurilish  bu  fe’l  iborada 

nisbatan yasalishi munosabati bilan yuz beradi; o’timsiz fe’l bosh kelishikdagi ot 

bilan  munosabatga  kirishgan  bo’ls,orttirma  musbat  yasovchisini  olib,  o’timliga 

aylangach,ot  kmponentning  bosh  kelishigi  tushum  kelishigiga  almashadi. 

Ko’rinadiki  bir  komponentdagi  grammatik  o’zgarish  ikkinchi  komponentga  ham 

shunga muqobil o’zgarishni talab qiladi, natijada gapga teng holat birikmaga teng 

holatga  o’tadi.  Bunday  ikki  xil  sintaktik  qurilish  shaklida  bo’la  oluvchi  iboralar 

anchagina:ko’zi ko’r,qulog’i kar bo’ldi – ko’zni ko’r qulog’ini kar qilmoq;ko’zini 

moshdek  ochmoq  –  ko’zi  moshdek  ochildi  kabi.Orttirma  nisbat  yasalishi  doim 

sintaktik  qurilishni  o’zgartirib  yubormaydi.  Masalan:  ko’zoldiga  kelmoq  –  ko’z 


oldiga  keltirmoq  iborasida  nisbat  yasalishi  sintaktik  qurilishni  –  birikmaga  teng 

holatni – o’zgartirmaydi., bu yasalish tufayli ikkinchi variant o’timlilik kashf etadi. 

Bunday  grammatik  o’zgarishlar  iboraning  faqat  ifoda  planida  ro’y  berib,uning 

mazmun  planiga  ta’sir  qilmaydi.  Gapga  tenglikdan  birikmaga  tenglikka  va 

aksincha aylanish iboralarning ma’lum bir qismigagina xos bo’lib,qolgan ib oralar 

doim  bir  sintaktik  qurilish  shaklida  namoyon  bo’ladi.  Masalan;  ko’ziga  cho’p 



solmoq,ko’zini  bo’yamoq,  ko’z  o’ngida  kabi  iboralar  doim  birikmaga  teng 

qurilishi shaklida:ko’zi yetdi,ko’zi ilindi,ko’zi ko’r – qulog’i kar kabi iboralardoim 

gapga  teng  qurilish  shaklida  ishlatiladi.  Misollardan  ko’rinadiki,  ichki  sintaktik 

qurilishi  birikmaga  teng  iboralar  ham,gapga  teng  iboralar  ham  yig’iq  va  yoyiq 

bo’ladi,odatdagi  sintaktik  bog’lanishlarda  qanday  bo’laklar  qatnashsa  iboralar 

tarkibida ham xuddi shu bo’laklar qatnashadi. 

      Paradigmatik formalar: iboralarning paradigmatik formalari (turlanish,tuslanish 

kabilar)  dastavval  ularning  qaysi  turkumga  mansub  ekanligi  bilan  belgilanadi. 

Iboralarning  asosiy  qismini  fe’l  frazeologik  birliklar  tashkil  qiladi.  Fe’l 

iboralarning  ichki  sintaktik  qurilishi  birikmaga  teng  bo’lsa,bunday  fe’l  ibora 

tuslanadi:  bosh  egdim,bosh  egsin  kabi.  Agar  iboraning  ichki  sintaktik  qurilishi 

gapga  teng  bo’lsa,  bunday  fe’l  ibora  tuslana  olmaydi,doim  3-shaxs  formasida 

turadi. Bu ikki tur fe’l iboralar tuslanishi jihatidan farq qiladi,ammo mayl, zamon  

kabi  kategoriyalarning  formalarida  o’zgarish  har  ikkisida  voqe’  bo’laveradi:bosh 

egsam,ko’z  tegsa,bosh  egibdi,ko’z  tegibdi  kabi.  Bunday  iboralarning  ko’pi 

bo’lishli  va  bo’lishsiz  aspektda  ham  kelaveradi:  bosh  egaylik  va  bosh  egmaylik 

kabi.  Fe’l  frazeologik  birliklarning  leksik  tarkibida,fe’l  so’z  komponentidan 

tashqari,boshqa turkum so’z ham qatnashadi. Bunday so’z komponent ko’pincha ot 

bilan  ifodalanib,  uning  tarkibida  egalik  affiksi  vositasida  fe’l  ibora  uch  shaxsdan 

biriga  nisbat  beriladi:  ko’nglim  yorishdi,ko’ngling  yorishdi,ko’ngli  yorishdi  kabi. 

Gapga  teng  qurilishli  iboralarda  shaxs  son  ma’nosi  tuslovchi  bilan  emas,  balki 

egalik affiksi bilan ifodalanadi. Birikmaga teng qurilishli fe’l iboralarda esa shaxs 

–  son  ma’nosini  tuslovchi  ham,egalik  affiksi  ham  ifodalaydi.  Bunda  ikki  holat 

mavjud: 


1.  Tuslovchi  bilan  egalik  affiksi  shaxs-sonda  muvofiqlashib  boradi:  ko’nglimni 

uzdim,ko’nglingni uz kabi. Bunda ayni shaxs son ifodasi ikki marta ifodalanadi. 

2. Tuslovchi bilan egalik affiksi boshqa – boshqa shaxs – son ma’nosini ifodalash 

uchun  xizmat  qiladi,  shunga  ko’ra  har  biri  mustaqil  o’zgaradi:  ko’nglini  topsin 

kabi. 

        Ayrim  hollarda  bu  ikki  holat  birgalikda  xos  bo’ladi:  ko’nglingni  buzdim, 



ko’nglimni  buzdim    kabi.  Ot  –  komponent  tarkibida  qatnashadigan  egalik 

affiksini o’zgartirib ishlatish sifat, ravish iboralarda ham mavjud: ko’ngling bo’sh, 

oyog’ingni  qo’lingga  olib,  oyog’ini  qo’liga  olib  kabi.  Ba’zi  iboralar  sintaktik 

qurulishiga ko’ra birikmaga teng bo’la turib doim 3-shaxsda ishlatiladi. Masalan: 

boshidan  oshib  yotmoq  iborasi  3-shaxsda  keladi,chunki  tuslanishida  narsa  bilan 

bog’lanadi.  Ba’zi  iboralar  grammatik  qurilishida  doim  3-shaxs  rgalik  affiksi 

qatnashadi,chunki egalik olib nisbatlanishida bunday ibora narsa bilan bog’lanadi: 

       Mag’zini  chaqmoq,  misi  chiqdi  kabi.  Bunday  hodisa  fe’l  bo’lmagan 

frazeologik birliklarda ham mavjud: boshini yeb,ko’nglini kiri yo’q,ichi qora kabi. 

Ayrim iboralarda ot so’z komponentga egalik affikslarining faqat ko’plik formalari 

qo’shiladi:  gapimiz  bir  joydan  chiqdi,  gapingiz  bir  joydan  chiqdi  kabi.  Faqat 

ko’plik tuslovchisini olib keladigan iboralar ham uchraydi:gapni bir joyga qo’ydik 

(qo’yishdi yoki qo’ydilar) kabi. Ot – so’z komponentga tugaydigan ayrim iboralar 

kelishikda o’zgaradi, son formasini o’zgartiradi:ammamning buzog’i,ammamning 

buzog’ini,tosh bag’ir,tosh bag’irlar, tosh bag’irlarga. Misollardan ayonki,tuslanish 

,egalik  affiksi  olib  o’zgarish  odatda  kishi  bilan  bog’lanishda  sodir  bo’ladi,narsa 

bilan bog’lanishda esa doim 3-shaxs tuslovchisi yoki egalik affiksi keladi. 

      Iboralarning  sintaktik  qurshovi.  Sintaktik  qurshov  deganda  iboralarning 

nutqda  turli  bo’laklar  bilan  bog’lanishi  nazarda  tutiladi.  Iboraning  biror  sintaktik 

qurshovga ega bo’lishi uning turkumiga,ichki sintaktik qurilishiga, fe’l iboralardan 

fe’l  so’z  komponentning  boshqaruviga  va  bu  boshqaruvning  ibora  tarkibida 

rejalashgan  yoki  rejalashmaganligiga,  ot  –  komponent  tarkibida  qatnashadigan 

egalik affiksiga bog’liq. Masalan:agar ibora gapga teng qurilishli bo’lsa, nutqdan 



ega  olmaydi  (chunki  bunday  bo’lak  iboraning  o’z  ichi  da  qatnahadi)  ko’zi  tindi, 

ichi qora kabi. 

        Fe’l  iboralarda  fe’l  so’z  –  komponent  o’timli  yoki  o’timsiz  bo’ladi.  Agar 

o’timsiz bo’lsa, bosh kelishikdagi  so’z  komponent bilan ega kesim munosabatiga 

kirishadi;  fe’l  so’z  komponentining  bunday  sintaktik  imkoniyati  iboraning  o’z 

tarkibida  reallashdagi  sababli  kontekstda  shunday  bo’lak  bilan  bo’glanmaydi. 

Kesimi sifat bilan ifodalangan iboralarda ham shunday. Bu tip iboralarda sinbtaktik 

qurshov ko’pincha ot komponentdagi egalik affiksi orqali vujudga keladi; mening 

ko’zim  tindi,  uning  ko’zi  tindi,  Ehsonning  ko’zi  tindi  kabi.  Bunday  bo’lak 

vazifasida  I  –  II  shaxslarda  kishilik  olmoshigina  keladi  va  u  nutqda  ko’pincha 

reallashmaydi.  

    Yirik  frazeologik  olim  A.V.Kuninning  fikricha,  frazeologizmlar  nominativ, 

stilistik,    kommunikativ,  pragmatik  va  xulosalovchi,  yakunlovchi  vazifalarni 

bajardi.[23;65] 



        Frazeologizmlarning  nominativ  funkstiyasi.  Professor  Sh.Raxmatullayev 

iboralarni ma’no turlari jihatidan 

  a) nomlovchi iboralar va  

  b) ifodalovchi iboralarga ajratib tasnif qiladi [35;41].  

      Shulardan  nomlovchi  iboralar  deyilganda  olim  predmetga  xos  belgining  nomi 

(do’ppining  tagidek),  harakat  holatning  nomi  (og’iz  ko’pirtirmoq),  harakatga  xos 

bo’lgan  belgining  nomi  (eshikdan  kelmay  teshikdan)ni  bildiruvchi  iboralarni 

tushunadi.  Bunday  tasnif  esa  iboralarning  ma’lum  qismi  matnlarda  nominative 

funktsiya  bajarishi  mimkinligidan  dalolat  beradi.  Masalan:  belini  bog’lamoq 

iborasi  oddiy  harakat  “shaylanmoq,  otlanmoq”  ma’nosini  ifodalash-ga  xizmat 

qiladi;  biz  chunon  xizmatga    belni  bog’ladik,bormi  himmat  o’lchagich  tarozilar: 

Belni  bog’lang  u  jahonni  to’ldiring  qog’oz  bilan.  “Yelka  qismoq”  iborasi  adabiy 

tilda  polisemantic  xususiyatga.  Uning  dastlabki  ma’nosi  “sovuqdan  yoki  ruhiy 

azobdan yengilmoq” bo’lsa keyingisi inkor yoki taajjub alomati “yoq bilmayman” 



kabi ma’nolarni ifodalovchi harakat bo’lib, uning ikkala ma’nosi ham nominative 

funksiya bajarishga bo’ysundirilgan. 

       Shunday qilib, badiiy matnda iboralarning ma’lum qismi denotativasosga  ega 

bo’lib, u yoki bu predmet,voqea hodisani, xatti  – harakatni nomlaydi, so’z atama 

funksiyasi sifatida bajaradi. 


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling