81'364. 2 Shamsutdinov mehroj sabirovich


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana30.05.2020
Hajmi0.72 Mb.
#112200
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
frazeologik birliklarning shakil va mano manosabati(1)


 

 

1.2 Frazeologik birliklarning taraqqiyot bosqichlari

           Tilshunoslikda  frazeologiya  fanining  rivojlanish  tarixini  uch  davrga  bo’lib 

o’rganish mumkin. 

1. XVIII asrning o’rtalaridan XX asrning 30-yillarigacha bo’lgan davrni o’z ichiga 

oladi.Bu davr frazeologiik tadqiqotlarning yo’lga qo’yilishi.Birinchi davrda yetuk 

tilshunos  olimlar  M.V.Lomonosov,  V.I.Dal,  A.A.Potebnya,  F.F.Fortunatov, 

F.I.Buslayev,Sharl  Balli,  A.A.Shaxmatovlarning  ilmiy  faoliyati    rivojlandi  va 

sohaning  shakllanishida  poydevor  vazifasini  o’tadi.O’sha  davrda  frazeologiya 

ko’proq  leksikografiya,ya’ni amaliy lug’atshunoslikob’yekti bo’lib xizmat qilgan 

va 


asosan 

frazeologik 

birliklarning 

lug’atlarda 

aks 

ettirish,ularning 



ma’nosini,etimologiyasini izohlashga alohida ahamiyat berilgan. 

2.  XX  asrning  30-50-yillari  frazeologiya  sohasining  rivojlanishida  ikkinchi  davr 

hisoblanadi.Bu  davrni  frazeologiyaning  mustaqil  lingvistik  soha  sifatida 

shakllanish  davri  ham  deyish  mumkin.Bu  davrda  yetuk  tilshunos  olimlar 

E.D.Polivanov,V.V.Vinagradov, 

S.I.Abakumov, 

G.K.Danilov,G.O.Vinokur, 

A.I.Yefimov  kabi  tilshunoslar  frazeologiya  sohasida  samarali  mehnat  qilib,qator 

ilmiy asrlar yaratdilar.Bu davrda ko’plab nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari 

frazeologizmlar tadqiqiga bag’ishlandi. 

      XX asrning 60 yillaridan boshlab hozirgacha frazeologiya davrining uchin-chi 

davridir.Bu 

davr 

frazeologik 



tadqiqotlarda 

yangi 


metodlarning 

qo’llanishi,frazeologik  nazariyalarning    rivojlanishi  bilan  bog’liq.Bu  davrda 

ko’plab tadqiqotlar yuzaga keldiki,frazeologiya alohida soha sifatida tilshunoslikda 

o’z o’rni va mavqeiga ega bo’ldi.Prof.E.A.Malinovskiy “XX asrda rus frazeologik 

nazariyasining  shakllanishi”  nomli  monografiyasini  yaratdi.Monografiyada  olim 

XX asrda frazeologik ta’minotning shakllanishini 4 davrga bo’ladi. 

   1)  XX  asr  boshlarida  rus  tilshunosligida  vujudga  kelgan  frazeologik  ta’limot; 

(1900-1920 yillarda) 



    2)  Ulug’  Vatan  urushigacha  bo’lgan  davr  rus  tilshunosligida  frazeologik 

ta’limotning  taraqqiyoti; (1920-1940) 

    3)  XX  asrning  50-60  yillarida  rus  tilshunosligida  frazeologik  ta’limotining 

rivojlanishi; 

    4)  XX  asrning  70-80  yillarida  rus  tilshunosligida  frazeologik  ta’limotiningta-

raqqiyoti.Frazeologiya  sohasining  alohida  rivojlanishida  V.V.Vinogradovning 

xizmatlari  salmoqlidir[12;19].U  o’zining  ilmiy  asarlarida  frazeologizmlarni  3 

sinfga bo’ladi: 

         1.Frazeologik chatishmalar 

         2.Frazeologik qo’shilmalar 

         3.Frazeologik birlashmalar  

         Frazeologizmlarning  birinchi  guruhi  komponentlarning  ma’nolari  butun 

birliklarning  ma’nosiga aloqador bo’lmagan birlilardir. Masalan: 

heavy father – teatr asaridagi asosiy rol; 

rich the bucket – olmoq; 

red tape – byurokratik metod; 

kabi frazeologizmlar yaxlit hamda bir ma’no beruvchi frazeologizmlardir.Fraziolo-

gik chatishmalar ma’nosi butunlay o’zgargan so’z birikmasidir. Ammo frazeologik 

qo’shilmalardan  farqli  o’laroq,  ularning  ma’nolari  tarkibiy  qisimlarning 

ma’nolaridan  anglashilmaydi.Frazeologik  qo’shilmalar  ma’nosi  bir  butun 

frazeologizmning  frazeologik  ma’nosidan  ananglashiladigan  frazeologizmlardir. 

Metaforaga 

asoslangan,ma’no 

kochish 

aniq 


va 

oydindir.Frazeologik 

qo’shilmalarning leksik komponentlari eng turg’un iboralar hisoblanadi. Masalan: 

-to look a gift horse in the mouth          (to examine a person too critically.To find 

                                                                fault with smth one gained without effort); 

-to  ride the hide horse                           (to behave in a superior,haughtily,over        



                                                                  bearing way); 

-a  big bug                                              (a person to importance); 

-to fish out of water                               (a person situated uncomfortably outside  

                                                               his  usual or proper environment) 

    Frazeologik material murakkab va ko’p aspektli bo’lgani uchun keyingi yillarda 

u  turli  xil  metodlar,  usullar  yordamida  o’rganilmoqda.Bu  o’rinda  frazeologik 

birliklarni o’rganishning quyidagi metod va usullarini alohida ta’kidlashga to’g’ri 

keladi;identifikatsiya  metodi.Uning  tipik  vakillari    yetuktilshunos  olimlar  Sharl 

Balli va A.V.Kunindir. 

    Konteksologik metod uning vakili N.N.Amasova bo’lib,asosan matnlar tarkibida 

keladigan frazeologik birliklarni o’rganadi. 

    Variastion metod (V.L.Arxangel’skiy), fraziologik applikatsiya metodi (V.P.Ju-

kov)  structrual-tipologik  metod  (L.I.Rayzenson, Yu.K.Avaliani, Yu.P.Solodub), 

Komparativ  metod  (S.G.Gavrin),iboralarni  semantic  doiralar  asosida  o’rganish 

metodi (M.T.Tagiyev), leksema va frazemalarni denotativ va konnotativ semalarga 

ajratib o’rganish metodi (M.M.Kopilenko),kabilar[13;12].Yuqorida sanab o’tilgan 

metodlar  bir-birini  to’ldiradi  va  frazeologik  birliklarning  xilma-xil  tomonlarini, 

paradigmatik  va  sintagmatik  xususiyatlarini,valentlik  imkoniyatlarini  chuqurroq 

tushunishga imkon beradi[13;13]. 

      Frazeologik  birliklar    mazmun  planiga  ko’ra  leksik  birliklarga  yaqin 

turadi,ifoda  planiga  ko’ra  ular  sintaktik  birlik  (so’x  birikmasi,gap)larga 

yaqindir.Ammo frazeologik birliklar so’zga ham,so’z birikmasiga ham,gapga ham 

to’la ma’noda teng emas. 

      Frazeologiya  masalalarini  o’rganish,bu  sohani  tadqiq  etish,uning  mustaqil 

lingvistik soha sifatida shakllanishiga sabab bo’ldi. Tilshunoslik fanini nazariy va 

amaliy  jihatdan  boyitdi.  Lekin  bunday  frazeologiya  sohasiga  doir  o’rganilmagan 

muammolar  qolmadi,degan  xulosa  kelib  chiqmasligi  lozim.Frazeologizm  atamasi 


turkiyshunoslikda  ham  turlicha  ma’nolarni  ifodalash  uchun  xizmat  qilgan.  XIX 

asrda yashagan turkiyshunos olim Mirza Karimbek o’sha davr an’analaridan kelib 

chiqib,rus tilida yozilgan boshqa tasviriy grammatikalarda bo’lganidek o’z asarida 

“fraza”  so’zini  “jumla”,  “gap”  ma’nosida  qo’llagan  [22;38].  Frazeologik  birikma 

deyilganda esa so’zdan yirik til birliklarini tushungan. 

     Ozarbaydjon 

tilshunoslari  B.Ch’ponzoda  va  F.Og’azoda  “Turk  tili 

grammatikasi”asarida til ilmining bo’limlari haqida fikr yuritib, “Semasiologiya”, 

“Stilistika”  atamalari  bilan  birga  o’sha  davrda  tilshunoslikda  keng  qo’llanishida 

bo’lgan “idiomatizm” atamasiga qarshi “idiotizm” so’zini ishlatgan. Frazeologiya 

turkiyshunoslikga  nisbatan  yosh  sohalardan  biridir,chunku  uni  sistemali  ravishda 

o’rganish, 

frazeologik 

birliklarning 

semantik 

va 


grammatik 

xususiyatlari,funksional  xususiyatlarini  o’rganish  XX  asrning  40-50  yillaridan 

boshlandi.  Frazeologik  birliklarning  funksional  jihatdan  so’zga  yaqin  ekanligini 

hisobga olib, ayrim tilshunoslar ularni leksik so’z,birikmalari yoki leksik birliklar 

deb  hisoblaganlar  hamda  sintaksis  yoki  yasalishi  sohalarining  o’rganish  obyekti 

doirasiga kiritganlar. 

     Rus  tilshunosligida  bo’lganidek,turkiyshunoslikda  ham  frazeologiya  doirasini 

tor  va  keng  ma’noda  tushunish  ham  davom  etmoqda.  Frazeologizmlarni  keng 

ma’noda barcha turg’un birikmalar (maqollar, matallar, idiomatik birikmalar), ular-

ning  noidiomatik  turg’un  frazeologik  guruhlari  va  juft  so’zlar  kiradi.  Ularning 

birlashtiruvchi  umumiy  xususiyat  turg’unlik  va  tilda  tayyor  holda  mavjudlikdir 

[27;65]. 

     S.K.Kenesboyev  turg’un  so’z  birikmalari  orasidan  frazeologiyani  tor  ma’noda 

tushunish uchun be’vosita asos bo’ladigan guruhlarni alohida  ajratib ko’rsatgan. 

    Tilshunoslikda  “frazeologiyaning  ob’yekti  alohida  ajratilgan  til  birligi  sifatida 

qo’llanuvchi  turg’un  so’z  birikmalaridir”  degan  fikr  mavjud.  Bu  fikr  olg’a 

surilgach, tilda “turg’un birikma” tushunchasini mohiyatini olib beruvchi ilmiy ish-

lar yuzaga keldi. 



    Frazeologik birliklar turg’un birikmalardan farq qiladi.Bu farqlar quyidagilar

  semantic yaxlitlik; 



  obrazlilik; 

 

ko’chma ma’nolilik; 



Frazeologiya sohasida qiyosiy-tipologik tadqiqotlar olib borish frazeologiyaning 

umumnazariy  muammolarini  hal  etishga  keng  yo’l  ochadi.  Umuman  olganda 

frazeologik  birliklarning  shakllanish  manbalarini  aniqlash  turg’un  birikmalarni 

etimologik  jihatdan  tahlil  etishga  nisbatan  ancha  keng  mazmunga  ega.Bu 

umumfilologik  muammo  bo’lib,  eng  qadimgi,  dastlabki  frazeologik 

modellarning  shakllanish  bosqichlarini  aniqlash  muhim  semantik  masala 

sanaladi [8;76].     

    Frazeologik  birliklarni  turli  narsa,joy  nomlari,kishi  nomlari  bilan  bog’liq 

o’rganish ham hozirgi zamon tilshunosligida dolzarb masalalardan sanaladi. 

    Til  tadqiqotchisi  D.Niyazmetova  “Ingliz  tilida  oziq-ovqat  komponentli 

frazeologizmlarning  lingvistik  tadqiqi”  (Bibliya  materiallari)  maqolasida 

frazeologizmni  lingvokul’turologiyada  o’rganish  dolzarb  va  munozarali 

masalalardanbiri ekanligini ta’kidlaydi [22;71]. 

    Bibliyaga  bog’liq  bo’lgan  oziq-ovqat  komponentli  frazeologizmlarning 

semantik,lingvokul’turologiya  xususiyatlarini  aniqlashda  lug’atlarni  tahlil 

qilishda lingvistik tahlil va statistic metodlar qo’llanishini kuzatish mumkin. 

    Muqaddas diniy kitobdan kelib chiqqan so’z va iboralar S.Soffelning “Studies 

in  English,  written  and  spoken”  kitobida  keng  taqdim  qilingan.  “Scriptural 

phrases  and  allussions  in  modern”  bobida  olim  bibliya  iboralri  va  ularning 

etimologiyasini o’rganib ilmiy jihatdan tahlil qilgan. 

    G’arb  tilshunosligida  bibleizmlarni  o’rganish  yana  L.P.Smit  nomi  bilan 

bog’liq,u  o’zining  “Ingliz  tili  frazeologiyasi”  kitobida  bibliya  iboralarga 

bag’ishlangan bo’limida o’rgangan. Muallif “Ingliz tilidagi bibliya oborotlari va 


iboralarning  soni  shunchalik  ko’pki,ularni  yigish  va  sanab  chiqish  juda  oson 

vazifa  emas”  deb  yozadi[31;38].  L.P.Smit  ingliz  tili  nafaqat  bir  talay  bibliya 

so’zlarini,  balki  o’zida  qadimgi  Yevrey  va  Yunon  idiomalari  so’zma-so’z 

tarjimasini namoyish qiladigan bibliya idiomatik iboralarini ham o’z ichiga oladi 

deb ta’kidlaydi. 

    Tahlillar  natijasida  Bibliya  bilan  bo’g’liq  bo’lgan  oziq-ovqat  komponentli 

frazeologik birliklarga misol qilib quyidagilarni keltiramiz: 

-the apple of one’s eye                     ko’z qorachig’i,ko’zining oqu-qorasi; 

-Adam’s apple                                 qo’shtooq,kekirdak olmasi; 

-the apple of sodom                         chiroyli,ammo aynigan ho’l meva; 

-milk and honey                               to’kin-sochinlik,mo’l-ko’lchilik; 

    -the fat of the land                           to’kin-sochinlik,baraka; 

-Manna from heaven                       zor-intizor bo’lib kutmoq; 

-A forbidden fruit                            ta’qiqlangan ho’l meva; 

    Bibliyaga  asoslangan  frazeologizmlar  ingliz  tilidagi  oziq-ovqat  komponentli 

frazeologizmlar  tarkibida  “apple”,  “bread”,  “milk”,  “fat”,  “olive”  kabi  oziq-

ovqat nomlari mavjud. 

    Ingliz  tilida  joy  nomlari  bilan  bo’g’liq  bo’lgan  frazeologik  birliklar  ham 

mavjud.Ularning  tahlil  tadqiqotichi  M.Radjabovaning  ilmiy  ishida  uchraydi 

[32;78].  Joy  nomlarini  o’rganish  nafaqat  tilshunoslikning,  balki  tarix  va 

geograriyaning  ob’yekti  sifatida  ham  qaraladi.  Joy  nomlari  bilan  kelgan 

frazeologizmlar  tarkibida  lingvomadaniy  tadqiq qilish, ularning  milliy  madaniy 

tomonlarini  yoritib  berish  zamonaviy  tilshunoslikning  dolzarb  masalalaridan 

biridir.  Joy  nomlari  bilan  bog’liq  frazeologizmlar  quyidagi  birliklarni  misol 

qilish mumkin. 



-have kissed the blarnly stone            -tilyog’lamachi, xushomadgo’y. 

    Irlandiyada  Blarny  qasri  oldida  katta  bir  tosh  bo’lib,ingliz  xalqi  afsonalarga 

ko’ra, bu toshni o’pgan odam xushomadgo’ylik, laganbardorlik qobiliyatiga ega 

bo’ladi. 

-go for a Burton - o’lmoq, ko’z yummoq, izsiz yoqolmoq. 

Burton-Staffordshir  viloyatidagi  pivo  ishlab  chiqaradigan  kichik  shahar.  Bu 

iborani  britaniyalik  uchuvchilar  birinchi  marta  II  jahon  urushi  davrida 

o’zlarining urushda halok bo’lagan quroldosh do’stlarini eslab ishlatgan. 

    Milliy  va  madaniy  frazeologik  birliklarning  ko’pchiligi  xalqning  kundalik 

turnush tarzi,rasm- rusumlari va urf-odatlari bilan bog’liqdir. Ularning aksariyati 

milliy-madaniy 

sharoitda 

vujudga 

kelib,tilning 

frazeologik 

qatlamini 

boyitadi.Ingliz  tilida  frazeologizmlarning  intensivlik  ifodalash  xususiyatlari 

atroflicha o’rganilgan. 

     Tilshunoslikda  hozirgi  kunda  frazeologiya  keng  va  tor  ma’noda 

tushuniladi.Frazeologiyani  keng  doirada  tushunuvchi  olimlar,  uning  tarkibiga 

maqol,  metal,aforizmlar  hamda  boshqa  frazeologizmlarni  kiritadilar.  Tor 

doiradagi frazeologiya tarafdorlari esa yaxlit ko’chma ma’noli turg’un birliklarni 

o’rganish  bilan  chegaralanadilar.  Ular  o’zlarining  frazeologik  tadqiqotlarida 

faqat  birikmaga  teng  bo’lgan  frazeologik  birikmalarni  tadqiq  etib,  maqol  va 

matallarni frazeologiya ob’yekti sifatida baholamaydilar. 

      A.V.Kunin  frazeologik  birliklarni  o’rganar  ekan,  to’rtinchi  guruhga 

kommunikativ frazeologik birliklarni kiritgan,maqol va matallar ham xuddi shu 

yerdan o’rin olgan, A.V.Kuninning fikricha: “frazeologik birliklar butunlay yoki 

qisman ko’chma ma’noni ifodalovchi turg’un birliklardir” [19;45]. 

     Frazeologik  birlilarda  intensivlik  sxemasi  ham  mavjud.  Intensivlik 

markerlariga:  extremely,  very,  large,great,  strong,  deep,  completely, 

much,many, the most, a lot of kabilar kiradi [15;37]. 

     Masalan:  dead  beat,dead  tired  (informed)  extremely  tired,  exhausted, 



dead weight something that is very heavy. 

     Frazeologik birliklar yana modellar asosida ham tahlil qilinadi. 

Adjective+Noun: 



a) dead drunk-completely drunk; 

b) a dead weight-something that is very heavy

c) a good drink-a large quantity; 

Masalan: 



Bill had a good drink at the pub last night. His wife wasn’t at home; 

d) hard drinks-liquor-strong alcoholic drinks; 

e) hard drugs-the strongest drugs which lead to addition most easily; 

f) a high wind-a strong wind; 

g) a dark horse-a person who has a greater capabilities that he shows 

or that people are aware of; 

h) a flying  visit-a very short visit; 

e)  a golden opportunity-avery good opportunity. 

Verb+noun: 



a)  to earn good money-to earn a lot of money; 

b)  to  do  someone  a  world  of  good(good)-to  do  someone  a  lot  of  good 

(barm); 

to be+prepositional phrases: 



a) to be at a loss(to do something)-to be very puzzled; 

b) to be at paints to do something-to take great trouble to do sit

c) to be at one’s wit’s end-to be greatly perplehed; not to know what to do 

next; 

d) to be in the money-to be earning or to love a lot of money; 

e) to be in (the)pink-to be in good health; to be feeling very well. 

      Frazeologik  birikmalarning  semantic  tasnifi  olimlar  tomonidan  turlicha 

tavsiflanadi.  N.N.Amosovaning  tasnifida  frazeologik  birlilar  ikki  guruhga 

bo’linadi: idiomalar va frazemalar [6;45]. 

     Frazemada  so’zning  birinchi  komponenti  o’z  ma’nosida,ikkinchi  komponenti 

esa idiomatic ma’noda bo’lib,ular bir-biri bilan shu tarzda bog’lanadi. Masalan: 

golden opportunity-a very good opportunity. 

Idiomada har ikki component ham idiomatc ma’noda bo’ladi. 



a)   a  pretty  kettle  of  fish  –mix  up,  a  great  state  of  confusion.  It  refers  to  a 

situation, not a person. 

      Idiomatik  so’zlar  o’zining  dastlabki  to’g’ri  ma’nosidan  uzoqlashib,  ular  bilan 

sinonimik holatida bo’lib,faqat ko’chma ma’noda ishlatiladi. 

      Idiomatik  so’zlar  faqat  yolg’iz  so’zlardan  tashkil  topib,  idiomatic  ma’no 

anglatadi. Lekin ibora aks ettirgan xususiyatlarni anglata olmaydi. 

    Akademik V.V.Vinogradovning fikricha, frazeologik birikmalarning taraqqiyoti 

frazeologik  butunliklardan  boshlanib,frazeologik  qo’shilmalarga  aylanishi  kerak 

[13;63].  Frazeologik  butunlikdan  frazeologik  chatishmalar,keyin  esa  frazeologik 

qo’shilmalarga  taraqqiy  etib  borishi  kerak.Ushbu  fikrga  asoslanib,  o’zbek 

tilshunosligida  frazeolog  olim  Sh.Raxmatullayevning  “Idiomatik  so’zlar 

frazeologik qo’shilmalar negizida vujudga keldi” O’zbek tilidagi idiomatic so’zlar 

quyidagicha taraqqiyot etaplarini bosib o’tdi. 

      Avvalo,  frazeologik  butunlik-frazeologik  chatishma,frazeologik  qo’shilma-

idiomatik so’z. 

     Ko’rinadiki,  idiomatik  so’zning  idiomatic  ma’no  anglatishi  o’zining  dastlabki 

bosqichidan meros bo’lib qolgan. Idiomatik so’zlar o’zining dastlabki bosqichida 

so’z  birikmalaridan  iborat  bo’lgan.Taraqqiyot  natijasida  esa  yakka  so’zga 

aylangan.  Ammo  shunga  qaramasdan,idiomatic  so’zlarni  ibora  deb  bo’lmaydi. 



Iboralar  faqat  so’zlar  birikmasidan  iboratdir.  Shu  boisdan  ham  iboralarni  tashqi 

holatiga qarab, quyidagicha tasniflash mumkin: 

a) Ikki so’zdan tashkil topgan iboralar; 

     b) Uch sozdan tashkil topgan iboralar; 

      Masalan:  

a)baker’s  dozen;  lion  hunter;  fortune  hunter;  dry  nurse,  printer’s 

devil,tailor’s dummy; 

b)mad as a hunter;sheep without a shepher’s pie; tillers of soil;white collar 

worker,blue collar worker

      Shunday  qilib,  frazeologik  birliklar  tilning  alohida  birligi  bo’lib,  ular  erkin 

bog’lanma  yoki  gapga  teng,  to’liq  yoki  qisman  semantik  shakllangan  obrazli 

turg’un  so’z  birikmalaridir.  Ularning  aksariyati  xalq  tomonidan  yaratilgan,ular 

xalqning  urf-odatlari,madaniyati,turmush  tarzi,  yashash  sharoitini  ifoda  etad 

tilshunoslikda  Frazeologiya fan sifatida shakllandi va o’z taraqqiyot bosqichlariga 

ega bo’ldi. 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

II BOB. Frazeologik birliklarning shakl va  ma’no munosabati. 

 

2.1 Frazeologik birliklarning semantik tabiati. 

 

       Frazeologiya  grekcha  so’z  bo’lib,  “phrase”-so’z  birikmasi,  “legos”esa  “fan”, 

“ta’limot”  demakdir.  Demak,  frazeologiya  tildagi  so’z  birikmalarini  o’rganuvchi 

tilshunoslikning bir sohasidir [7;35]. 

      Tilda  faqat  so’zlar  emas,  balki  so’z  birikmalari  orqali  ham  fikr  bayon  etiladi. 

Er-kin birikmalar  Grammatik norma  asosida shakllanadi  va    umumiy  ma’no  kasb 

etadi. 

      Ingliz  tilidagi  frazeologizmlarning  ma’no  xususiyatlari  ko’p  qirralidir.Ingliz 



tilshunoslari    o’zlarining  ilmiy  asarlarida,idiomalarga  doir  kitoblarida  shu 

idiomalarni  guruhlarga  bo’lganlar.Lekin  klassifikatsiya  darajasida  emas.Tildagi 

frazeologizmlarning  klassifikatsiya  qilishning  an’anaviy  pirinstipi,ularning  kelib 

chiqishiga asoslangan “tematik” klassifikatsiyadir. 

      Frazeologiya atamasi jahon filologiya ilmida 1558 yilda ingliz adabiyotshunos 

olimi Neandr tomonidan  birinchi marta qo’llagan. U badiiy asarlarni tarjima qilish 

jarayonida  ushbu  atamani  ishlatgan.  Ma’lum  bir  asarni  bir  tildan  boshqa  tilga 

tarjima  qilganda  turg’un  so’zlar  bog’lanmasini  aynan  tarjima  qilish  mumkin 

bo’lmay qolgan. 

     Frazeologik  birliklarning  ko’pchiligi  lug’at  va  boshqa  adabiyotlarda 

mujassamlashgan  bo’lsada,  G’arbiy  Yevropa  va  Amerikaning  tilshunoslikka  oid 

adabiyotlarida frazeologiya nazariyasiga oid ilmiy ishlar ham uchraydi. 

     Ingliz  frazeologiyasi  masalalari  grammatika,  stilistika,  leksikografiya  va  til 

tarixi doirasida  o’rganib kelingan.  Dunyo  tillarida  frazeologiya  leksikologiyaning 

bir sohasi sifatida o’rganiladi. 

     Til ilmining rivojlanishida frazeologiya tilshunoslikning mustaqil sohasi sifatida 

qabul qilindi.  Fransuz  tilshunosi  Sharl  Balli  frazeologiya  atamasini  fanga kiritgan 


bo’lsa,bu  atama  G’arbiy  Yevropa  va  Amerika  tilshunoslarining  ilmiy  asarlarida 

ko’p ishlatiladi.                                      

     Frazeologiya tilshunoslikning mustaqil sohasi sifatida o’rganish  masalasi atoqli 

rus  tilshunosi  E.D.Polivanovtomonidan  ilgari  surildi.Uning  takidlashicha  leksika 

alohida  so’zlarning  ma’nosini,morfologiya  so’zlarning  shaklini,sintaksis  esa  so’z 

birikmalarining  shaklini  o’rganadi,uning  fikricha,  ana  shu  til  sohalari  barobarida 

ma’lum  bir  so’z  birikmalarining    ma’nosini  o’rganuvchi  alohida  sohaga  ham 

ehtiyoj  seziladi.  E.D.Polivanov  frazeologiyaning  tilshunoslikda  mustahkam  o’rin 

egallashga ishonchi komil edi va shunday bo’ldi ham. Frazeologiyani tilshunoslik-

ning  mustaqil  sohasi  sifatida  o’rganish  masalasi  rus  olimi  V.V.Vinogradov 

tomonidan  ilgari  surilgan  V.V.Vinogradovning  buyuk  izmati  shundaki,  u 

frazeologik  birliklarni  semantik  jihatdan  guruhlarga  ajratdi.Ammo  uning 

xizmatlariga 

qaramay,frazeologiya 

leksikologiyaning 

bo’limi 


sifatida 

qolaveradi,chunki  frazeologiyani  tilshunoslikning  mustaqil  sohasi  bo’la  olishini  

isbotlovchi asosiy tushunchalar ishlab chiqilmagandi. 

      Shunday  qilib,  frazeologiyani  leksikologiyaning  bir  bo’limi  sifatidao’rganish 

davom  etdi.E.D.Polivanov  va  V.V.Vinogradovdan  so’ng  birinchi  bo’lib 

frazeologiyani tilshunoslikning mustaqil sohasi sifatida o’rganish masalasini ilgari 

surgan  olim  B.A.Larin  edi.  U  frazeologiya  sohasida  yetarlicha  ilmiy  ishlar 

qilinmaganini ta’kidlab o’tdi [17;20]. 

     A.V.Kuninning fikricha, frazeologiya leksikologiya bo’limi doirasidan chiqqan, 

uning  ko’lami  va  nufuzi  ancha  ortdi.Shunday  qilib,  hozirgi  ko’pgina  zamonaviy 

tillarda  frazeologiya  tilshunoslikning  alohida  bo’limi  sifatida  o’rganilmoqda. 

Frazeologiya sohasida ko’plab bir-biriga teskari fikrlar bildirilgan bo’lsada, ilmiy 

ishlar  qilindi.  N.N.Amosova,  A.V.Kunin,  B.A.Larin,  V.A.Arxangelskiy, 

V.V.Vinog-radov,  A.U,Smirnitskiy,  S.S.Gorelik,  I.A.Melchuk,  I.I.Rezvin  kabi 

taniqli  tilshu-noslarning  bu  sohaga  qo’shgan  hissalari  buyukdir.  Frazeologiya 

tilshunoslikning umumiy sistemasiga kiruvchi mikrosistema hisoblandi. Tilshunos 

olim  V.A.Arxan-gelskiy  frazeologiya  sistemasining  xususiyatlarini  shunday 


tavsiflaydi:  sistemaning  an’anaviyligi.  Frazeologik  sistema  o’zida  o’tmish 

merosini,qadriyatlarni  aks  ettiradi,u  avloddan  avlodga  o’tadi.  Sistemani  tashkil 

qiluvchi frazeologik birliklar-ning ko’pligi,til va nutqning boyib borishi bu omilga 

asosiy sababdir [18;56]. 

     Frazeologik  sistemani  frazeologik  birliklar  komponentlari  o’rtasidagi 

munosabatlar  tashkil  etadi.  Shunday  qilib,  frazeologik  mikrosistema  ikkita  bir-

biriga bog’liq sistemadan tashkil topgan o’zaro munosabatlar sistemasi va tuzilish 

sistemasi. 

     Frazeologiyaning  tadqiqot  obyekti  tilning  frazeologik  mikrosistemasi  va  uning 

qonuniyatlaridir.Lekin  frazeologiyaga  oid  ko’pgina  savollar,masalalar  o’z 

yechimini  kutmoqda,  frazeologik  birliklarga  oid  qonuniyatlar  to’laligicha 

ochilmagan,frazeologik  darajada  va  frazeologik  ma’no  tushunchalari  yetarlicha 

asoslanmagan, qoshma so’z  va frazeologik birlik o’rtasidagi chegara hamma vaqt 

aniq emas, frazeologiya va frazeomatika o’rtasidagi farq aniq belgilanmagan. 

     O’zbek  tilshunosligida  frazeologizmlarni  o’rganish  1950-yillarda  boshlandi.Bu 

sohada 


Ya.Pinxasov, 

M.Hasanov, 

I.Qo’chqortoyev, 

Sh.Raxmatullayev, 

A.Mamatov  kabi  taniqli  tilshunoslar  ilmiy  tadqiqot  olib  bordilar.  O’zbek 

frazeologiyasi  sohasida  tilshunos  olim  Sh.Raxmatullayevning  qo’shgan  hissasi 

ulkandir.  Bu  olim  o’zbek  iboralarining  grammatik  xuxusiyatlarini  keng  tadqiq 

qildi.  U  o’zbek  tili  frazeologik  birliklarini  lug’aviy  birlik  sifatida  o’rganishni 

boshlab  berdi.  Uning  ilmiy  tadqiqotlari  va  bu  ilmiy  faoliyatning  mevasi  bo’lgan 

“Frazeologik 

birliklarning 

asosiy 


ma’no 

turlari” 

(1955), 

”O’zbek 


frazeologiyasining  ba’zi  masalalari“  (1966),  “Nutqimiz  ko’rki”  (1970),  “O’zbek 

tillining  izohli  frazeologik  lug’ati”  (1978)  kabi  qator        ilmiy  asarlari  o’zbek 

tilshunosligida 

muhim 


nazariy 

va 


amaliy 

ahamiyatga 

ega. 

O’abek 


frazeologiyasining  xuddi  ingliz  frazeologiyasi  kabi,  hajmi  o’rganish  obyekti 

masalasi atrofida hali ham munozara bo’lib turganiga qaramay olimlar frazeologik 

boylikni  turli  nuqtalardan  yondashib  o’rganishni  davom  ettirmoqda.  Ikki  yoki 

undan ortiq so’zdan tarkib topgan va yaxlit bir ma’no ifodalaydigan grammatik va 



semantic  jihatdan  bo’linmaydigan  va  odatda,so’z  ekvivalenti  bo’lgan  til  birligi 

frazeologik birlik yoki frazeologizm deyiladi[19;87] 



Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling