9- ma’ruza mashg‘uloti 9-mavzu. Astrofizik metodlar. Astrofotometriya haqida tushuncha Reja
Download 226.23 Kb. Pdf ko'rish
|
3. Ochiq dars ishlanmasi
Kо‘rinma yulduz kattaligi
Fotometrik metod, osmon obyektlarining ravshanligini, teleskopning fokal tekisligida о‘rnatilgan nurlanish priyomnigi yordamida oson aniqlashga imkon beradi. Bunda teleskopning fokal tekisligida yasalgan tasvir yuzasi S ning, obyektiv fokus masofasining kvadratiga nisbati fazoviy burchak ni, obyektiv orqali о‘tgan nurlanish oqimining teleskop tuynugi maydoniga nisbati esa, yoritilganlik YE ni beradi. Biroq osmonda eng kо‘p tarqalgan yulduzlar nuqtaviy obyektlar bо‘lib, ularning burchak о‘lchamlarini aniqlashning iloji yо‘q, shu boisdan ularning kо‘rinishlariga kо‘ra ravshanliklarini ham bevosita о‘lchab bо‘lmaydi. Bevosita kuzatishdan esa, faqat ulardan kelayotgan yorug‘lik oqimini, binobarin yoritilganliklarinigina aniqlash mumkin bо‘ladi. Astronomiyada, yulduzlarning yoritilganliklarini maxsus logarifmik shkalada о‘lchab, ularga yulduz kattaliklari deb nom berilgan. Bir yulduz kattaligiga (1 m deb belgilanadi) mos miqdor sifatida yoritilganliklarining bir- biridan farqi 2,512 martaga teng bо‘lgan kattalik olingan. Bu miqdorning birlik sifatida tanlanishiga sabab, uning о‘nli logarifmi roppa-rosa 0,4 ga, 5 m ligi bilan farqlanuvchi yulduzlarning yoritilganliklari esa, bir-biridan rosa 100 martaga farq qilishidandir. Yulduz kattaliklari shkalasini kiritishda, shartli ravishda, YE yulduzlar ravshanliklarining kamayishi, mos ravishda, m yulduz kattaliginin ortib boruvchi miqdori bilan ifodalanishi lozimligi kelishib olingan. Yulduz kattaligi belgilashda, eramizdan oldingi II asrda о‘tgan aleksandriyalik Gipparxning fotometrik sxemasiga asos qilib olinadi. U, kо‘rinadigan yulduzlarning yoritilganliklariga kо‘ra, 6 guruhga bо‘linib, shulardan yorug‘ini 1 kattalikdagi, eng xirasini esa 6 kattalikdagi yulduz deb olingan edi. Yulduz kattaligining qiymati kamaygan sayin uning ravshanligining kо‘rsatkichi YE ortib boradi. Agar osmonning yorug‘ obyektlari ham (planetalar, Oy, Quyosh va boshqalar) yulduz kattaligida ifodalansa, ularning ravshanligi, yulduzlarnikidan sezilarli ortiqligi tufayli manfiy ishora bilan ifodalanadi. Masalan, Venera ravshanligining maksimumida yulduz kattaligi –3 gacha borib – 3 m , Quyoshniki –26,8 m , Oyniki esa (tо‘lin oy paytida) –12,7 m kо‘rinishlarida ifodalanadi. Bunda darajadagi m, shu yoritgichning yulduz kattaligining belgisi sifatida qо‘llaniladi. Shu asosda barcha yulduzlarning (jumladan boshqa osmon jismlarining ham) yoritilganliklari...–3 m ,–2 m ,–1 m, , 0 m ,+1 m ,+2 m ,+3 m ,+4 m ,.. maxraji 2,512 ga teng geometrik progressiya bilan kamayib boruvchi qatorni tashkil etadi. Shunday qilib, ixtiyoriy yoritgichning yulduz kattaligi deb, uning yoritilganligidan 2,512 asosga kо‘ra olingan manfiy ishorali logarifmga aytiladi. Bundan kо‘rinadiki, YE 1 va YE 2 yoritilganliklarni beruvchi yulduzlarning (yoki boshqa osmon obyektlarining) yulduz kattaliklarining farqi m 1 -m 2: 2 1 512 , 2 2 512 , 2 1 512 , 2 2 1 log ) log ( log E E E E m m yoki ) ( 2 1 2 1 512 , 2 m m E E ifodadan topiladi, о‘nli logarifmga о‘tkazilganda esa: 512 , 2 lg ) ( lg 2 1 2 1 m m , yoki 2 1 2 1 lg ) ( 4 , 0 m m bu yerdan 2 1 2 1 5 , 2 m m Ushbu ifoda Pogson formulasi deb yuritiladi. Yulduz kattaliklarining nul-punkti (m = 0) shartli ravishda qabul qilinib, Yer о‘stida люкс 6 10 78 , 2 yoritilganlik (bunday yoritilganlikni 600 m masofada joylashtirilgan 1 halqaro sham birligida nurlanayotgan manba beraoladi) olingan. Boshqacha aytganda, 0 m kattalikdagi yulduz spektrining barcha uchastkasida erishilgan yorug‘lik oqimi taxminan 10 6 kVt/sm 2 s ga teng bо‘ladi. Obyekt nurlanadigan spektrining barcha qismidagi tо‘la nurlanish energiyasiga asoslanib aniqlangan uning yulduz kattaligi balometrik yulduz kattaligi deyiladi. Agar yulduz kattaligi, yorug‘lik oqimining vizual, fotografik va fotoelektrik о‘lchamlari asosida aniqlansa, ularga mos ravishda, yulduz kattaliklarini aniqlashning vizual, fotografik va fotoelektrik sistemalari deb yuritiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling