9- ma’ruza mashg‘uloti 9-mavzu. Astrofizik metodlar. Astrofotometriya haqida tushuncha Reja
Download 226.23 Kb. Pdf ko'rish
|
3. Ochiq dars ishlanmasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fotografik fotometriy.
- Fotoelektrik fotometriy.
- Nurlanish qonunlari spektral qonuniyatlar va osmon jismlari tabiatini о‘rganishda ularning qо‘llanilishi
Astrofotometriya, yoritgichlarni barcha diapozondagi nurlanish energiyasini
о‘lchash bilan shug‘ullanib, ularning fizik tabiatlarini о‘rganishda, astronomlarni muhim ma’lumotlar bilan qurollantiradi. Vizual fotometriy. Vizual fotometriya, ravshanligi ma’lum munosabatlarda о‘zgartirilishi mumkin bо‘lgan sun’iy manba bilan yoritgichning ravshanligini qiyoslashga asoslangan. Fotografik fotometriy. Fotografik material asosida yoritgichlarning nisbiy kattaligini hamda ayrim tumanliklar, planetalar va Oy kabi kattagina burchak о‘lchamiga ega bо‘lgan osmon jismlari uchun kо‘rinma disklarida ravshanlikning taqsimlanishini aniqlash mumkin. Fotoelektrik fotometriy. Fotoelektrik fotometr, fotoeffekt hodisasi asosida yoritgichdan kelayotgan nur oqimini fotoelement yordamida qayd qiladi. Kolorometriya asoslari. Yulduzlar haqida tо‘la ma’lumot olish uchun, ularning spektrlarida energiyaning taqsimlanish xususiyatini bilish kerak bо‘ladi. Biroq bunday ma’lumotni spektrofotometrik yо‘l bilan faqat bir guruh yorug‘ yulduzlar uchungina qо‘lga kiritish mumkin. Nurlanish qonunlari spektral qonuniyatlar va osmon jismlari tabiatini о‘rganishda ularning qо‘llanilishi Ma’lumki har qanday qizdirilgan jism elektromagnit nurlanishning manbai bо‘lib, о‘zidan nur chiqaradi. Issiqlik nurlanishi deyiluvchi bunday nurlanishning chastotasi, jismning temperaturasi ortishi bilan ortib borib, taxminan 1000 o K ga qadar jism infraqizil va radiodiapozonda, sо‘ngra unga kо‘zga kо‘rinadigan diapozondagi (qizil rangli nurdan-binafsha ranggacha) nurlanish, qizdirish yana davom ettirilganda esa, ultrabinafsha va yanada qisqa diapozonga tegishli nurlanishlar qо‘shiladi. Ma’lum temperaturagacha qizdirilgan jism,odatda, uning rangini belgilovchi aniq diapozonda kuchli nurlanadi. Masalan 2000 o K gacha chо‘g‘lantirilgan jism qizil diapozonda, 6000 o K gacha qizdirilgan jism sariq diapozonda kuchli nurlanadi va hokazo. Biroq shuni aytish kerakki, ma’lum temperaturagacha qizdirilib chо‘g‘lantirilgan jism spektrida energiyaning taqsimlanishi,umumiy xolda, faqat uning temperaturasigagina bog‘liq bо‘lmay, uning ximiyaviy tarkibiga va fizik holatiga ham bog‘liq bо‘ladi. Issiqlik nurlanishi qonunlari faqat termodinamik muvozanatdagi jism uchun sodda kо‘rinishga ega bо‘lib, uning nurlanishi (muvozanat nurlanish) temperatura orqali aniqlanishi mumkin. Nurlanayotgan jism termodinamik muvozanatda bо‘lishi uchun, u tashqi muhit bilan issiqlik о‘tkazmaydigan ideal devor bilan о‘ralgan bо‘lishi lozim. Faqat shundagina bu jismni chegaralovchi hamma qismlarida temperatura bir xil qiymatga erishib, issiqlik muvozanati, ya’ni termodinamik muvozanat rо‘y beradi. Termodinamik muvozanatdagi jism absolyut qora jism deyilib, uning nurlanish qobiliyati, Plankning ushbu formulasi yordamida hisoblanadi: d e hc d kT hc 1 1 2 5 2 bu yerda d , jismning 1 sm 2 yuzasidan hamma tomonga spektrning , d intervalida nurlanayotgan yorug‘lik oqimini xarakterlaydi va erg/sm 3. s da о‘lchanadi. Termodinamik muvozanatdagi jism uchun hamma sirtning ravshanligi V ushbu yо‘nalishda bir xil bо‘lib, d e hc dB kT hc 1 1 2 5 2 ifodadan topiladi. Absolyut qora jismning spektrida energiyaning Plank formulasida bо‘ysungan taqsimlanishi (plank egriliklari), temperaturaning turli qiymatlarida turlicha bо‘ladi (3–rasm). 3–rasm.Absolyut qora jism nurlanish spektrida energiyaning tulqin uzunligi bо‘yicha taqsimlanish grafigi. Plank egriliklarida energiyaning maksimumiga tо‘g‘ri kelgan tо‘lqin uzunligi jismning absolyut temperaturasi bilan Т град см 290 , 0 max kо‘rinishda bog‘lanib, u Vinning siljish qonuni deb yuritiladi. Bu qonunga kо‘ra, absolyut qora jismning temperaturasining ortishi bilan bu jism nurlanishining maksimumi, spektrning qisqa tо‘lqinli tomoniga siljiydi. Absolyut qora jismning nurlanish quvvati ham uning temperaturasiga bog‘liq bо‘lib, bu bog‘lanish Stefan-Bolsman qonuni deyiladi. Bu qonunga kо‘ra absolyut qora jismning har kvadrat santimetr yuzasi 1 sekundda hamma yо‘nalishlar bо‘ylab, barcha tо‘lqin uzunligida quyidagi formula bilan hisoblanadigan energiyani beradi: 4 T bu yerda 4 2 8 10 67 , 6 K s m J - Stefan-Bolsman doimiysi deyiladi. Plank egriligining maksimumidan qisqa tо‘lqin tomonga nurlanish qobiliyati 1 kT hc bо‘lganidan Plank formulasi quyidagicha kо‘rinishni oladi: kT hc e hc 5 2 2 bu ifoda Vin formulasi deb yuritiladi. Uzun tо‘lqin tomonda esa, tо‘lqin uzunligi kattaligidan kT hc e kT hc 1 bо‘lib, Plank formulasi Reley-Jins formulasi deb yuritiluvchi ushbu ifodaga aylanadi: kT c 4 2 Binobirin uzun tо‘lqinli diapozonda absolyut qora jismning nurlanishi temperatura bilan chiziqli bog‘lanishda bо‘ladi. Download 226.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling