9- ma’ruza mashg‘uloti 9-mavzu. Astrofizik metodlar. Astrofotometriya haqida tushuncha Reja
Spekral analiz asoslari. Astrofizik obyektlarning spektrlari va ularda
Download 226.23 Kb. Pdf ko'rish
|
3. Ochiq dars ishlanmasi
Spekral analiz asoslari. Astrofizik obyektlarning spektrlari va ularda
kuzatiladigan chiziqlar Astrofizik metodlar ichida spektral analiz, osmon jismlarining fizik tabiatini tadqiq qilish borasida alohida ahamiyat kasb etadi. О‘tgan asrning о‘rtalarida, yulduz va planetalarning fizik tabiatini spektral metod yordamida о‘rganishni italiyalik astronom Sekki boshlab berdi. Astronomiyada yangi bu metodning qо‘llanishi, osmon jismlarining temperaturasini, ximik tarkibini, magnit maydoni kuchlanganligini, harakat tezligini, masofasini va boshqa talay yoritgichga tegishli fizik parametrlarni aniqlashga imkon berib, katta yutuqlarni qо‘lga kiritilishiga sabab bо‘ldi. Nurlanayotgan jismning holatiga va qanday sharoitda turganligiga kо‘ra, uning spektri asosan uch turli bо‘lishi mumkin: 1) tutash spektri; 2) chiziqli nurlanish (emission) spektri; 3) yutilish spektri. Ximik tarkibiga bog‘liq bо‘lmagan holda chо‘g‘langan qattiq, suyuq holatdagi jismlar hamda katta bosim va yuqori temperaturadagi ionlashgan gaz tutash spektrni beradi. Bunday hollarda nurlanish barcha tо‘lqin uzunligida kuzatilib, har bir tо‘lqin uzunligiga mos nurlanish yasagan spektrograf tirqishining uzluksiz tasviri bir-biriga tutashib, tutash spektrni beradi. Gaz holatdagi chо‘g‘langan modda ayrim tо‘lqin uzunliklaridagina nurlanib, bu nurlar prizmadan о‘tishda turli burchak ostida sinadi va natijada kamera linzasidan о‘tgach, turli ranglarda tirqishning alohida-alohida zich tasvirlarni yasaydi. Kora fonda birgina yorug‘ chiziqlardan tashkil topgan bunday spektr, chiziqli nurlanish yoki emission spektr deyiladi. Spektrdagi chiziqlarning tо‘lqin uzunliklariga kо‘ra, ularni qaysi atomga tegishli ekanligini belgilash mumkin. Spektrning kо‘rinadigan qismida vodorod atomining talay chiziqlarini (Balmer seriyasiga tegishli H 6562A o , H 4861A o , H 4340A o , H 4102A o ), natriy bug‘ining spektrida esa, natriyning qо‘shni ikki sariq chizig‘ini ( =5890A o va =5896A o ) hamda temir bug‘ining spektrida yuzlab temirning chiziqlarini kо‘rish mumkin. Agar tutash spektri beradigan yorug‘lik manbaining yо‘liga sovuq bui yoki gaz modda kiritilsa, yutilish spektri hosil bо‘lib, bug‘ yoki gazni tashkil etgan atomlar, ular chо‘g‘langan holatida qanday tо‘lqin uzunliklarida nurlansalar, aynan shunday tо‘lqin uzunliklaridagi nurlarni yutib, tutash spektrining fonida yutilish chiziqlarini hosil qiladilar. Masalan chо‘g‘langan natriy bug‘i, yuqorida eslatilgan =5890A o va =5896A o tо‘lqin uzunliklarida nurlansa, tutash spektri manbai yо‘liga kiritilgan sovuq holdagi natriyning bug‘i, xuddi shunday tо‘lqin uzunliklariga tegishli nurlarni yutib, tutash spektrining bu chiziqlar tо‘lqin uzunlariga mos kelgan joyida ikki qо‘shni qora chiziqni hosil qiladi. Nurlanish va yutilish spektrlari tasmali (polosali) bо‘lishi ham mumkin. Xususan molekulyar birikmalarning spektri qator keng tasmalardan iborat bо‘lib, bunday tasmalar, о‘z navbatida, bir–biriga juda yaqin joylashgan spektral chiziqlardan tashkil topadi. Agar bunday molekulyar birikmalardan tashkil topgan gaz yuqori temperaturali va chо‘g‘langan holatda bо‘lsa, u mazkur tо‘lqin uzunliklari intervalidagi nurlanish tasmalarini, aksincha, agar tutash spektri manbai yо‘lida sovuq gaz kiritilgan bо‘lsa, о‘sha tо‘lqin uzunliklari intervalidagi yutilish tasmalarini beradi. Quyosh va yulduzlarning spektri yutilish spektri bо‘lib, yutilish chiziqlari, tutash spektrini beruvchi ularining ichki qatlamlaridan chiqayotgan nurlanish yо‘lidagi atmosferaning tashqi qatlami tomonidan hosil qilinadi. Shuning uchun ham Quyosh va yulduzlar spektrlarining analizi, ularning atmosfera qatlamlarining kimyoviy tarkibi va fizik tabiatiga doir ma’lumotlarni о‘zida yaxshi aks qiladi. Shuni unutmaslik kerakki, osmon yoritgichlaridan kelayotgan nurlar, Yer atmosferasining qatlamlaridan ham о‘tadi va shuning uchun ham ularning sirtida atmosferasi atomlari va molekulyar birikmalariga tegishli yutilish chiziqlari paydo bо‘ladi. Osmon jismlari spektrida kuzatiladigan Yer atmosferasining chiziqlari Download 226.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling