9- ma’ruza mashg‘uloti 9-mavzu. Astrofizik metodlar. Astrofotometriya haqida tushuncha Reja


Astrofotometriya haqida tushuncha


Download 226.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/14
Sana31.01.2024
Hajmi226.23 Kb.
#1829379
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
3. Ochiq dars ishlanmasi

Astrofotometriya haqida tushuncha 
Asosiy fotometrik tushunchalar. Jismning nurlanish energiyasining miqdori, 
mazkur jism fizik tabiatini о‘rganishda eng muhim xarakteristik kattaliklardan 
hisoblanadi. Nurlanish energiyasining kattaligi, uning о‘lchash asbobiga yetib 
kelgan miqdorini bevosita qayd qilish orqali yoki nurlanish qobiliyati ma’lum 
bо‘lgan boshqa nurlanuvchi jismning nurlanish energiyasining miqdori bilan 
solishtirish orqali aniqlanadi. 
Biroq, shuni ta’kidlash joizki, nurlanishni qayd kiluvchi asbob (priyomnik)ning 
sezgirligi, turli tо‘lqin uzunliklari uchun turlicha bо‘ladi. Binobarin ma’lum asbob 
о‘lchagan nurlanish energiyasining miqdori, mazkur asbobning qanday nurlarga 
sezgirligiga, boshqacha aytganda, spektral sezgirligining darajasiga bog‘liq 
bо‘ladi. Asbobning spektrdagi chegaraviy tо‘lqin uzunliklari intervaliga sezgirligi, 
shu asbobning о‘tkazish tasmasi (polosa propuskaniya) deyiladi. 
Nurlanish 
energiyasining 
quvvati, 
nurlanish 
oqimi 
deyiluvchi 
fotometriyaning asosiy kattaligi bilan о‘lchanadi. Nurlanish oqimi deb, vaqt birligi 
ichida berilgan yuzadan о‘tgan nurlanish energiyasiga aytiladi. 1 sm

yuzaga 
tushayotgan yorug‘lik oqimi yoritilganlik deyiladi. Agar F yorug‘lik oqimi, S 
yuzaga tushayotgan bо‘lsa, unda yoritilganlik ushbu 
S
Ф
E

ifodadan topiladi. Ma’lumki yoritilganlik, masofaning kvadratiga teskari, tushish 
burchagining kosinusiga tо‘g‘ri proporsional kattalik bо‘lib, u quyidagi tenglikdan 
topiladi:
E=E
0
cos 


bu yerda YE
0,
sirtga tushayotgan tо‘la enenrgiyani xarakterlaydi. Biroq 
astrofizikada bu qonun bilan ish kо‘rilganda, nurlanuvchi jismdan kuzatish 
asbobigacha bо‘lgan fazoviy muhitning optik xususiyatlarini hisobga olishga 
tо‘g‘ri keladi. Xususan yulduzlararo gaz-chang muhit va Yer atmosferasida 
nurning yutilish darajasini aniqlash zarur bо‘ladi. Xususan vaqt birligi ichida
nurlanish manbaini о‘rovchi yopiq sferik sirt orqali о‘tuvchi tо‘la nurlanish 
energiyasi mazkur manbaning yorqinligi deyiladi. 
Nurlanish oqimi, spektrning hamma uchastkasi bо‘yicha aniqlanganda, u 
integral oqim deyilib, spektrning juda tor sohasi bо‘yicha aniqlanganda esa
monoxromatik oqim deyiladi. Bunda integral yoritilganlik 
2
m
Vt
larda, monoxromatik 
yoritilganlik esa 
Hz
m
Vt

2
larda о‘lchanadi.


Nurlanayotgan yuzaning ma’lum yо‘nalishdagi nurlanishi, uning 
ravshanligini xarakterlaydi. Nurlanishning tarqalish yо‘nalishiga tik bо‘lib, 
nurlanayotgan yuza bilan mos va birlik fazofiy burchak bilan chegaralangan 
yuzadan о‘tgan nurlanish oqimiga ravshanlik deyiladi. Bu ta’rifni fazoning istagan 
nuqtasidagi nurlanish maydoniga tadbiq etish mumkin. Bunday holda kо‘pincha 
“ravshanlik” о‘rniga “intensivlik” degan atama ishlatiladi. 
Agar nurlanayotgan sirt elementi Σ, 

fazoviy burchak bilan chegaralangan 
K konus ichida oqim bilan nurlanayotgan bо‘lsa va bunda konus о‘qi L, 

S yuza 
elementiga о‘tkazilgan normal n bilan 

burchak hosil qilsa (1 - rasm) u holda 
ravshanlik


 


S
cos

ifodadan topiladi (bu yerda 

 = Σcos

). 
Malum nurlanuvchi sirtning biror yuzaga berayotgan yoritilganligi bilan, 
nurlanuvchi sirt о‘lchami va ravshanligi orasidagi munosabat ham muhim 
astrofizik bog‘lanishlardan sanaladi. 
Faraz qilaylik, bizdan r masofada yotgan nurlanayotgan sirtning ravshanligi 
V bо‘lgan sirt elementi 

, osmon sferasida 

sirt kо‘rinishida proyeksiyalansin (2–
rasm).Bu degani, 

sirtning о‘ta normal yо‘nalishida 1sm
2
yuzasidan 

=1 fazoviy 
burchak chegarasi ichida nurlanayotgan oqimi V degani bо‘ladi. U holda shu 
fazoviy burchak ichida 

sirtning tо‘la oqimi F=

 V bо‘ladi. 
1–rasm. Nurlanayotgan sirt ravshanligini 

fazoviy 
burchak ichida tarqalishi.
2–rasm. Nurlanuvchi jism tomonidan hosil qilingan 
yoritilganlik.
Kuzatish joyida bu tо‘la oqim S=

 r
2
yuzada taqsimlanishini tushunish ham 
qiyin emas. Agar 

=1 steradianga teng bо‘lsa, S = r
2
, bо‘ladi, u holda yoritilganlik


2
r
B
S
B
E






bо‘ladi. Biroq 



r
2

obyektning fazoviy kо‘rinish burchagi ekanligini etiborga 
olsak yoritilganlik: 
E=B 

 
bо‘ladi. Bundan kо‘rinadiki, aniq bir obyektning kuzatish joyida hosil qilgan 
maksimal yoritilganligi, uning о‘rtacha ravshanligining,bu obyektni fazoviy 
kо‘rinish burchagiga kо‘paytmasiga teng ekan.

Download 226.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling