Oʻzgaruvchi qiymatlar oynasida (
Изменяя ячейки переменные) oʻzgarishi
mumkin boʻlgan katakchalar koʻrsatiladi (Е3:Е5). Bir nechta katakchalarni
koʻrsatish uchun sichqonchaning chap tugmasini
bosib turgan holda kerakli
katakchalar belgilanadi (turli joydagi katakchalarni belgilash uchun esa
klaviaturadan
Ctrl bosib turgan holda kerakli katakchalar belgilanadi).
Cheklovlar
(Ограничения) oynasida berilgan chegaralarni berish uchun
Добавить tugmasini
bosish va hosil boʻlgan oynadan kerakli cheklovlarni oʻrnatish talab etiladi
(9.3-rasm).
9.3-rasm. Cheklovlarni kiritish
Ushbu holatda, B7 va C7 katakchalardagi qiymat mos holda B8 va C8
katakchalardagi qiymatlardan kichik yoki teng.
Ushbu sozlashlardan keyingi
natijaviy ilova 9.4-rasmda keltirilgan.
9.4-rasm. Поиск решения oynasida parametrlarni sozlash
9.5-rasm. “Navoiy-Azot” masalasi boʻyicha natijaviy jadval
Ushbu vaziyatda, olinishi mumkin boʻlgan eng yuqori foyda miqdori, agar
haftasiga 50 tonna KCl-5, 100 tonna ammoniy nitrat va 175 tonna Ammofos-7
mineral oʻgʻit
ishlab chiqarilsa, olinadigan foyda miqdori $32250 ni tashkil etadi
hamda bu qiymat boshlangʻich masala yechimi boʻlib hisoblanadi.
9.2-Masala. ‘Поиск решения’ ilovasi yordamida ishlab chiqarish
masalalarini yechish. Qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish misolida
“Akbar-Rich” firmasi mahalliy qurilish kompaniyalariga
eshiklar ishlab
chiqaradi va ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlar sotiladi. Firmada haftasiga 5
kunlik ish kuni belgilangan boʻlib, 1 smenada (8 ish soati) 10 kishi ishlaydi, ya’ni
haftasiga 400 soatlik ish vaqti mavjud. Ish vaqti ikki xil turdagi texnologik
jarayonlar orasida taqsimlangan boʻlib, ushbu jarayon eshiklarni ishlab chiqarish
va ularga oxirgi ishlov berish jarayonlariga boʻlinadi. Haftalik 400
soatlik ish
vaqtidan 250 soati bevosita eshiklarni ishlab chiqarishga, 150 soati esa oxirgi
ishlov berish uchun sarflanadi.
“Akbar-Rich” 3
xil turdagi, ya’ni standart, sayqallangan va oʻyma naqshinkor
eshiklarni ishlab chiqaradi.
9.2 – Jadvalda sarflanadigan vaqt va har bir turdagi eshikni sotishdan
tushadigan foyda miqdori keltirilgan.
9.2-jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: